12 – Maвзу silikat materiallarining turlari. Chinni va fayans ashyolari texnologiyasi. Bog`lovchi materiallar reja



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana01.03.2022
Hajmi0,79 Mb.
#476837
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
12MAVZU



12 – Maвзу
SILIKAT MATERIALLARINING TURLARI. CHINNI VA FAYANS
ASHYOLARI TEXNOLOGIYASI. BOG`LOVCHI MATERIALLAR
Reja:
1. Nafis keramika buyumlari 
2. Chinni va fayans materiallarining asosiy xossalari
3. Chinni va fayans buyumlarini ishlab chiqarishda xom ashyo materiallari va
ularni boyitish
4. Chinni va fayans buyumlarini ishlab chikarish uchun ishlatiladigan xom-ashyo
materiallariga ishlov berish va massa tayyorlash
5. Mineral bog`lovchi xakida asosiy ma`lumotlar va ularning turlari.
6. Xavoda qotadigan bog`lovchi materiallar.
7. Portlandsement, xom-ashyolari, mineralogik tarkibi. 
8. Kuydirish jarayonining fizik-kimyoviy asoslari, турлари, tsement pechining
ishlash printsipi.
1. Nafis keramika buyumlari
Mayda donador tuzilishga ega bo`lgan, zich pishgan va sirti shishasimon sirning
yupqa qavati bilan qoplangan buyumlar nafis keramika buyumlari deb ataladi. Hozirgi
zamonda keramika buyumlari asosan ishlab chiqarish soxalariga va tavsiyalanishiga
ko`ra turli guruxlarga turkumlanadilar. Nafis keramika buyumlari materialning pishish
darajasiga qarab 2 ta guruxga bo`linadilar:
1) zich pishgan sopolakka ega buyumlar.
2) g`ovakli, qisman pishgan sopalakka ega buyumlar.
Birinchi guruxga kirgan buyumlarning siniqlari chig`anoqsimon yaltiroq bo`lib,
suyuqlik va gazlarni o`tkazmaydilar, oq yoki barobar tarzda bo`yalgan bo`lib,
chertilganda uzoq vaqt so`nmay turadigan jarangdor tovush chiqaradilar. Ularning suv
yutuvchanligi 5 % dan yuqori bo`lmaydi. Ular sirlangan va sirlanmagan bo`lishi
mumkin.
Ikkinchi guruxga kirgan buyumlar sinig`i mayda donador tuzilishga ega bo`lib,
bo`zargan ko`rinishga ega bo`ladi, hamda suyuqlik va gazlarni o`tkazib yuboradi.
Ularning suv yutuvchanligi 5% dan ortiq bo`ladi. Bunday buyumlarni chertganda tezda
so`nuvchi past tovush chiqadi. Buyumlar yupqa qavatda shaffof bo`lmaydi, ular oq yoki
bir tekis bo`yalgan xolda bo`lishi mumkin.Zich pishgan buyumlar tarkibiga chinni, nafis
tosh buyumlari va issiqlikka bardosh buyumlar kiradi.
G`ovakli qisman pishgan buyumlar qatoriga yarim chinni, fayans va sopol kiradi.
Tavsiyalanishi bo`yicha nafis keramika buyumlari xo`jalikda ishlatiladigan va
texnika uchun tavsiyalanadigan buyumlarga bo`linadi (19.1-rasm).
Texnik keramika buyumlari deb alohida xususiyatga ega bo`lgan, sun`iy ravishda
kimyoviy sintez qilish usulida olingan materiallarga aytiladi. Bunday materiallarni
ishlab-chiqarish uchun asosan sun`iy xoldagi, kimyoviy toza materiallar ya`ni
alyuminiy, magniy, kal`tsiy, tsirkoniy, vannadiy va boshqa elementlarning oksidlari,
silikatlar, kislorodsiz birikmalar va boshqalar ishlatiladi.


Chinnining turkumlanishi va turlari.

Chinni deb, oq rangli, pishgan, yupqa qavatda
shaffoflikni yuzaga keltiradigan, suyuqlik va gazlarni o`zidan o`tkazmaydigan hamda
tuproq, dala shpati, kvarts qumi va boshqa Alyumosilikatlarning nafis aralashmasi
asosida olinadigan materialga aytiladi. Chinni texnik material sifatida yuqori mexanik
va elektrik mustahkamlikka, kimyoviy va termik bardoshlikka egadir. Chinni umumiy
xolda 2 turga bo`linadi:
a) qattiq chinni;
b) yumshoq chinni.
Nafis keramika buyumlari
Xo`jalik uchun nafis keramika
buyumlari
Texnika uchun tavsiyalanadigan nafis
keramika buyumlari
Zich
g`ovakli
Elektrotexnika buyumlari
(izolyatorlar, radiodetallar va boshqalar),
radioelektronika uchun buyumlar
Chinni, nafis tosh
buyumlari
Yarim chinni, 
fayans, sopol
Uy ro`zg`or buyumlari
Umumiy ovqatlanish
uchun buyumlar
Badiiy bezak buyumlari
Ichi bo`sh buyumlar
Yassi buyumlar
Mayda buyumlar
Yirik buyumlar
1-rasm. Nafis keramika buyumlarining turkumlanishi
Qattiq chinni 1380-1460
o
C da pishirilib, uni ng tarkibida kaolinning miqdori ko`p 
va dala shpatining miqdori kam bo`ladi.
Yumshoq chinnining pishirish temperaturasi 1350
o
C dan past bo`ladi. U ning 
massasi tarkibida dala shpatining miqdori ko`proq bo`ladi.


Yumshoq chinni uchun yuqori darajadagi oqlik va shaffoflik xos bo`lsa, qattiq
chinni uchun yuqori ko`rsatkichga ega bo`lgan mexanik mustaxkamlik va issiqlikka
bardoshlik xosdir.
Qattiq chinnidan asosan kimyoviy sanoat uchun apparat va buyumlar, termopara
uchun trubkalar, elektroizolyatsiya materiallari ishlab chiqariladi. Lekin qattiq
chinnidan badiiy-bezak buyumlari va chinni servislari ham olinadi. Yumshoq chinni
asosan turli tuman xo`jalik va badiiy buyumlar olishda qo`llaniladi.
Yumshoq chinni tarkibiga frittali chinni, suyakli chinni, parian chinnisi, yumshoq
ko`p kvartsli chinni, yumshoq dala shpatili chinni va boshqalar kiradi.
Frittali chinni tarkibiga ishqorga boy shisha frittasi qo`shiladi. Suyakli yumshoq
chinni massasining tarkibiga yirik shohli xayvonlar suyagining kuli kiritiladi. Parian
chinnisi sirsiz chinni bo`lib, uning tarkibida 80% ga yaqin shisha fazasi bo`ladi.
Yumshoq ko`p kvartsli chinni tarkibida shisha fazasining miqdori 73-78% gacha boradi.
Yumshoq dala shpatili chinni Zeger chinnisi deyiladi, uning massasi tarkibida dala
shpatining miqdori 30-40% ga etadi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish