12 – Maвзу silikat materiallarining turlari. Chinni va fayans ashyolari texnologiyasi. Bog`lovchi materiallar reja



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana01.03.2022
Hajmi0,79 Mb.
#476837
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
12MAVZU

с
ув


o`tgunga qadar, chiqit siniqlari, dolomit va kvarts esa 09 sonli (64 teshik/sm
2
) elakdan
o`tgunga qadar maydalanadi.
Materiallarni mayda xolda bo`lakchalarga ajratish va dag`al tuyish uchun choparlar
ishlatiladi. Unda bir vaqtning o`zida material ham eziladi, ham ishqalanadi, natijada
maydalangan material tarkibida mayda fraktsiyaning miqdori oshadi. Choparlarning
gildiraklari mustahkam granitdan yasaladi, metalldan yasalgan idishi esa granit plitalari
bilan qoplanadi.
Toshsimon materiallar dastlabki kuydirishdan o`tgan xolda, ular o`rtacha
maydalanish bosqichini o`tmay, yuqori darajadagi tuyishga yuboriladi. O`rta darajada
maydalash va dag`al tuyish bosqichlari 19.7-rasmda ko`rsatilgan.
3-rasm. Oddiy tebranma jag`li maydalagich.
Xo`l usulda tuyish. Xar qanday materialni tuyish jarayonida uning maydalanishi
eng kuchsiz joydan, ya`ni zarrachalarning kesishish nuqtalaridan, g`ovaklardan va darz
joylaridan boshlanadi. Ushbu jarayonlar suvli muxitda jadalroq sodir bo`ladi.
Maydalanayotgan materialning yuqori gidrofillik xususiyati natijasida o`lchami 0,14 nm
bo`lgan suv molekulalari maydalanish natijasida yangidan hosil bo`layotgan zarracha
yuzalarini xo`llab borishlari oqibatida tuyish osonlashadi. Bunda 0,5-1% miqdorda yuza
aktiv moddalari qo`shilsa, maydalanish jarayonidagi suvning pona sifat ta`siri yanada
kuchayadi. Shu sababdan, zoldirli tegirmonlarda xo`l usulda tuyish quruq usuldan 35-45
% ga samaraliroqdir.
Bundan tashqari, xo`l usulda tuyish toshsimon materiallarning reaktsiyaga bo`lgan
aktivligini oshirib, ulardan noxush aralashmalarni chiqib ketishi uchun sharoitlar
yaratadi va kuydirish jarayonida boradigan fizik-kimyoviy o`zgarishlarni jadallashtiradi.


Buning natijasida shisha mullit fazasining hosil bo`lishi kuchayib, erimay qolgan
kvartsning miqdori kamayadi va tayyor mahsulotning termik, mexanik xususiyatlari
ortadi, oqligi va shaffoflik darajasi yuqori bo`ladi. 
Nafis keramika ishlab chiqarish korxonalarida odatda xo`l usulda ishlovchi davriy
zoldirli tegirmonlar qo`llaniladi (48-rasm). Tegirmonga tushirilayotgan materialning
o`lchamlari 20-40 mm dan oshmasligi kerak. Ularning ichki sirti kremniyli, steatitli,
yuqori glinozemli, chinni brusli va ba`zan rezina plitali (ichki) qoplamalar bilan
qoplanadi. Maydalovchi jismlar ya`ni zoldirlar bo`lib kremniy
toshlari, chinni, steatit va uralit toshlari hisoblanadi. Ularning o`lchami ko`ndalangiga
30-90 mm bo`lishi kerak, agar o`lchami 30-50 mm bo`lgan toshlar 25-50%, 50-70 mm
lisi 30-60% va 70-90 mm lisi 20-25% bo`lsa maydalanish samarasi yuqori bo`ladi.
Tegirmonga yuklanayotgan materiallar 1,25 sonli (64 teshik

sm
2
) elakdan o`tkazilishi
lozim, o`lchami 30 mm dan kamayib ketgan toshlarni tegirmondan vaqti-vaqti bilan olib
tashlanib turiladi.
4-rasm. Uzlukli tarzda ishlovchi zoldirli tegirmon
1-elektrodvigatel`, 2-reduktor, 3-podshipniklar, 4-stakan, 5-kojux, 6-tsapfali po`lat tub,
7-yuklash darchasi, 8-baraban 
Odatda tegirmonga yuklanayotgan material, maydalovchi toshlar va suvning
nisbati M : T : S ya`ni 1:(1,2-1,8):1 ga teng. Tegirmonga avval toshlar, keyin patak
yoki shisha paxtasidan qilingan qatlamli fil`trdan o`tkazilgan suv, keyin esa toshsimon
materiallar solinadi. Kvartsning cho`kib qolmasligi uchun 5-7% tuproq yoki 1-2%
bentonit ham qo`shiladi. Ko`pincha tegirmonga avval kvarts, chiqit siniqlari, tuproq
solinib, keyin 2,5-3 soat o`tganidan so`ng dala shpati, pegmatit yoki birlamchi kuydirish
chiqindilari yuklanadi.
Tuproqsimon materiallarni tayyorlash.
Tuproq materiallarini suvda yoyiltirish, ularni toshsimon materiallar bilan
aralashtirish, suspenziyani muallaq holatda ushlab turish xovuzlarda ya`ni vintli parrak


tipidagi aralashtirgichlarda olib boriladi (49-rasm). Aralashtirgich 75% hajmi bo`yicha
suv bilan to`ldiriladi. Kaolin suspenziyasining namligi 55-60%, tuproqniki 70-78%
bo`ladi. Yoyiltirish vaqti kaolin uchun qishda 3-4 soat, yozda 2-3 soat, tuproq uchun esa
5-6 soat va 3-4 soatni tashkil qiladi. Yuza aktiv moddalaridan foydalanilgan holda
yoyiltirish vaqti 30-40% ga tezlashadi va suspenziyaning namligi 6-8% ga kamayadi.
Kurakchali aralashtirgichlarga qaraganda parrakli aralashtirgich-lar ancha
samaraliroqdirlar. 
5-rasm. Parrakli aralashtirgich
1-rezervuar, 2-elektrodvigatel`, 3-vertikal val, 4-parraklar.
Tuproq materiallarini zoldirli tegirmonlarda ham yoyiltirish mumkin, bunda
chinni uchun namlikni 55-60%, fayans uchun 65-70% gacha oshiriladi va
zarrachalarning o`lchami 3-10 mkm holda olinadi. Yoyiltirish vaqti 40-50 min dan 1,5-
2,5 soatgacha boradi, M:T:S ning nisbati 1:0,5:1,5 ga teng qilib olinadi. Tuproq
materiallarini yoyiltirish samarasini oshirish uchun suyuq oqimli tegirmon yoki oqimli
dezintegratorlar ishlatiladi. Bu borada frezer-irg`ituvchi tegirmonlarni va rotorli tegir-
monlarni ishlatish yaxshi natijalar beradi. Chet el tajribasida diskli tez xarakatlanuvchan
uzluksiz aralashtirgichlarni ishlatish natijasida suspenziyaning 40-50% namligi
sharoitida yoyiltirish 10-30 min mobaynida yuqori samarada olib borilgan.
Nafis keramika massalarini tayyorlash
Chinni-fayans buyumlarini ishlab chiqarish texnologiyasida uch turdagi massadan
foydalaniladi:
1. plastik xamirsimon
2. suyuq
3. kukunsimon
Plastik massa asosida chinni, fayans, tosh keramika idishlari, izolyatorlar, quvurlar
va boshqa texnika uchun tavsiyalanadigan buyumlar olinadi.
Suyuq massa asosida murakkab shaklga ega bo`lgan buyumlar, masalan, sanitar va
xo`jalik fayansi olinadi.


Kukunsimon massadan buyumlarni presslash usulida ishlab chiqariladi. Bu usulda
turli xil koshinlar, elektrotexnika chinnisining turli xillari va boshqa buyumlar olinadi.
Nafis keramika massalariga olinayotgan buyumlarning turiga qarab quyidagi talablar
qo`yiladi:
a) massa tarkibiga kirgan barcha komponentlarning zarrachalari uning ichida barobar
taqsimlanishi kerak.
b) massa tarkibidagi suv yoki plastifikatorlar qattiq material zarralari orasida barobar
taqsimlanib, unga kerakli bo`lgan shakllash va quyish xususiyatlarini berishi kerak.
v) keramika massasi tarkibidagi aralashma holida mavjud bo`lgan havo texnologik
jarayonlarni murakkablashtirib yuborishi va chiqitlar miqdorini ko`paytirib yuborishi
tufayli minimal miqdorda bo`lishi kerak. Odatda massani vakuumlangandan so`ng
uning ichidagi havoning miqdori 3% gacha kamaytiriladi. 
Plastik va shliker massasi tarkibidan havoni chiqarib yuborish ularning shakllanish
xususiyatini oshiradi, tayyor mahsulotning mexanik mustahkamligini, kimyoviy
bardoshligini va dielektrik ko`rsatkichlarini ko`taradi.
Plastik usulda shakllanuvchi massani tayyorlash. Plastik massasining namligi uning
tarkibi va shakllanish usuliga qarab 14% dan 25% gacha bo`ladi. Buning uchun avval
tuproqli va toshsimon materiallar maydalanib, keyin aralashtiriladilar va suspenziya
hosil qilinadi, so`ngra esa ular qisman suvsizlantirilib, bir jinsli strukturani hosil qilish
maqsadida pishitiladi.
Massani tayyorlab olish massa komponentlarini zoldirli tegirmonda birgalikda yoki
alohida maydalash usulida olib boriladi.
Birgalikda maydalash usulida tuproq materiallarini yoyiltirish jarayoni toshsimon
materiallarni tuyish jarayoni bilan birgalikda zoldirli tegirmonlarda olib boriladi. Bunda
tegirmonga avval toshsimon materiallar, buyum siniqlari, bentonit va 5% miqdordagi
tuproq kiritiladi, keyin 8,5-10,5 soat maydalanganidan so`ng kaolin va tuproq hamda
elektrolitlar yuklanadi. Birgalikda maydalash yana 2-3 soat davom etadi.
Alohida maydalash usulida tegirmonga suv solinib, barcha kvarts materiallari, 5-
7% tuproq, 1-2% bentonit, tayyor mahsulot siniqlari, YuAM (yuza aktiv moddalar -
sul`fat spirtli barda) 1% miqdorida kiritiladi va ularni 2,5-3 soat davomida maydalanadi.
Keyin tegirmonga dala shpati va birinchi kuydirish chiqindilari solinib, ularni yana 4-5
soat davomida maydalanadi. Tegirmonni to`ldirish 85-95% xajmgacha bajariladi.
Zoldirli tegirmonga tushiriladigan xom-ash`yo materiallari tegirmonnning
tushirgichi tepasida joylashgan bunkerlarga to`kiladi. Bunkerlarning ostiga esa elektr
tarozili aravachalar o`rnatiladi. Zoldirli tegirmonlardagi maydalash jarayoni elakdan
o`tkazish orqali nazorat etiladi. Umumiy hisobda maydalash vaqti 5-8 soatni tashkil
etadi. Zoldirli tegirmonlarda tayyorlangan suspenziya va yoyiltirilgan tuproq yig`ma
aralashtirgichlarga tushiriladi. U erda suspenziyaning temperaturasi chinni massasi
uchun 25-30 
o
C, fayans uchun 40-45
o
C qilib ushlab turiladi.
Suspenziyani tashish majburiy ravishda nasoslar yordamida amalga oshiriladi.
Bunda membranali, porshenli va vintli nasoslardan foydalaniladi.
Suspenziyadan plastik massani hosil qilish uchun uning namligi 55-60% dan 20-
25% gacha kamaytiriladi. Bu jarayon chinni-fayans ishlab chiqarishda ko`pincha
fil`trpresslar yordamida amalga oshiriladi.


Fayans massasini fil`trlash uchun chinninikiga qaraganda 2-3 barobar kam vaqt
ketadi. Massa tarkibiga 2-4% buyumlar sinig`i qo`shilsa, fil`trlash tezligi oshadi.
Bundan tashqari, suspenziyani 35-45
o
S gacha isitish, suspenziyaga 0,25% miqdordagi
uksus yoki chumoli kislotasini qo`shish, poliakrilatlar yoki poliakrilamidlar qo`shish
ham yaxshi natijalar beradi. Korjlarning pastki va o`rta qismida yovg`onlashtiruvchi
materiallar, yuza qismida esa tuproq materiallari to`planadi. Fil`trpresslarda xar 50-60
tsikldan keyin matolarni o`zgartirib turiladi. Fil`tpressning ishlash davri chinni massasi
uchun 1,5-2 soatni, fayans uchun 2,5-3 soatni tashkil etadi.
Fil`tpressdan chiqqan massaning plastikligi va bir jinsliligini oshirish uchun uni
vintli massa myalkalardan o`tkaziladi (52-rasm). Bunda massa tarkibidagi xavoning
yirik pufakchalari chiqib ketib, uning g`ovakliligi kamayadi va tayyor mahsulot sifati
oshadi.
6-rasm. Vakuumli massamyalka
1-qabul kamerasi, 2-vintli press, 3-maydalagich, 4-vakuum kamerasi, 5-quyi myalka, 6-
mundshtuk.
Massani vakuumlar jarayonida quyidagi operatsiyalar bajariladi:
-massani yupqa tasmalarga bo`linadi;
-massadan havo chiqarib yuboriladi;
-vakuumlangan massa monolit brus holida zichlantiriladi.
Shlikerli massani tayyorlash. Chinni-fayans buyumlarini gipsli qoliplarda quyish
uchun suyuq massa ya`ni shliker tayyorlanadi. Shlikerlarga quyidagi talablar
qo`yidagicha:
1) shlikerning oquvchanligi uning quvurlar bo`yicha engil xarakatlanishini va gips
qoliplarini to`liq to`ldirishini ta`minlashi lozim;
2) suvning miqdori mumkin qadar kam bo`lishi kerak (chinni uchun 32-39%, fayans
uchun 29-36%);
3) shliker barqaror bo`lib, unda materialning cho`kib qolishi ruxsat etilmaydi;
4) shliker o`z suvini gips qoliplariga tezda bera olishi kerak, ya`ni uning fil`trlash
qobiliyati yuqori bo`lishi kerak.


Suyuq shliker massasi ikki xil usulda: presslash va nopresslash usulida
tayyorlanadi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish