V. R. Xaydarov, N. A. Djabbarov



Download 5,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/100
Sana26.02.2022
Hajmi5,8 Mb.
#471438
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   100
Bog'liq
Oquv qollanma 1-qism (1)

 
 
 
 
 
 
 
 


104 
YUMSHOQ DORI SHAKLLARI 
 
SURTMALAR 
Surtmalar to„g„risida umumiy tushuncha 
Surtmalar
(Unguenta) – yumshoq dori shakllari bo„lib, asosan mahalliy 
ishlatish uchun mo„ljallangan. Ularning dispers muhitlari shunday reologik (etarli 
qovushqoqlik, plastiklik va psevdoplastik) ko„rsatkichlarga egaki, bu ko„rsatkichlar 
natijasida surtmalar belgilangan haroratda ham o„zining turg„unligini etarli 
darajada saqlab qola oladi. 
Surtmalar tegishli farmakopeyalarda rasmiy dori vositalari ko„rinishida 
kiritilgan bo„lib, teriga, yaralarga va silliq qavatlarga surtish uchun mo„ljallangan.
Bugungi kunda barcha farmakologik guruhlarga mansub bo„lgan dori 
moddalaridan surtmalar tayyorlash imkoniyati mavjud bo„lib, ayniqsa antiseptik 
vositalar, sulfanilamidlar, gormonal preparatlar va ularning analoglari, 
antibiotiklar, vitaminlar, antiseptik moddalar, zamburug„larni davolashda 
ishlatiladigan dori moddalaridan surtmalar ishlab chiqarish keng yo„lga qo„yilgan. 
Bu dori moddalari ham organik ham noorganik moddalar bo„lib, ular turlicha fizik-
kimyoviy va agregat xossalarni nomoyon qiladi (metall oksidlar yoki ularning 
tuzlari, asoslar, efirlar va boshqalar). Agregat xossalariga qarab asosan quruq va 
qattiq moddalar, ba‟zan har xil qovushqoqlikka ega bo„lgan suyuq konsistensiyali 
(Burov suyuqligi, efir moyi, qora moy, vinilin va boshqalar) dori moddalari ham 
surtmalar texnologiyasida keng ko„lamda ishlatiladi. 
Surtmalar asosan quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: 

teri va silliq qavatlarni tashqi muhit ta‟siridan himoya qilish;
 

kuyganda va sovuq urish natijasida hosil bo„lgan yaralarni yuzasiga dori 
moddasini surtish; 

teri kasalliklarida ularni mahalliy davolash yoki dori moddasini limfa 
tomirlari orqali qonga so„rilib, har xil patologik jarayonlarga umumiy ta‟sir 
qilishini ta‟minlash; 

organizmning har xil bo„shliqlarida yuzaga keladigan kasalliklarni 
davolashda va xomilani oldini oluvchi vositalar tayyorlash; 

to„g„ri ichak kasalliklarini davolashda va shilliq qavat orqali dori 
moddalarining organizmga rezorbtiv ta‟sirini ta‟minlash; 

ko„z va burun kasalliklarida dori moddasini shilliq qavat orqali ta‟sirini 
yuzaga keltirish; 

soch kasalliklarini davolash yoki sochni olish; 

terining tuk bilan qoplangan maydonlarida insektitsid ta‟sirni amalga 
oshirish; 

kosmetik maqsadlar (terini yumshatish, pigmentativ dog„lardan tozalash 
va oziqlantirish) uchun; 
Surtmalar nafaqat biron-bir kasallikni davolash balki, kasallikni oldini olish, 
tashhis qo„yish, terini ishlab chiqarish va maishiy hizmat chiqindilaridan himoya 
qilishda ham qo„llaniladi. Bu surtmalarning asosini terini parvarish qilish va 


105 
yumshatish uchun mo„ljallangan kremlar tashkil qiladi. Ular nafaqat gigienik, balki 
biron bir kasallikni davolash va oldini olish shuningdek, dekorativ maqsadlar 
uchun ham ishlatiladi. Ularning tarkibida gormonlar va vitaminlarning bo„lishi, bu 
kremlarni davolavchi xossasi borligini bildiradi. 
Surtmalar asosan quyidagicha tasniflanadi:
1.
Surtmalar dori va yordamchi modda – asosdan tashkil topgan bo„lganligi 
uchun, ularning tarkibidagi dori moddasini soniga qarab oddiy yoki murakkab 
surtmalar. 
2.
YOrdamchi moddalarning fizik-kimyoviy xossalariga qarab bir, ikki yoki 
ko„p fazali surtmalar. 
3.
“Elektrod” surtmalar va pastalar, biotoklarning harakatini stimullaydi. 
Bunday 
surtmalar 
va 
pastalardan 
elektrokardiografiya, 
ensefalografiya, 
elektromiografiya va boshqalarda foydalaniladi. Ular, terining silliq qavati bilan 
elektrodlarning muloqotini yaxshilaydi.
4.
Dispers tizimiga ko„ra surtmalar gomogen (qotishmalar va eritmalar) va 
geterogen (suspenzion, emulsion va aralash). 
5.
Konsistensiyasiga ko„ra surtmalar, pastalar, kremlar, gellar va 
linimentlar. 
6.
Qo„llanilishiga qarab surtmalar dermatologik, uretral, burun, ko„z, rektal 
va vaginal surtmalar.
Surtmalarni bunday tarzda tasniflanishi ularni texnologik va biofarmatsevtik 
nuqtai-nazaridan baholash uchun asos bo„lib hizmat qiladi, qaysiki bunda, 
yaralarni sirtini qoplash uchun mo„ljallangan surtmalarni aseptik sharoitda, ko„z 
uchun mo„ljallangan suspenzion tipdagi surtmalarni esa dori va yordamchi 
moddalarni maksimal darajada dispersligini oshirgan holda tayyorlash talab etiladi. 
SHuningdek, tanlangan texnologik jarayon biofarmatsevtik nuqtai nazaridan ham 
to„g„ri bo„lishi kerak. 

Download 5,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish