12 – Maвзу silikat materiallarining turlari. Chinni va fayans ashyolari texnologiyasi. Bog`lovchi materiallar reja



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana01.03.2022
Hajmi0,79 Mb.
#476837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
12MAVZU

Tuproqlarning suyulishi
– tuproqlarning mumkin qadar kam miqdorda suv bilan
aralashib, kerakli oquvchanlikni egallash xususiyati. Bu xususiyat tuproq suspenziyasi
tarkibiga elektrolit qo`shish bilan hosil qilinadi.
O`tga chidamlilik
– tuproqni suyuqlanmay yuqori temperatura ta`siriga bardosh
berishidir. O`tga chidamlilikka tuproqning kimyoviy-mineralogik tarkibi ta`sir
ko`rsatadi.
Pishish
–tuproqning yuqori temperatura ta`sirida suv yutuvchanligi 5% dan kichik
bo`lgan toshsimon materialga aylanishidir.


Havoda qisqarish
– buyumlarning quritish jarayonida ulardan namlikni chiqib
ketishi va zarrachalarning yaqinlashishi sababli chiziqli o`lchamlarining kamayishidir.
Olovdagi qisqarish
– kuydirish jarayonida buyumlar chiziqli o`lchamlarining
kiskarishi.
Tuproqlarning asosiy konlari. Chinni-fayans sanoati uchun ishlatiladigan kaolin
tuproklari kuyidagi konlarda joylashgan: Prosyanov – Ukraina, Gluxovets – Ukraina,
Alekseevsk – Kozog`iston, Kishtim – Rossiya. Tuproklarning konlari: Drujkovsk –
Ukraina, Troshkovsk – Rossiya. Bentonit tuproqlarining konlari – Oglanlin-
Turkmaniston, Pijevsk – Ukraina. O`zbekistonda Angren kaolinlari mavjud, lekin
ularning kimyoviy va minerologik tarkibi chinni-fayans buyumlari olish uchun
qo`yilgan talablarga javob bermaydi. Shu sababdan, yaqinda Angren kaolinlarini
boyitish bo`yicha nemis mutaxassislari bilan birgalikda “Kaolin” nomli qo`shma
korxona ishga tushdi.
Suyuqlanib ketadigan materiallar. Bunday materiallar sifatida dala shpati, pegmatit,
perlit, dolomit, tal`k, nefelin sienit, spodumen va boshqa materiallar, minerallar va
jinslar ishlatiladi. Ularning massa tarkibida yuqori temperatura sharoitida o`zini tutishi
bir xil emas. Masalan, dala shpati, pematit va boshqalar suyuqlanib ketgach shisha
fazasini hosil qilsalar, boshqalari ya`ni dolomit va tal`k, kvarts, tuproq va boshqalar
bilan birga suyultma hosil qiladilar. Suyuqlanib ketadigan materiallar massa tarkibiga 5-
30% gacha miqdorda kuydirish temperaturasini pasaytirish maqsadida qo`shiladi.
Dala shpatlari kaliy, natriy va kal`tsiylarning alyumosilikatlari bo`lib, tabiatda
ortoklaz yoki mikroklin K
2
O Al
2
O
3
6SiO
2
, al`bit Na
2
O Al
2
O
3
6SiO
2
, anortit CaO Al
2
O
3
2SiO
2
sifatida tarqalganlar. Chinni-fayans sanoati uchun eng sifatli bo`lib, kaliy- natriyli
dala shpatlari xisoblanadi, yana ularda ortoklazning miqdori ko`proq bo`lishi kerak.
Dala shpatlari tarkibida noxush aralashma sifatida slyuda va temir oksidi bo`ladi. Dala
shpatlarining toza turlari kamyob bo`lgani uchun ularning o`rniga pegmatitlar,
plagioklazlar (al`bit va anortitning izomorf aralashmasi), perlitlar, nefelin sienit
ishlatiladi.
Pegmatit – kvarts kristallari bilan qo`shilib ketgan dala shpati. Ularda 30-35%
kvarts va 65-70% dala shpati bo`ladi.
Nefelin sienit – tog` jinsi bo`lib, uning tarkibiga nefelin mineralidan (K
2
O

.
Na
2

.
2Al
2
O
3
.
9SiO
2
) tashqari mikroklin, al`bit, slyuda, magnetit va boshqalar kiradi.
Perlit – shishasimon vulqon jinsi bo`lib, u kvarts, dala shpati va boshqa
minerallarning aralashmasidan iboratdir.
Yovg`onlashtiruvchi materiallar. Massaga yovg`onlashtiruvchi materiallarni kiritish
bilan chinni-fayans massalarining va shlikerlarning texnologik xususiyatlari
boshqariladi. Ular massaning plastikligini kamaytirib, buyumlarni quritish va
kuydirishdagi qisqarishini kamaytiradi va ularning deformatsiyalanishidan saqlaydi.
Yovg`onlashtiruvchi materiallar sifatida maydalangan tomirsimon kvarts, kvarts
qumi, kaolinni boyitishdan hosil bo`lgan kvarts chiqindilari, shamot va degidratlangan
tuproq ishlatiladi. Shamot – bu kuydirilgan sirsiz buyumlarning maydalangani yoki
tuproq va kaolinni 800
o
C dan yuqori temperaturada kuydirish natijasida hosil bo`lgan
keramik materialdir. Tuproqni 700-750
oC
S da kuydirib, uni degidratlantiriladi. Massa
tarkibida yovg`onlashtiruvchi materiallarning miqdori 40% gacha boradi. Bunday
materiallar sifatida kaolinlashgan kvartsitlar yoki Gusev toshlari (chinni toshlari) ham


ishlatiladi. Ular 50% miqdorida massaga kiritilsa, qisman dala shpatini, kaolinni,
kvartsni va kvarts qumini o`rnini bosib, chinnining shaffofligini va oqligini oshiradi.
Xom-ashyo materiallarini boyitish.
Chinni-fayans buyumlari olishda ishlatiladigan kaolin, tuproq, dala shpati va
kvartslar o`z tabiatlari bo`yicha polimineral bo`lib, ularning tarkibida turli xildagi
minerallarning aralashmasi bo`ladi. Shu sababdan, xom-ash`yoga avvaldan ishlov berib
olmasdan turib, uni ishlab chiqarishda to`g`ri qo`llab bo`lmaydi.
Tabiiy xom-ash`yoga uning tarkibidan mineral aralashmalarini chiqarib tashlash va
undagi asosiy foydali mineral miqdorini oshirish maqsadida ishlov berish boyitish deb
ataladi. Boyitish jarayonida mineralning ajralishi va bo`linishi ro`y beradi, bunda ajralib
chiqqan xar bir mineral o`zicha sof xolda sanoatda ishlatilishi mumkin. Ba`zi xollarda
boyitish jarayonida xom-ash`yoning sifati va xossalarini pasaytiruvchi noxush
aralashmalar yo`qotiladi. Foydali aralashmalar ya`ni ajratib olinganidan so`ng keramika
sanoatida ishlatiladigan aralashmalar qatoriga kvarts, slyuda va granitlar kiradi. Noxush
aralashmalar qatoriga temir, titan va oltingugurt birikmalari kiradi.
Boyitish jarayonining asosida fizik-kimyoviy, kimyoviy va fizik jarayonlar yotadi,
ularga koagulyatsiya, peptizatsiya, suvli va havoli separatsiya, flotatsiya, elektromagnit
va magnit separatsiya va boshqalar kiradi.
Mineral xom-ash`yo materiallarini boyitish quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:

mineral zarrachalarini hosil qilib olish;

zarrachalarni ajratishga tayyorlash;

turli minerallar xossalarining gradientini yaratish;

boyitish mahsulotlarini ajratib olish.
Mineral zarrachalarini hosil qilib olish dezintegratsiya, yiriklik bo`yicha
turkumlash hamda mayda zarrachalarni selektiv ravishda agregatlash yordamida amalga
oshiriladi.
Zarrachalarni ajratishga tayyorlash kimyoviy reagentlar bilan ishlovni, yuvishni,
yuzani elektr zaryadlashni, termik ishlovni, kimyoviy ajratishni yoki erigan shaklga
o`tkazishni o`z ichiga oladi.
Xossalar gradientini yaratish suyuqlik, gaz va boshqalar hosil qilish yordamida
fazalar va fazalar aro chegara, kuch maydonini berish, xarakatlanishning turli
tezliklarini qo`llash, mujassamlangan usullar yordamida bajariladi.
Boyitish mahsulotni ajratib olish jarayonining uzluksizligini saqlagan xolda
jinsning boyigan qismiga kerakli tozalikni berishni ta`min etishi lozim.
Boyitila olish darajasi – bu asosiy foydali mahsulotdan aralashmalarni ajratib olib
tashlash samarasidir.
Materialni boyitish texnologiyasini yaratishda muxim rol o`ynaydigan fizik
xossalar qatoriga mineralning qattiqligi va mo`rtligi, elektrik va magnit xususiyatlari,
minerallarning zichligi va tabiiy dispersligi, gidrofilligi, gidrofobligi kiraladi.
Boyitishning asosiy usullari quyidagilardir:
1. gravitatsiya usuli;
2. flotatsiya usuli;
3. magnit va elektroseparatsiya usuli;
4. kimyoviy usul;


5. mujassamlangan usul.
Tuproq minerallarini boyitish. Odatda, birlamchi kaolin tuproqlarining tarkibida
kaolinitning miqdori 45% dan oshmaydi, shu sababdan kaolinlar boyitilmasdan turib
nafis keramika massalarida ishlatilmaydilar. 
Boyitilgan kaolinda asosiy mineral bo`lib kaolinit qoladi, kvarts aralashmalarining
miqdori esa 0,3-1,3 % ga teng bo`lib, rang beruvchi moddalarning miqdori 2 barobarga
kamayadi. Boyitish natijasida tuproq minerallarining tarkibi turg`unlashadi va ularning
texnologik xususiyatlari ortadi, mahsulotning sifati ko`tariladi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish