Adabiyotshunoslikka


XV III  asrda Rossiyada  V .K . Trediakovskiy, V .M . Lomonosov, A.N



Download 6,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/23
Sana26.02.2022
Hajmi6,97 Mb.
#465803
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
Adabiyotshunoslika kirish (E.Xudoyberdiyev)

XV III 
asrda Rossiyada 
V .K . Trediakovskiy, V .M . Lomonosov, A.N.
Radishchyev 
adabiyot nazariyasi bilan shug‘ullandi. 
Trediakovskiy “Rossiya
sh e ’rlarini yozishning yangi va qisqa usullari’’, Lomonosov “Rossiya she’riy
ijodi qoidalari to ‘g ‘risida maktub” 
asarida rus sh e’r tuzilishini isloh qildilar


Lom onosov “Anokreon bilan su h b a t” sh e 'rida san'at va adabiyotning ijtimoiy 
ahamiyatini lushuntirib berdi. Radishchyev “ Daktil-xoreik pahlavon haykali” , 
“ Lomonosov haqida so ‘z” , “ P eterburgdan Moskvaga say o h at” asarlarida rus 
kitobiy poeziyasini xalq bilan yaqinlashtirish g‘oyasini k o 'ta rd i, adabiy asarni 
tanqidiy tahlil qilish nam unasini k o ‘rsatdi.
V.G. Belinskiy (18I I - 1848)professional rus tanqidiningasoschisigaaylandi. 
U o ‘z davrida adabiyotning vazifasi krepostnoylikka qarshi k urash d eb bildi. 
Realistik oqimining yolboshchisi boMdi, obzor yozishda nom chiqardi. “Adabiy 
xayollar” , “ G ogolga x a t” m aq o lalari m ashhur boMdi. U 
adabiyotning 
obyektivlik va tarixiylik m ezonlarini ishlab chiqdi, poeziyaning tu r va xillarga 
b o lin ish in i tekshirdi, tanqidni “ harakatdagi estetika” d eb ata d i. U ningcha, 
adabiyot davr ilgari surayotgan ham m a savollarga javob berishi lozim. Rcalizmni 
san 'at taraqqiyotining yuqori bosqichi deb bildi.
N .G. Chernisbevskiy (1828-1889) praktikani “haqiqat m ezo n i” deb atagan. 
U b ir m illatning ikkinchi m illatni ezishga, bir davlatning ik kin chi davlat 
territoriyasini tortib olishga qaratilgan siyosatini qattiq qoraladi. “ S a n ’atning 
voqelikka estetik munosabati” magistrlik dissertatsiyasida yangi davr estetikasini 
y aratd i, U n in g c h a , ad ab iy o t x a lq m an fa atlarig a x izm at e tish i zaru r. 
Chernishevskiy realizm datipiklik m uanim osini yoritdi, u izchil d em ok rat 
edi.
N.A. Dobrolyubov (1836-1861 “ H aqiqiy kun qachon k c la rk in ? ” , “ Zulm at 
ichra nur” , “ Rus adabiyotining xaiqchillik darajasi tokg‘risida” kabi maqolalari 
bilan keng tanildi. Adabiyot taraqqiyotida yangi yo‘l o chd i, tan q id iy realizm
ijodiy m etodi uchun kurashdi. Dobrolyubov: “ Haqiqiy san ’at hayotning badiiy 
obrazlar vositasidagi in’ikosidir” , — deydi. U adabiyotni to ‘g ‘ri tush u n ish va 
to ‘g ‘ri tahlil qilish nam unasini y a ra tib ketdi.
Tahlil XX asrgacha b o ‘lgan o ‘zbek adabiy-nazariy q arash lari, xususan, 
T aroziy, Navoiy, Bobur jah o n adabiyo ti va m usulm on S h arq i adabiyoti 
nazariyasi rivojiga katta hissa q o ‘shganligini ko ‘rsatdi. 0 ‘zbek va 0 ‘rta Osiyo 
xalqlari adabiy-nazariy qarashlari o ‘z aro ham korlikda taraqqiy etgan.


B IR IN C H I BO^LIM
BADIIY ADABIYOTNING UMUMIY XUSUSIYATLARI
I b o b
B A D IIY A D A B IY O TN IN G K O ‘LAMI VA M A QSADLARI
“A dabiyot” atamasi hozirgi davrda keng va tor m a’noda qollaniladi. U keng 
m a 'n o d a ishlatilganda, u m um an m atbuo tda bosilgan m aqolalar, kitoblaryoki 
qadim gi qoMyozmalar nazarda tutiladi.
T urli tilln rd a “ad a b iy o t” so 'z ig a muqobil atam alar ja h o n fanida, to r 
m a ’n o d a, X V III-X IX asrlarda q o ‘llanila boshladi. Jahondagi q atorxalq larda 
“literatura” atamasi bilan ifoda etilayotgan bu tushuncha aslida lotincha “litera” , 
y a 'n i “ h a r f” s o ‘zidan olingandir. Rossiyada X IX asrda ham to r m a ’nodagi 
“lite ra tu ra ” atam asi o 'rn id a “ poeziya” so ‘zi ishlatilar va bunda barcha adabiy 
asa rlar tu sh u n ila r edi.
0 ‘z b e k tilid a to r m a’nodagi, ya’ni badiiy so‘z asrini anglatuvchi “adabiyot” 
atam asi XX asrda keng q o ‘llanila boshladi. 0 ‘zbek tilidagi “adabiyot” atamasi 
aslida “a d a b ” , “odob” so'zlaridan kelib chiqqan b o ‘lib, kishilaiga yaxshi axloq 
va u m u m a n hayo tni tushunish h am da to ‘g‘ri yashashni o 'rg atish m aqsadida 
yozilgan asarn i k o ‘zda tu ta r edi. C h u n k i qadim gi dav rlarda paydo b o 4lgan 
k o 'p c h ilik asarlard a sh e ’r, hikoya, qissa singari badiiy n am u n ala r bilan bir 
q a to rd a yoki ularning ichida, u m u m a n hayotning turli sohalariga oid maxsus 
boblar, n asih atlar, ta ’lim iy q arash lar katta o 'rin tutadi. M asalan, Y usuf Xos 
H ojib n in g q ad im iy turkiy tild a yozilgan “Q utadg‘u bilig” asarida podshoh 
saro y id a vazirlik qilish u ch u n q an d a y fazilatlarga ega b o ‘lish, olim b o ‘lm oq 
u ch u n q an d ay ish ko‘rish, chet ellarga vakil sifatida borm oq uchun nim alarni 
bilish keraktigi kabi masalalarga oid alohida boblar ham bor. Alisher Navoiyning 
“ X am sa”sida axloqiy va ilmiy m avzular o ‘zaro bir-biriga singdirib yuborilgan; 
so ‘z, ya’ni badiiy adabiyotning xususiyatlari, vazifalari haqidagi va yunonistonlik 
Isk a n d arn in g tarjim ayi holiga o id m a ’lum otlarni ham , tabiat hodisalari 
to ‘g‘risidagi izo hlarni ham u c h ra tish m um kin. Xullas, “ad a b iy o t” atam asi 
badiiy so ‘z siin’atida axloqiy-ta’limiy masalalar keng yoritilishi, inson odobiga 
o id fikrlar iigari surilishi bilan b o g liq holda yuzaga kelgan.
H a r b ir s a n ’at o ‘ziga xos tild a so ‘zlaydi. Tasviriy san ’at b o'yo qlar, ranglar 
vositasida, m usiqa esa lovushlar vositasida hikoya qiladi. F orobiy aytishicha, 
b adiiy ad a b iy o t voqelikni s o ‘z vositasida aks ettiradi; so ‘z, til adabiyotning


“birinchi unsuri” hLsoblanadi. Adabiyotning boshqa san'at turiaridan farqlanuvchi 
Kususiyatlari va hayotni aksettirish im koniyatiari m ana shu so ‘zga b o g ‘liqdir. 
Bu im koniyatlarni aniq tasaw u r qilm oq u c h u n adabiyotni tasviriy s a n 'a t va 
haykaltaroshlik hilan qiyoslab ko‘rish m um kin. Rassom va h aykaltarosh o ‘z 
tasviriy vositalari yordamida faqat ko'zga k o 'rinibturadig an narsalarni bevosita 
gavdalantira oladi. Rasm va haykallarda kishilarning ichki dunyosi, xarakterlari, 
o‘zaro aloqalari hamda san’atkoriaming uiarga bo'lgan munosabati faqat m uayyan 
daqiqalardagi tashqi belgilarni birin -k etin , y o n m a-y o n ko‘rsatish y o i i b ilan
yuzaga chiqariladi. Adib esa, so‘zlar yordam ida o ‘quvchi yoki tinglovchi k o ‘z 
o ‘ngida kishilarni qurshnb turgan tashqi d u n y o haqida ham , u larn in g ru h iy
olami, his-tuygkulari, fikrlari, intilishlari haqida ham , ya’ni ko‘zga ko‘rinadigan 
va ko‘rinm aydigan tom onlari to kg ‘risida jo n li ta s a w u r hosil qilishi m u m k in . 
Adib rassom yoki haykaltaroshdan farqli tasvirlanayotgan hodisaning k o ‘plab 
tafsilotlarini ketm a-ket ravishda chizib bera oladi.
Shu sababli badiiy adabiyot voqelikni ancha keng va to'liq aks ettira oladigan 
s a n ’at turi hisoblanadi. S hundan kelib ch iq ib , Lessing o ‘zining “ L.aokoon 
yoki rassom lik va poeziyaning chcgaralari h a q id a ” nom li m ash h u r a s a rid a
m azkur sa n 'a tla rn in g o ‘ziga xos xususiyatlari aniqlanganda, k ito b x o n la rg a 
“ Poeziyaning ko‘lami kcngligi, bizning tasaw urim iz deyarli chegarasiz ekanligi, 
unda behisob va tu rli-tu m a n o b razlar k e tm a -k e t o ‘rin olishi m u rn k in lig i, 
shunda ham bir-biriga zarar yetkazm asligi, birini boshqasining so y asid a 
qoldirmasligi, bunday holni aniq makon va zam on doirasidagi real narsalarning 
o ‘zida yoki ularning moddiy ifodasida ham uchratib bolm asligi haqida o ‘ylab 
ko‘rishni” m aslahat bergan edi. Lekin Lessing adabiyotning hayotni b o sh q a 
san’at turlariga nisbatan kengroq va to ‘Iiqroq aks ettirish im koniyatlariga ega 
ekanligini qayd qilish bilangina ch ek lan m ag an . U rassom chilik va u m u m a n
m akoniy sa n ’atlarning ko’lami, asosan, jism la rn i, ya’ni narsalar, h o d is a la r 
va kishilarni qam rab olishi; poeziya doirasiga esa harakatlar, ya’ni kishilarning 
ichki dunyosida va ularni qurshab oigan tash q i borliqda sodir b o 'la y o tg a n
jara y o n lar ham kirishini alohida t a ’kidlagan edi. Lessing “ L a o k o o n ”d a 
adabiyotning nihoyatda muhim xususiyatini izohlab bergan, bu fikrga fan va 
san’atning ulug‘ nam oyandalari yuqori baho bergan edilar.
C hindan ham , adabiyotning qadim gi z a m o n la rd a n hozirgi k u n la rg a c h a
boMgan tarixiy taraqqiyoti uning ijtim oiy h ay o t, kishilar ongi va o ‘z a ro
m unosabatlaridagi eng m u rakkabjarayonlarni keng miqyosda q a m ra b o lish
qudratiga ega ekanligidan dalolat beradi. Ju m lad an , ilk epik asarlarda, aso san , 
qahram o nlarn ing ishlari, xatti-harakatlari tasvirlangan (G erkules h a q id a g i 
hikoyalar, bizdagi “Alpomish” dostoni va turli xalqlarning qahramonlik eposlari 
shunday). Keyinroq m um tozyozuvchilarasarlarida kishilar xarakterini, x atti- 
harakatlari manbalarini, turli-tuman va behisob ko‘rinishlarga ega bo‘lgan ruhiy


dunyosini ochib berish chuqurlashib boradi. XIX asr oxidariga kelib, dunyodagi 
kishilarning ruhiyatini ko‘rsatish borasida insonning “qalb dialektikasi”ga kirib 
borishdek ulkan muvafTaqiyatga erishildi.
Musiqa bilan taqqoslash orqali so‘z san'atining m a’lum darajada cheklanganligi 
va ustunliklarini aniqlash m um k in. Musiqa tovushlar yordam ida so 'z bilan 
il'odalash qiyin b o ‘lgan n ih o y atd a m urakkab va nozik his-tuyg‘ularni yuzaga 
chiqarishga qodirdir. Poeziyaning musiqaga nisbatan ustunligi esa uning narsalar, 
hodisalar va kishilarni lasvirlashidagi aniqlik va yorqinlikda ko'rinadi. Bunday 
aniqlik va yorqinlikka faqat s o ‘z bilan bog‘liq tasviriy vositalar yordamidagina 
erishish m um kin.
Poeziya boshqa san ’atlarga xos b o lg an barcha unsurlam i qam rab oladi.
M ana shunday keng qam rovli xususiyatiga ko‘ra so 'z san’atining ko'lam ini 
deyarli cliegarasiz d eb h isoblash m um kin. U tashqi du n y o n in g tu rli-tu m an
hodisalarin i ham , kishilarning ruhiy olam idagi h a r xil va behisob holatiarini 
ham o ‘z ichiga olish im koniyatiga ega. Adabiyotning nodir namunalari shundan 
guvohlik beradi.
Badiiy adabiyotning k o ‘p asrlik taraqqiyoti uning kishilar ichki dunyosiga, 
u la rn i qurshab o ig an ta sh q i borliq bilan b o ‘lgan aloq alarga va o ‘zaro 
m unosabatlarga to b o ra c h u q u r kirib borganligidan guvohlik beradi. Bundan 
“ q o n u n iy ravishda badiiy adabiyotning bosh mavzusi inso ndir’* degan xulosa 
kelib chiqadi. Biroq bu hodisa birdaniga, ya’ni adabiyot va san ’at taraqqiyo- 
tining dastlabki bosqichlaridayoq sodir boMmagan. Aksincha, insonning badiiy 
asarlard a m arkaziy o ‘rin n i egallashi dunyoni badiiy ravishda anglash va ijod 
sohasida kishilik to m o n id a n bosib o ‘tilgan katta yoMning natijasi hisoblanadi.
Q adim gi hind p o ez iy a sid a narsalar ilohiylashtirilishi natijasida narsa va 
jonivorlar tasvirda oldinga o ‘tib qolgan. Obrazli tafakkuming navbatdagi bosqichi 
b o ‘lib qadimgi M isrm ifologiyasiafsonavarivoyatlardunyogakeldi. U “qadimgi 
h in d va yunon m ifologiyasi oralig‘ida turadi; undagi hayvonsifat, g‘aroyib 
x u d o la r obrazi o rasida in so n qiyofalari ham k o 'z g a tash lan ad i. Inson faqat 
qadimgi yunon san’atidagina to ‘la huquqli hokim sifatida nam oyon bo‘ldi. yunon 
xudolari ideal inson o b ra zlarid an , kishilarni ilohiylashtirishdan boshqa narsa 
em as edi. Inson san ’atning bosh qahramoniga aylangan paytdan boshlab, unga 
badiiy ijod sohasida buyuk kashfíyotlar uchun yo‘l ochiladi. Bunga iqror bolm oq
u c h u n G om erning “ llia d a ” va “ Odisseya” singari genial epopeyalarini, Esxil, 
Sofokl, Y evripid tragediyalarini, Aristofan kom ediyalarini eslash kifoya.
Inson badiiy tasvirda bosh manbaga aylanganligi adabiy asarlarda unga ajratilgan 
“ m ay d o n ”ga qarab h am bilish m um kin. Badiiy asarlarning ko‘pchilik qismida 
kishilar, ularning h ay o ti, ishlari, kurashlari, fikrlari va his-tuyg‘ulari oldingi 
o ‘rinda tasvirlanadi. Shunga ko‘ra qandaydir yozuvchini eslaganda, xayolimizga 
d a rh o l uning asarlaridagi q a h ra m o n la r obrazi keladi.


Lckin inson badiiy asarlarda m iqdorjihatidan yetakchi o'ringa chiqqanligi 
uchungina adabiyotning bosh mavzusi hisoblanmaydi. U ning adabiyotda asosiy 
mavzuga aylanishining sababi yana shundaki, badiiy asarlarda tabiat, hayvonlar 
va um um an ham m a narsa kishilar hayoti va xarak tcri, fikrlari, his-tuyg'ulari 
bilan bog'liq holda tasvir etiladi.
Yozuvchilar ko‘pincha kishilar xarakteri va taqd irini ta ’sirchan ko‘rsatishda 
tabiat m anzaralaridan foydalanadilar. M asalan, A lisher Navoiy “ Layli va 
M ajnun” dostonida ikki yoshning samimiy m uhabbatini bahor ayyomi-Navro‘z 
bayram i tim solida, ularning fojiali o ‘limini esa k u zn in g so ‘lg‘in, xazon fasli 
bilan bogMiq holda tasvirlaydi. Yozuvchi A bdulla Q a h h o r “ D ahshat” nom li 
hikoyasida asosiy qahram on U nsinninggarov o 'y n ag an id an so‘ng qabristonga 
ketishinitasvirlaganda, tabiat manzaralariga m a lu m o ‘rin beradi: “ Ko‘roy din . 
O sm onning chekkasi sariq-kir uvadaga o ‘xshaydi. B o r kir sh u ’la q o ‘yn ida 
past-baland uylar, sham olda egilayotgan, teb ra n ay o tg an daraxtlar q o p -q o ra 
ko‘rinadi. Pishqirayotgan shamol harxuruj qilganida U nsinni tentiratar, talay 
joyga surib tashlar edi...” . Bu manzara qabristonga ketayotgan qahramon qaibida 
qo'rqinchni yanada kuchaytirishga va o kquvchining uni yaxshiroq his qilishiga 
ham da hikoya davomida yuz beradigan fojiaga, ya’ni U nsinning o lim i voqeasiga 
tayyorlab borish m aqsadiga xizm at qiladi. D em ak, m azk u r tabiat m anzarasi, 
qahram on xarakteri va taqdirini ta’sirchan, esda qoladigan darajada aks ettirish 
im konini bergan.
L ek in ta b ia t m a n z a ra la ri h a r d oim h a m y o rd a m c h i v a z ifan ig in a 
o'tayverm aydi. M asalan, “ peyzaj” sh e’rlari d eb a ta la d ig a n asarlarda tab iat 
hodisalari asosiy tasvir m anbayi b o ‘lib x izm at q ila d i. S h u n d a ham ta b ia t 
hodisalari sof holda em as, balki inson hayoti bilan b ogiiq likda yuzaga chiqadi. 
Q adim gi Rim shoiri G oratsiy faqat y om on sh o irg in a yaylovlar, b ulo q lar, 
sharsh aralar, kam alaklarning o ‘zini in so n d an a jra tg a n holda tasvirlashini 
aytgan edi.
S hoir Uyg‘un “Tonggi b o ‘sa” nom li sh e’rid a , asosan , tabiatning b o r 
ko'rinishini chizadi:
...Suqlanib qaradim tongning yuziga,
Bir qarashda oppoq shohiga o ‘xshar.
Bir qarashda m arm ar...bir qarashda zar,
Bir qarashda esa sadafga o'xshar.
T ongning ajoyib bir payti, ten g i y o ‘q hu sn ,
G o 'z a l tabiatning dilbar lavhasi...
Yil - kitob, h a r kunduz u n d an b ir varaq,
Tong esa varaqning gul sarlavhasi.


T ab ia t saharda misli b ir g ‘uncha,
T o n g e s a g ‘unchaning ochilgan chog‘i.
Y oki tax m in qiling: tabiat bir qiz,
T o n g esa u qizning m arm ar yonog‘i.
T ongning tasviriga rang bisotidan,
E ng y o rq in , eng go‘zal m ato sayladim .
C h u n k i tong saodat va n u rk e ltira r,
U n g a ilhom im ni hadya ayladim...
M azkur ta b ia t m an zarasi sof holda berilm aydi, balki shoirning his- 
tuyg‘ulari, k ec h in m a la ri, o ‘y-fikrlari bilan bog‘liq ravishda chiziladi.
S hoirlar tab iat m an zaralarin i k o 'rsa ta r ekanlar, ularni h ar doim inson 
m anfaatlari, o ‘ylari, orzu-um idlari, intilishlari bilan bogMaydilar. Shu sababli 
Navoiy dostonlaridagi tabiat manzaralari, Muqimiy va Furqat lirikasidagi bahor 
fasli haqidagi m isralar, H am id Olim jon va Uyg‘u n ning o na Vatan g o ‘zalligi, 
ko‘klam, oltin kuz to ‘g ‘risidagi she’rlari bizning ongim iz va qalbimizni bitmas- 
tuganm as fik r-tu y g ‘u la r bilan boyitadi. D em ak, kishilarning ongi, tafakkuri 
va hislarini tarbiyalashda bunday asarlam ing ahamiyati beqiyosdir.
Y ozuvchilar to m o n id a n chizilgan hayvonlar obrazi ham xuddi shunday 
vazifani o ‘taydi. S h u o b razlar vositasida yozuvchilar inson m anfaatlariga 
ham ohang b o ‘lgan kishilar hayotini eslatadigan va ularning ruhiy takom ili 
uchun m uhim h iso b lan g an to m o n lam i aks ettiradilar. Bizga bolaligim izdan 
“ T oshbaqa b ilan C h a y o n ” m asali ju d a yaxshi tanish. U G ulxan iyn in g 
“ Z arbulm asal” asa rid a n olingan bo ‘lib, hayvonlar o ‘rtasidagi bir voqea, 
ya’ni daryodan o ‘tayotganlarida toshbaqaga chayonning nish sanchishi hodisasiga 
asoslangan. L ekin m a n a shu kichik voqea yordam ida kishilar o ‘rtasidagi 
m unosabatlarga, y a ’ni d o ‘stlar orasidagi xiyonatning qanchalik dahshatli 
ckanligi haqidagi m asalaga ishora seziladi.
Ba’zi hayvo nlarning obrazlari tabiat m anzaralari singan insonga xos turli 
belgilarni yaxshi ochish m aqsadida ulaiga zid qo'yilgan holda ham tasvirlanadi. 
M asalan, yozuvchi C hin g iz A ytm atovning “O q k em a” qissasida 0 ‘rozqul 
xudbin, m u tta h a m , m a'n a v iy tu b an shaxs sifatida tasvirlanadi. U ndagi 
xususiyatlami yorqinroq ko‘rsatish maqsadida ularga zid holda bug‘uning sofligi, 
m ehribonligi, sam im iyligi aks ettiriladi.
Ayrim adabiy asarlarda qushlar va hayvonlar o ‘zlarida bevosita kishilarga xos 
b o ‘lgan x u susiy atlam i m ujassam lashtirgan o b razlar sifatida ishtirok etadilar. 
Bunday allegorik tasvir ko‘proq ertaklarda, masallarda va qisman boshqa turdagi 
asarlarda u ch ray d i. J u m la d a n , G ulxaniyning “ Z arbulm asal” asaridagi ko ‘p


qushlar to kg ‘rid a n -to ‘g‘ri kishilarga xos b o 'lg a n xususiyatlarni m u jassam - 
lashtirgan qahram onlarqiyofasida n am o y o n b o ‘ladilar.
Badiiy asarlarda kishilar hayoti bilan turli darajada aloqador holda b o ‘lgan 
voqealarham aks ettiriladi. Ko‘pincha narsalar kishilar xarakterini yoki undagi 
biron xususiyatni tushunishga y o rd am b eruvchi vosita sifatida k o ‘rsatiladi. 
Masalan, Abdulla Qahhorning “Sinchalak” povestidagi Q alandarov ja h l ustida 
Saidaning shlapasini burdalab tashlagani, keyin esa boshqa shlapa olib bcrgani 
tasvirlanadi. M ana shu shlapa vositasida Q alandarov xarakterining hir to m o n i, 
ya’ni asablari taranglashganda, g ‘azabi o rtib ketishi, lekin ayrim insoniy 
fazilatlardan ham mahrum emasligi esda qoladigan darajada yuzaga chiqariladi. 
Ba’zan voqealar tasviri san’atkom ing qobiliyatini, ijodiy im koniyatlarini idrok 
etishga ham yordam beradi. Jum ladan, yozuvchi Oybekning “Q utlug‘ q o n ” va 
“ U lug1 yo‘l” rom anlarida o'tm ishdagi boylam ing xonadoni, ulardagi jih ozlar, 
baznilar, to rtilg a n taom lar shu q a d a r m ufassal va o ‘rinli tasv irla-n ad ik i, 
ular bilan tanishgan kitobxon muallifning qanchalik katta bilimga va iste’dodga 
ega ekanligini tasaw u r qila oladi. Tarixiy mavzudagi asarlarda vaziyat, binolar, 
uy jihozlari tasviri kitobxonda aks ettirilg an milliy, ijtim oiy-tarixiy ruh, 
kishilarning yashash tarzi haqida ta s a w u r hosil qiladi. Ba’zida bir n arsa yoki 
uni eslatishning o'ziyoq kishilar h aq id a, u lam in g o ‘y -tuy g‘u lari, o ‘zaro
munosabatlari to ‘g‘risida muhim va tu rli-tu m an tasaw urlar tug'dirishi m um kin. 
Oybekning “ N avoiy” romanidagi XV asr yodgorliklari, m adrasalar, b o zo rla r 
tasviri sh u n d ay vazifani bajaradi. B unday badiiy tasvir m ark azida kishilar, 
ularning hayoti, ishlari, o'y -tu y g ‘u lari, kurashlari, tabiatga va jam iy atg a 
m unosabatlari, o ‘zaro aloqalari turishi ayon boMadi.
Biroq inson faqat adabiyot va san ’atninggina mavzusi emasligini unutm aslik 
lozim. Inson ni o ‘rganish bilan fiziologiya, tarix, antropologiya, etn og rafiy a, 
ruhshunoslik singari qator tabiiy va ijtim oiy fanlar ham shug'ullanadi. Bu hoi 
“badiiy insonshunoslik”ning o'ziga xos xususiyatlarini aniqroq ta s a w u r etish 
zarurligini taq o zo qiladi.
Adabiyot va san’atda insonni badiiy tarzda talqin qilish fandagidan dastaw al 
shu bilan farqlanadiki, ular o ‘z m anb ay in i ilmdagi kabi qism larga ajratib 
em as, balki jo n li yaxlitlikda, b irb u tu n lik d a tadqiq qiladi.
Jonli yaxlitlik, b ir butunlik sa n 'a t va adabiyot m avzusining en g m u him
xususiyatlaridan, ularning mavjudligi u c h u n za ru r b o ‘lgan sh a rtla rd a n biri 
hisoblanadi. Bunday yaxlitliksiz san ’at va adabiyot kishilarning b utun vujudiga 
ta 's ir o ‘tkazish qudratiga ega bo‘lgan jo n li obrazlar bunyod eto lm as edi.
Badiiy tasvir faqat hayotning go‘zal to m onlari bilan cheklanib qolm asligini 
ko'plab adabiy asarlar misolida ko‘rish m um kin. M asalan, yozuvchi A bdulla 
Qodiriy “0 ‘tgan kunlar” romanida ham m a’naviy, ham tabiiy g o ‘zallik timsoli 
hisoblanuvchi K um ush obrazi bilan b ir q ato rd a turli y aram aslik lar bilan


sh u g ‘ullanuvchi, tnshqi qiyofasi h ad d an tashqari xunuk Jan n a t portretini ham 
chi/adi.
Shunday asariar ham borki, ularda ko‘proq yoki butunicha salbiy pcrsonajlar 
tasvirlanadi. S.Ayniyning “ S u d x o ‘rning o ‘limi” asari fikrim izning dalili b o ‘la 
oladi.
Bu q o n u n iy holdir, ch u n k i kishilarning hayotini bilishlari va undagi o ‘z 
o ‘rinlarini anglab olishlari u ch u n turm ushdagigo‘za!!ik va xunuklik, yuksaklik 
va tu b an lik bilan ham , fojiali va kulgili hodisalar bilan h am tanish boMmoq 
z a ru r. Kishilarga m uayyan ax lo q tu rin i tanlab olishga, qanday yashash 
kerakligini anglashga yordam lashadigan ommaviylik, y a’ni ko‘pchilik uchun 
g ‘oyaviy, axloqiy, estctik qim m atga ega bo'lish xususiyati san’at va adabiyotning 
c h in a k a m qam rovini belgilaydi.
K ishilarning qandaydir ilm iy faoliyatini, ularning fan-texnika sohasidagi 
kashfiyotlarini tasvirlash m um kin emasligi to‘g'risida xulosa kelib chiqmasiigi 
lozim . Izzat Sultonning “ Im o n ” , Asqad Muxtoming “ S am an d ar” singari turli 
kasb va soha kishilari hayotiga, faoliyatiga bag'ishlangan, o ‘z ichiga har xil 
ilm iy m u n o zaralarn i q a m ra b olgan asarlari ham k o ‘pchilikka qiziqarli, 
o m m a b o p b o ‘lishi m um kin.
S a n ’a tk o r tasvirlaydigan h ay o t hodisalarining g ‘oyaviy-estetik qim m atga 
ega b o lis h i m asalasi d o im o zam onaviylik m uam m osi bilan bog‘liq. H ar bir 
davrda yozuvchilar e’liborini qanday hodisalarjalb qilishi va ularning tasvirianishi 
xalq ham da tarixning m a’naviy talablariga qay darajada m os kelishi nihoyatda 
m u h im m asala. Agar yozuvchilar o ‘z zam ondoshlarining talab va ehtiyojlarini 
hisobga olm asalar yoki ular u ch u n m uhim bolgan hodisalarni chetlab o ‘lsalar, 
ijodlari kishilartom onidan unutib yuboriladi. Abdulla Qodiriy “0 ‘tgan kunlar”ga 
yozgan so'zboshisida rom anning zam on talabi bilan yozilganligini quyidagicha 
izohlayd i: “ M odom iki, biz yangi davrga oyoq q o ‘ydik, bas, biz h ar bir 
y o ‘sinda ham yangi davm ing yangiliklari ketidan ergasliamiz va shunga o ‘xshash 
d o sto n ch ilik , rom anchilik va hikoyachiliklarda ham yangi asariar yaratishga, 
xalqim izni shu zam onning “T o h ir va Z u hra”lari, “C h o r darvesh”lari, “ Farhod 
va S h irin ”va “ B ahrom go‘r ” lari bilan tanishtirishga o 'z im izd a majburiyat his 
e ta m iz ” . D em ak, yozuvchi xalq u c h u n zamonaviy asa ria r zarurligini ju d a 
yaxshi tushungan.
0 ‘zbek dem okratik shoirlari o ‘z zamonlaridagi yangiliklarni qalamga olish 
bilan cheklanib qolm adiiar, balki xalq e’tiborini uning hayotidagi eng muhim, 
m urakkab tom onlarga qaratishga harakat qildilar. Shuning uchun ham , ularning 
a sa rla rid a m ehnatkash xalq h ay o tin in g ayanchli m an zaralari, hukm ron 
sinflardan no ro zilik g ‘oyalari keng o ‘rin oldi.
K o‘rinadiki, o 'tg a n asrdagi ulkan yozuvchilar ijodi bilan o ‘sha zam on 
xalq hayoti orasida m u stahkam alo q a vujudga kelgan. B unday aloqa bizning 
davrim izda ham mavjud.


A dabiyot mavzusi bilan zam onaviylik orasid ag i inunosabatni to ‘g ‘ri 
tush u n m o q uchun zam onaviylik tushunehasining m ohiyatini anglab o lm oq 
zarur. K o‘pincha bu tush u n ch a soxtalashtiriladi va k o ‘pchilikka aham iyati 
boMmagan zam onaviy mavzu haqidagi tasaw u r bilan alm ashtirib yuboriladi.
Ilozirgi hayot m avzulari asosida bitilgan asar h a r doim ham chinak am
zamonaviy bolaverm aydi va kitobxonlar uchun m uhim hisoblangan savollarga 
javob beraverm aydi. A ksincha, uzoq tarixiy o 'tm is h n i aks ettiruvchi asarlar 
ham c h u q u r zam onaviy ruh kasb etishi m um kin.
Ikkinchi jah o n urushi yillarida o ‘zbek ad a b iy o tid a H am id O lim jonning 
“ M uqanna” , Oybekning “ M ahm udTorobiy” singari tarixiy mavzudagi asarlari 
yaratilgan. U larda m ual!iflaro‘tmishdagi q ah ram o n lar qiyofasinijonlantirish 
ishlarini ibrat qilib ko‘rsatish yo'li bilan xalqimizni fashizm ga qarshi kurashda 
faollikka, qahram onliklarga ruhlantirishga intilganlar. S hunga ko‘ra m azkur 
tarixiy asarlar o ‘sha davrda zamonaviy ruh kasb etgan.
D em ak, o ‘tm ishning yozuvchi yashayotgan za m o n g a ham ohang bo ‘lgan 
tom onlarini aks cttirish kitobxonga bevosita uning davrini yorituvchi asarlar 
darajasida ta ’sir o ltkazishi mumkin.
Yozuvchi tasvirlayotgan voqea-hodisaning zam onaviyligi yoki zam onaviy 
emasligini aniqlashda ikki holni, ya’ni tarix ehtiyojlarini va adabiyot taraqqiyoti 
oldida turgan vazifalami hisobga olish zarur boMadi. D arhaqiqat, agar asarning 
m uam m olari, unda aks ettirilgan hodisalar zam on m anfaatlari va turli ijtimoiy 
g u m h lar, xalq om m asi, butun insoniyat eh tiy o jlari bilan yo‘g ‘rilsa, bu 
hodisalarni qam rab otishning k o la m i, ulardagi ayrim to m o n la r m ohiyatini 
ochishning chuqurligi adabiy taraqqiyot darajasiga b o g iiq boMadi.
D em ak, tarixiy o ‘zgarishlarni adabiy tasvir k o 'Ia m i bilan bog‘liq hotda 
idrok etish bu ko‘lam ning m uayyan zam on va ijtim oiy hayot sharoitlari, 
badiiy taraqqiyot qonuniyatlari bilan nurlanganligini to ‘g ‘ri tushunishga yordam 
beradi.
Badiiy adabiyot h am o ‘zining anglangan m aqsadiga ega. U ning tarixiy 
tara q q iy o ti va buyuk n a m u n ala ri sh u n d an g u v o h lik b e ra d i. Y uqorida 
aytganim izdek, yozuvchilar inson va uning h ay o tin i bosh tasvir mavzusi 
qilib olish hamda voqelikdagi turli tom onlar va hodisalarni unga bog’liq holda 
aks ettirish yo‘li bilan m uayyan insonshunoslik va insonparvarlik masalalarini 
ham hal qiladilar. Adabiyotning mavzusi kabi m aqsadi h a m o ‘ziga xos bo‘lib, 
ular o ‘zaro chambarchas bogMiq. Boshqacha qilib aytganda, inson adabiyotning 
m avzusigina em as, balki m aqsadi ham hisoblanadi. In so n badiiy tahlilning 
bosh mavzusi bo‘lish bilan b ir vaqtda xarak tern in g shakllanishini, fikr- 
tu y g ‘ularning boyib borishini talq in etish haqiqiy s a n ’at asarining maqsadi 
b o ‘!ib qoladi.



Download 6,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish