V. R. Xaydarov, N. A. Djabbarov


Surtmalarni tayyorlashda ishlatiladigan surtma asoslari va yordamchi



Download 5,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/100
Sana26.02.2022
Hajmi5,8 Mb.
#471438
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   100
Bog'liq
Oquv qollanma 1-qism (1)

Surtmalarni tayyorlashda ishlatiladigan surtma asoslari va yordamchi 
moddalar 
Surtmalarga qo„yilgan talablardan yana biri ularni tayyorlash, saqlash va 
qo„llash davomida bir xilligini (dori va yordamchi moddalarni begona 
qo„shimchalarsiz bir xil aralashganligi va fizik jihatdan turg„unligi) ta‟minlashdir. 
Agar texnologik jarayon davomida surtmalarni bir xilligi buzilgan bo„lsa maxsus 
namuna olish yo„li orqali tanlangan surtmalar tarkibidagi asosiy ta‟sir etuvchi 
modda miqdori aniqlanadi. 
Dori va yordamchi moddalarni dispersligini oshirish bilan tayyorlanadigan 
surtmalarda, modda zarrachalarining o„lchamlari alohida nazoratga olib boriladi. 
Surtma tarkibi va texnologiyasi uchun ishlatiladigan asoslar va tegishli 
yordamchi moddalar surtmaning samaradorligiga, zararsizligiga, dori moddasi 
bilan mos kelishliligiga va dori va yordamchi moddalarning biologik 
samaradorligiga putur etkazmasligiga, surtmalarning reologik, fizik-kimyoviy 
xossalariga, mikrobiologik turg„unligiga va saqlanish muddatiga ta‟sir etmasligiga 
qarab tanlanadi. 
Surtmalar uchun tanlangan asoslar dori moddasini tashuvchi va surtmaga 
etarli fizik ko„rsatkichlarni ta‟minlovchi vazifalarini o„taydi. Asoslar dori 
moddasining fizik-kimyoviy xossalariga va surtmaning umumiy xossasiga qarab 
tanlanadi. Surtmaga maksimal darajadagi terapevtik samaradorlikni ta‟minlab 
beruvchi asoslarga quyidagi talablar qo„yiladi: 
-
zaruriy tuzilish-mexanik va yaxshi surtilish xossalariga ega bo„lishi; 
-
dori moddasi bilan yaxshi kelisha olishi va yaxshi absorbsiyalash 
xossasiga ega bo„lishi; 
-
tashqi muhit ta‟siridan o„zgarmasligi va dori moddalarining suvdagi 
eritmalarini yaxshi qabul qilishi; 


108 
-
farmakologik nuqtai nazaridan bezarar, terini qitiqlamasligi va 
sezuvchanligiga, shuningdek terining boshlang„ich rN ko„rsatkichiga (3,10-4,70) 
ta‟sir qilmasligi; 
-
mikroorganizmlar yashashi va ko„payishi uchun sharoit tug„dirmasligi; 
-
qo„llash uchun ko„zda tutilgan maqsadga to„g„ri kelishi kerak. 
Bugungi kunga kelib, surtmalar uchun alohida moddalardan tashqari bir 
necha xildagi asoslardan keng ko„lamda foydalanilmoqda. Ular murakkab tizimli 
fizik-kimyoviy tuzilishlarga ega bo„lib, ularning katta miqdordagi assortimenti 
surtmalarni turli yo„nalishlar bo„yicha turlicha tasniflanishiga sabab bo„lmoqda. 
Ba‟zi yordamchi moddalar bir vaqtning o„zida bir nechta vazifani ham 
bajarishi mumkin, shuningdek yumshatuvchi, namlovchi, ko„pik hosil qiluvchi va 
aralashtiruvchi bo„lib ham hizmat qiladi. Korxona sharoitida surtmalar ishlab 
chiqarishning 
10% 
tashkil 
qiladi. 
Ular 
dermatologik, 
oftolmologik, 
otaloringologik, jarrohlik, akusherlik, ginekologik, proktologik va boshqa 
kasalliklarni davolashda keng ko„lamda ishlatiladi. 
Surtmalarni tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishda, qadoqlashda, 
saqlashda, tashishda va qo„llanilishida doimo ularning mikrobiologik tozaligini 
saqlab qolish choralari ko„rilishi shart. Ularning bu ko„rsatkichi qo„shimcha tarzda 
surtma tarkibiga konservantlarning kiritilishi yoki ishlab chiqarishni to„g„ri tashkil 
etish bilan ta‟minlanadi. Ochiq yaralarni davolash yoki terining kuchli zararlangan 
maydonlari uchun mo„ljallangan surtmalar tarkibiga kiritilgan konservantlar albatta 
steril bo„lishi kerak 


109 

Download 5,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish