112
tomondan mashg’ulot yuklanmalarini to’g’ri rejalashtirish
va qayta tiklanishlar jarayoni, o’zaro
harakatlanishning turli xil vositalarini tanlash, o’quv mashg’ulot jarayonlarining turli xil
strukturalarini shakllantirish yordam beradi. Mashg’ulot strukturasi L. P. Mateyevning nazaricha
sport mashg’ulotlarining komponentlar (qisman, tomonli )
birlashuvini, ularning bir biri bilan va
umumiy ketma ketlikni aniq tartibda namoyish etadi.
Mashg’ulot jarayoni bir nechta tuzilmaviy elementlardan tashkil topadi, ularning har biri esa
belgilanga rejalashtirilgan yuklama olib keladi: mikrostruktura – bu hafta mobaynidagi alohida
mashqdir. Mezostruktura – taxminan biro y davom etadigan mikrosikllar qatoridir; makrostruktura
– yarim yillik, yillik, ko’p yillik mashg’ulot mezosikllari qatoridir. Mashg’ulotlar
yuklamasining
belgilangan ketma-ketligi mashg’ulotlar jarayonining istalgan bosqichida alohida zvenolarga
nisbatan
vaqtinchalik
aloqada
kuzatiladi.
3.1.
Mashg’ulotlarni bosqichlashtirishning tashqi shartlari
Yillik siklning shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omil jismoniy sifatlarning
mukammallashitirilishi yoki rivojlantirilishi
qonuniyatlari, sport mashg’ulotlarining
asosiy
qonuniyatlarini hisobga olmasdan tuzilmaydigan musobaqalar kalendari hisoblanadi. Sportchining
ko’plab musobaqalarda ishtirok etishini hisobga olgan holda, shuni unutmaslik lozimki, ular uchun
yuqori yuklama bo’lib, ularni tartibli tarzda joylashtirish juda muhim hisoblanadi. “Faqatgina
musobaqalar asosiy bo’lib, qolganlari o’yinchining klassifikatsiyasiga ta’sir etmaydigan holda
ikkinchi darajali va qo’shimcha bo’lishi lozim” (Skorodumova A. P. Zamonaviy tennis.
Trenirovkaning asoslari. M.: FiS, 1984, 104 b. ) Yuqori klassifikatsiyaga ega bo’lmagan
badmintonchilar uchun birinchi o’rinda jamiyat, davlat va boshqalar asosiy bo’lishi mumkin. Milliy
terma jamoa sportchilari uchun birinchi o’rinda dunyo, yevropa va boshqa musobaqalar bo’lishi
lozim. Bu kabi yondashuvning maqsadi quyidagicha bo’ladi: barcha
tayyorgarlik sportchining
imkoniyatlarini mavsumning eng ma’suliyatli musobaqalarga yo’naltirilishini ta’minlashdir.
Musobaqalarning tartibli ravishda boshqarilishi mashg’ulot jarayonlarini alohida mashg’ulot,
mikrostruktura, mezostruktura, mikrostruktura doiralarida tashkil etish talabini namoyon etadi.
Mashg’ulot jarayonini rejalashtirishdan avval, sportchining qaysi musobaqaga tayyorgarlik
113
ko’rayotganligini, bunga
qancha vaqt sarflanishini, shu bilan birgalikda uning jismoniy, ruhiy,
texnik, taktik tayyorgarligi qay darajada ekanligini bilish kerak. Va nihoyat tayyorgarlikning ushbu
jamlanmasi bir musobaqa va qolgan musobaqalar jarayonigacha qanday tayyorgarlik jarayonida
bo’lishini aniqlash maqsadga muvofiq.
3.2.
Tayyorgarlik bosqichlari va sport formasining rivojlanish fazalari
Badmintonda boshqa sport turlari kabi mashg’ulot
rivojlanish jarayoni, sport formasining
rivojlanishi uchta fazada sodir bo’ladi: egallash, barqarorlashtirish va vaqtli ajratmalar.
Sport formasining egallash fazasi badmintonchilarning funksional imkoniyatlari, asosiy
jismoniy sifatlarini shakllanish mukammallashtirilishiga yo’naltirilgan. Bu sifatlar: tezkorlik,
chidamlilik, egiluvchanlik va boshqalar. Shu bilan birga yangi amallarni va eng ko’p ishlatiladigan
amallarni rivojlantirish ham ushbu fazada amalga oshiriladi.
Barqarorlashtirish
fazasi
esa
mashg’ulotlarning
alohida
komponentlarni
mukammallashtirishga qaratilgan. Bular quyidagi komponentlardir: texnik, jismoniy, taktik v.h.k.
Sport formasining vaqtli ajratmalar fazasi – bu funksional imkoniyatlar, jismoniy sifatlar
holat darajasining vaqtinchalik pasaytirishning tabiiy jarayonidir. Sportchining bu vaqtdagi
barcha
harakatlari qayta tiklanishga sarflanadi
Har bir faza yillik siklning belgilangan bosqichiga to’g’ri keladi. Sport formasini egallash
fazasi tayyorgarlik bosqichiga mos keladi, barqarorlashtirish fazasi –
musobaqalashish, sport
formasining vaqtli ajratmalar fazasi – o’tish bosqichiga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: