12 – Maвзу silikat materiallarining turlari. Chinni va fayans ashyolari texnologiyasi. Bog`lovchi materiallar reja


Xavoda qotadigan bog`lovchi materiallar



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana01.03.2022
Hajmi0,79 Mb.
#476837
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
12MAVZU

.Xavoda qotadigan bog`lovchi materiallar
Gipsli bog`lovchi moddalar. Gipsli bog`lovchi moddalar kuydirilgan gips-toshini
mayda qilib tuyib xosil qilinadi. Gips-toshining ko`ydirilish temperaturasiga va
sharoitiga karab kurilish gipsi, juda mustaxkam gips xamda angidridli tsement xosil
bo`ladi. Tarkibida ikki molekula suvi bo`lgan kaltsiy sulfatli cho`kindi tog`-jinsi gipsni
(CaSO
4
•2H
2
O) va ayrim Sanoat chikindilarini pishirib gipsni suvsizlantirib
bog`lovchilar olinadi.
Tabiiy gips-tosh oq rangli, qattikligi 2 (Maos shkalasi bo`yicha) zichligi 2200-
2400 kg/m
3
bo`lgan jinsdir. Gips-tosh zapaslarining eng kattasi O`zbekistonda Buxora
viloyatida mavjud.
150-170
o
S temperaturada kuydirilgan gips toshni tuyib maydalab olingan
maxsulot qurilish gipsi deb ataladi.
Ikki molekula suvi bo`lgan kaltsiy sulfatni 65
0
S da qizdirilganda u o`z xususiyatini
o`zgartiradi va tarkibidagi suv asta sekin yo`qolib, digidratatsiyalana boshlaydi.
CaSO
4
•2H
2
O = CaSO
4
•0,5H
2
O +1,5H
2
O
Tabiiy kaltsiy fosfatlarini fosfat kislota hamda kontsentratsiyalangan fosfor
o`g`itlariga gidro-kimyoviy usulda aylantirish natijasida olingan chiqindi-fosfogips
sanoat uchun yirik xom ashyo manbai xisoblanadi. Asosiy ishlab chikarilaetgan
maxsulot bilan birgalikda xosil bo`ladigan fosfogips mikdori kayta ishlatilaetgan xar


tonna fosforit yoki apatitga nisbatan 1,4 – 1,6 tonna bo`ladi. O`zbekistonda fosfogips
Olmalik va Samarqandda ko`p mikdorda to`plangan va to`planmoqda.
Ikki suvli gips sifatida chiqadigan kaltsiy sulfat suvda deyarli erimaydi, shuning
uchun fosfat kislota eritmasi oson ajratib olinadi, fosfat kislota eritmasi ma`lum
temperaturada kontsentratlanguncha qadar bug`latiladi.
Fosfogips tarkibida 75 - 95% ikki suvli gips bor. Fosfogipsdan ftoridlar yoki
kremniy ftoridlar ikkinchi darajali tarkibiy kism xisoblanadi. Bu xol oddiy texnologiya
asosida fosfogipsdan olinadigan gipsli bog`lovchi moddalarning xossasini
yomonlashtiradi. Birok maxsus ishlab chiqilgan usullar asosida fosfogipsdan sifati eng
yaxshi tabiiy xom ashedan xosil qilinadigan mahsulotdan qolishmaydigan tayer
bog`lovchi modda olish mumkin.
Gips ishlab chikarish. Kurilish gipsi uch xil usulda ishlab chikariladi:
1. Gips-toshni kukunlab tuyiladi va pishiriladi.
2. Gips-toshni maydalab pishirib, so`ng tuyiladi.
3. Gips-toshni maydalab, yukori bosimli suv bug`ida ishlanadi va quritilib tuyiladi.
Gips-toshni shaxtali va aylanma xumdonlarda yoki bug`lash qozonlarida pishiriladi.
Shaxtali xumdonlarga 15 mm gacha bo`lgan yiriklikda, bug`lash kozonlariga esa 25 - 50
mm yiriklikda solinadi: qozonlarda pishirganda esa gips-tosh kukun qilib tuyilgan xolda
solinadi.
Gips-tosh bolg`ali maydalagichlarda yoki po`lat sharli tegirmonlarda maydalanadi.
Amalda gipsni kaynovchi deb ataluvchi qozonlarda pishirib olish usuli keng
tarqalgan. Po`lat tsilindr va vertikal o`qqa o`rnatilgan qorgichdan iborat bo`lgan
qozonga kukun qilib tuyilgan gips solinadi. Kozonning diametri bo`ylab to`rtta isitgich
trubalari o`tkazilgan. Ular solinaetgan xom gipsni pishiradi va tayer maxsulot qozon
tagidagi g`alvir orqali gips yig`uvchi bunkerga tushadi. Kozonning 2 m
3
xajmining ish
unumi 2 soatda 1000 kg ga teng. Gips kukunining qozonda pishish vaqti 1 - 1,5 soat.
Asosan yarim suvli gipsdan iborat bo`lgan va gips-toshdan iborat termik ishlash yo`li
bilan tayerlanadigan qurilish gipsi deb ataluvchi maxsulotni fosfogipsdan xam olish
mumkin. Buning uchun fosfogips tarkibidagi fosfor kislotasini yuvib tashlash kerak.
Aks xolda birinchidan, fosfogips tarkibidagi fosfat kislota tayer maxsulotning
tishlashish muddatini uzaytirib yuboradi, ikkinchidan, kurilish fosfogipsining mexanik
mustaxkamliklari juda past darajada bo`lib u fakat kurilish gipsiga ko`shimcha sifatida
ishlatilishi mumkin.
Gipsning xarakteristikasi. O`z kristall strukturasiga ko`ra gipsning kuyidagi asosiy
xillari bo`ladi: sharsimon sinik mayda donali zich gips yoki bo`shlikda tartibsiz
yo`naladigan yirik donoli gips (alebastr); ipaksimon tovlanadigan, to`g`ri joylashgan,
ipsimon kristallardan tarkib topgan tolali jins xamda katlam strukturali yassi tinik
kristallar tarzida joylashgan plastinkasimon gips.
Tarkibida ikki molekula suv bo`lgan gips monoklin singoniyaga mansub. Uning kristalli
to`ri Sa
2+
ionlar xamda SO
4
2-
sulfat tetroedralarini o`z ichiga olingan suv
molekulalaridan iborat katlamlar bilan bo`lingan kavatlardan tarkib topgan.
Odatda gips kukunsimon va tabletkasimon shakllarda kristallanib, ko`pincha
kaldirg`och dumini eslatuvchi qo`shayrilar xosil qiladi. Shuningdek, qirralari qiyshiq va
yuzasi silliq yostiqsimon kristallar xam gips uchun xos.


Gips-toshning zichligi undagi aralashmalarga bog`lik bo`lib 2200 - 2400 kg/m

ni
tashkil qiladi. Gipsdan tayerlangan shag`alning xajmiy massasi 1300-1600 kg/m
3
dan
iborat bo`lib, namligi keskin ravishda 3-5 % va undan ko`p chegarada o`zgarib turadi.
Gipsning suvda eruvchanligi 18
0
S temperaturada - 0,21 va 100
0
C da - 0,17 %.
Shuni aytish kerakki, temperaturaning 32
0
C dan 41
0
C gacha oralig`ida gipsning
eruvchanligi eng yuqori bo`ladi. Gipsning suvda eruvchanligi gipsning o`ta to`yingan
eritmalar xosil qilish qobilyatiga, shuningdek uning kristallarining katta kichikligiga
bog`lik, 25
0
C da gipsning eruvchanligi, kaltsiy oksid xisobida 2 mkm kattaligidagi
kristallar uchun 2,08 g/l ga etadi, kristallar kattaligi 0,3 mkm bo`lganda esa eruvchanlik
2,47 g/l ga teng. Agar kaltsiy oksid gidrati ishtirok etsa, kaltsiy sulfatning eruvchanligi
susayadi. 
Gipsning suyultirilgan xlorid kislota va azot kislotalardagi, shuningdek ayrim tuz
eritmalardagi eruvchanligi suvdagiga nisbatan yuqori.
Gipsning qotish jaraeni uning gidratatsiyalanishi bilan boshlanadi, ya`ni bunda yarim
molekula suvli gips kaytadan kristall xolatidagi ikki molekula suvli gipsga aylanadi:
CaSO
4
•0,5H
2
O +1,5H
2
O= CaSO
4
•2H
2
O
Aslida gipsning qotishi uchun kam suv talab kilinsa xam gips qorishmasini
ishlatish qulay bo`lishi uchun suv ko`proq solinadi. Buyumning mustaxkamligini
oshirish uchun undagi ortiqcha suv kuritish yo`li bilan yo`qotiladi.
Bog`lovchi moddani tejash va oxakning ketishini yo`kotish uchun gips va oxak
aralashmasiga 1-3 xajm kum yoki uning o`rnini bosadigan boshka modda (toshkol,
pemza, yog`och kipig`i va kirindi singari narsalar) ko`shiladi.
Fosfogips va so`ndirilmagan oxakdan suvok korishmasi olish mumkinligi
adabiyotdan ma`lum. Buning uchun umumiy namligi 45% ni tashkil etadigan yuvilgan
fosfogips ishlatiladi. Fosfogips suvok korishmasining tarkibiy kismlaridan biri sifatida
ishlatilganda, undan fosfor kislotasini yuvib tashlashning keragi yuk.
Asos kilib olingan materiallarining xususiyatiga ko`ra, gips-oxak korishmasida
bog`lovchi moddalarning nisbiy mikdori kuyidagicha: 50-70% fosfogips va 30-50%
oxak. Xosil bo`lgan maxsulotni ma`lum vaktgacha barcha jaraenlar to`la tugallanishi
uchun tinitib ko`yish lozim.
Gipsli bog`lovchilarni tashish va saklashda ularga nam ta`sir etmasligi kerak.
Ochik joyda gipsni bir oydan ortik saklash mumkin emas. Aks xolda uning
mustaxkamligi 20% gacha kamayadi. Gips saklaydigan omborlarning pollari
yog`ochdan kurilgan bo`lishi kerak.
Yuqori mustaxkamlikka ega bo`lgan gips. Ikki molekulali suvli tabiiy gips-toshni
750-800
0
S temperaturada pishirgandan sung tuyiladi va unga natriy sulfat, alyuminiy va
boshka tuzlar ko`shib yukori mustaxkam gips olinadi. Bunday gips sekin kotuvchi,
ammo sikilishdagi mustaxkamligi 30MPa gacha, rangi esa ok bo`ladi.
Yukori mustaxkam gips juda muxim inshoatlarni kurishda, shuningdek
metallurgiya va chinni Sanoatida koliplar tayerlashda ishlatiladi.
Angidrit sement. Tabiiy gips-toshni yoki angidritni 600-750
0
C da pishirib, so`ng tuyib,
xavoda kotadigan bog`lovchi modda-angidrit tsement olinadi. Tsement aktivligini
oshirish maqsadida unga katalizator sifatidagi ko`shilmalardan oxak,pishirilgan dolomit,
domna shlagi va yonuvchan slanets kuli ko`shiladi. Angidrit tsement sekin tishlashuvchi
bog`lovchidir. 


Tishlashishning boshlanishi 1-1,5 soatdan keyin boshlanadi, oxiri esa 24
soatgacha davom etadi. Qurilish gipsiga nisbatatan suvga chidamli. Siqilish
mustaxkamligi bo`yicha 50, 100, 150 va 200 markalarga bo`linadi. Zichligi 2800…2900
kg/m3. Uyum tarzidagi xajmiy massasi 850…1100 kg/m
3
, zichlantirilgandagi xajmiy
massasi 1200…1500 kg/m
3
.
Fosfogipsdan angidrit tsement olish uchun bog`lovchi moddaning qotish
jarayonida katalizatorlar sifatida natriy sulfat va natriy bisulfat yoki kaltsiy sulfat va
bisulfat kabi moddalardan foydalaniladi.
Magnezial bog`lovchilar. Cho`kindi tog` jinslari-magnezit va dolomitni shaxtali
yoki aylanma xumdonlarda 700…950
0
C temperaturada pishirib magnezial bog`lovchilar
olinadi. Kaustik magnezit (MgCO
3
) ni pishirish jaraenida unda karbonat angidrid gazi
(SO2) ajralib chikadi, kolgan magniy oksid (MgO) esa moddaga bog`lovchi
xususiyatini beradi. 
Olingan maxsulot tuyiladi va tunuka bochkalariga joylab,
kurilishlarga yuboriladi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish