104
o’zgarishiga qarab o’zgartirish hisoblanadi. Buning uchun kurashuvchi jamoalardan biri murabbiy
signaliga asosan o’yin taktikasini o’zgartiradi, o’z o’zidan tezkor ravishda boshqa jamoa ham o’yin
sxemasini o’zgartiradi.
6.
Rejalashtirgan holda o’quv mashg’ulot jarayonlariga hordiq chiqargan raqiblarni
kiritish. O’quv o’yinlari mobaynida bir holat tez tez kuzatiladiki ya’ni shug’ullanuvchilar ustunlikni
o’z qo’llariga osonlik bilan olganlaridan so’ng harakatlaridagi tashabbuskorlik va harakatchanlikni
susaytiradilar. Ushbu holatda murabbiy o’yin tempini va sport ruhidagi kurashni qaytarish
maqsadida o’yinga hordiq chiqargan raqiblarni kiritishi mumkin. Misol uchun asosiy tarkib
jamoaga mashg’ulotning birinchi qismida bir jamoa, ikkinchi qismida esa holdan toymagan boshqa
yangi jamoa bilan bahs olib borib yuklatilishi mumkin. Yana bir variant, jamoa mashg’ulotning
birinchi qismida ham sezilarli yutuqqa erishsa, yangi jamoa bilan bahs yuritishi mumkin.
7.
O’quv musobaqalarida qisqartirilgan yoki uzaytirilgan o’yin rejimlarini qo’llash. Bu
turdagi metodik amal ko’pincha o’z vaqtida o’yinga jamoaga foyda keltirga holda aniq belgilangan
vaqt mobaynida kirish mahoratini shakllantirish uchun ishlatiladi. Ushbu turdagi rejimni
tanlashning asosiy prinsipi yuqori intinsivlik bilan yuklamalar almashinishida hordiq chiqazish
uchun vaqtning oshib borishida o’z aksini topadi. O’quv o’yinlarida tizimli ravishda
shug’ullanuvchilarda faol tarzda maydonda 5-7 daqiqadan 15-20 daqiqagacha shug’ullanish taklif
etiladi. Bundan tashqari bellashuv mobaynida o’yinchilar jarima zarbalari yoki turli xil joylardan
zarbalar berishlari uchun qisqa umumiy tanaffuslar joriy qilish mumkin. Ayrim turdagi mashg’ulot
vaqtlarida maqsadli tarzda o’yin vaqtini yana ham intensivlik bilan qisqartirish (3-4 daqiqagacha).
Bu rejim jamoa miqdorining kamaytirilgan tarkibi bilan amaga oshiriladi.
O’yin borish jarayonini kuzatish jarayonida murabbiy o’yinchilarning volansiz faolligi va
to’g’ri harakat qilishiga hamisha e’tibor berishi lozim. Shu bilan birga o’yinchilarning hujumdan
himoyaga o’tishiga, volanni egallaganlaridan keyingi faol harakatlariga e’tibor qaratishi lozim.
Badmintonchi qilishi shart:
a)
O’yinda faol ishtirok etish, shu bilan birga raqib bilan taktik kurashning uzviy
bog’liqligi, raqibning har qanday harakatiga qarshilik qilishga tayyor turish:
b)
Kam vaqt, bo’shliq qolganda va cheklangan ma’lumotlar bilan raqib amalga oshirishi
mumkin bo’lgan harakatlarni tahmin qilish;
c)
Riskdan qo’rqmagan holda, kutilmagan tarzda, dadil va tezkor harakat qilish;
d)
Har qanday holatda taktik fikrlashning mustaqilliligi va tushunarliligini
yo’qotmaslik;
e)
Raqibga bosim o’tkazgan holda, tashabbusni qo’lga kiritish;
f)
O’yin mobaynida raqib sizning rejalaringiz haqida xatolikka yo’l qo’yishiga harakat
qilish
g)
Raqibni vaqti vaqti bilan unga noqulay bo’lgan xarakterdagi o’yinni o’ynashga
undash;
h)
Murabbiyning asosiy ko’rsatmalarini bajarish, shu bilan birga o’z individual
harakatlarini jamoaning o’yin rejasiga moslashtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: