Elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak
Prezidentimiz ushbu g’oyani mustaqillikka erishgan kunimizdan boshlab muntazam ravishda o’rtaga tashlab kelmoqdalar. Prezidentimizning o’zlari hozirgi kungacha ushbu g’oya ostida yashab kelmoqdalar.
Bir qarashda ushbu g’oya insonga emasdek tuyulishi mumkin. Ammo, masalalaga chuqurroq yondoshilsa, ushbu g’oya quruq g’oya emas, o’ta muhim xayotiy qo’llanmadir. Oddiy misol keltiramiz. Agar Prezidentimiz “men oddiy kishiman, qo’limdan nima ham kelar edi” – deb, o’zini xalovatini o’ylab, “men senga tegmay — sen menga tegma” qabilida ishlaganlarida edi mamlakatimizda bugungi yutuqlarga erishilmagan bo’lar edi.
Hozirgi kunda Prezidentimiz o’ziga o’xshagan “Elim deb, yurtim deb yonib yashovchi”larni ko’paytira olganligi uchun mamlakatimiz tobora taraqqiy etgan davlatlar qatoridan munosib o’rin egallab bormoqda.
Xo’sh, ushbu g’oyaning mohiyati nima o’zi? Bizning fikrimizcha, “Elim deb, yurtim deb yonib yashash” deganda Arslonbob tog’ini talqon qilinglar degani emas. Har kim o’z joyida o’z burchini sidqidildan, yurakdan chiqarib bajarsin deganidir. Inson qaysi kasbda yoki lavozimda ishlamasin, u talaba bo’ladimi, o’quvchi bo’ladimi, o’z burchini to’laqonli bajarsa, el uchun, yurt uchun yonib yashagani shu demakdir. Xo’sh, bu soxada yoshlarimizni el, vatan uchun yonib yashaydigan qilib tarbiyalay olyapmizmi? Hozirgi XXI asrda, axborot texnologiyalari asrida yoshlarni axborot “xuruji”dan, “internet” xurujidan asray olyapmizmi?
Har bir shaxs o’z o’ziga savol berishi kerak, ya’ni davlat menga nima bermoqdayu, men davlatga nima bermoqdaman. Ba’zi xollarda davlatga berayotgan narsamizdan, davlatdan olayotgan narsamiz ko’p chiqib qolmoqda. Huquq va burch tarozining teng pallasidir. Huquqni chuqur bilgan kishi burchni ham to’la anglay oladi. Lekin, ba’zan Huquqlarimizga munosib ravishda burchimizni bajarishimiz kerakligi yodimizdan chiqib qoladi.
Yoshlarning tarbiyasi ko’ngildagidek chiqmayapti deb, ba’zan nolib qolamiz. Misrdagi qadimiy Ehromlarda “yoshlar tarbiyasiz bo’lib ketyapti” degan yozuv Hozirgacha saqlanib turibdi ekan.
Har doim oldingi avlod keyingi avloddan to’la rozi bo’la olmaydi. Chunki, ijtimoiy ong muntazam, tezkor ravishda taraqqiy etib boraveradi. Xozigi kunda yoshlar katta avloddan ko’ra zamonaviy texnika va texnologiyalarni tezroq egallamoqda. Gap ana shu jarayonni to’g’ri yo’lga solishdan iborat.
Fikrimizcha, biz yoshlarimizga doimiy tanbeh berishimiz kerak emas. Bir misol Andijon qishloq xo’jalik institutining talabari orasida “a’lo” baholarga o’qiydiganlarning katta qismi qizlardir. Yigitlarimiz orasida esa “qoniqarli” bahoga o’qiydiganlar nisbatan ko’proq. Buning uchun biz yigitlarni koyish o’rniga, ularni el, yurt uchun yonib yashash ko’nikmasini uyg’ota olishimiz kerak. Xar bir talabaga sen buyuk odam bo’lasan, sendan “Nobel” mukofoti laureati chiqadi, sendan Navoiy, Amir Temur, Beruniy, Ibn Sino va Farobiylar chiqadi deb tarbiyalasak, albatta, undan xech bo’lmasa “Cho’lpon” chiqadi. Buning uchun yoshlarda yashirinib, “uxlab” yotgan ichki g’ayratni uyg’ota olishimiz kerak. Sabr, matonat bilan ushbu tug’yonni albatta uyg’ota olishimiz shart.
Prezidentimiz, farzandlarimiz bizdan ko’ra dono, aqlli, kuchli, bilimli va albatta baxtli bo’lishlari ShART deb bejiz ta’kidlamayaptilar. Lozim, kerak, darkor, zarur demayaptilar, balki “ShART” deyaptilar. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki yoshlarimiz tarbiyasining uslublarini tubdan o’zgartirishimiz kerak. Farzandlarimizga ota-ona, tarbiyachi yoki boshqalar muntazam ravishda – sendan buyuk odam chiqadi deb ta’kidlayversak, farzand o’zidagi barcha imkoniyatni albatta ishga soladi.
Barchamiz, ayniqsa yoshlarimiz Prezidentimizning yoniga kirib, bir yoqadan bosh chiqarib buyuk maqsadlar sari intilaversak, albatta maqsadimizga erishamiz. Natijada dunyodagi eng taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan albatta munosib o’rin egallaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |