84
aylanasi bo’ylab, rangli yo’lakcha volan belgilanishi mumkin).
9
Bir uchrashuv mobaynida, professional o’yinchilar patli volanlarni 2-3 ta, hattoki undan
ko’pini ishlatishlari mumkin. Raketkaning gardishi bilan zarba(bunday zarbalar doimo, texnikadagi
xato natijasida yuz berib, ko’proq, yangi kelganlar yo’llashad) tekkanda, volanlar ko’proq
zararlanadi. Biroq, benuqson texnikada ham, zarba kuchi volanga shunday ta’sir etadiki, tezda
patlar yelimlangan joylarida “chayqalib”, hatto sinishi ham mumkin, bu esa, volanning uchish
trayektoriyasiga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Torlar va ularning tortilishi
Dastlab, strunalar sof materiallardan tayyorlangan, xozir esa, ular deyarli, faqat sintetik
materiallardan tayyorlanmoqda. Sport badmintonida qo’llanilayotgan strunalar mikrotolalar
o’ralgan o’zakdan, o’ramalar va qobiqdan iborat. Xavaskorlar raketkalari uchun strunalar 80-110 N
kuch bilan tortiladi. Professional o’yinchilarda strunaning tortilish kuchi -160 N ga qadar yetadi.
Strunalar diametri 0,6- 0,8 mm oralig’ida,bitta raketkaga tortish uchun 10 metr struna talab etiladi.
Raketkaga sruna tortish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo’ladi: avval strunalar gardishdagi maxsus
teshiklardan, bir-birining ustidan o’tkazilib, qo’yiladi, keyin esa, navbat bilan tortiladi. Raketkaga
strunani, uning o’yin xususiyatlariga ta’sir etuvchi- sifatli tarzda, faqat maxsus uskunada, maxkam,
gardish va tutqich bilan, bir necha nuqtada o’rnatilib, aniq dozalangan kuch bilan tortish va tortilgan
strunalarni maxsus qisqich bilan ketma-ket maxkamlab, tortish mumkin.
Qur’a tashlash
O’yin boshlanishidan avval qura tashlash jarayoni bo’lib o’tadi; qurada yutgan tomon
oshirmalarni bajarish yoki qabul qilishni tanlash, o’yinni kortning u yoki bu tomonidan boshlashni
tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Qurada yutqizgan tomon esa o’z o’zidan qolgan tanlovni
bajarishiga to’g’ri keladi.
Hisoblash tizimi.
O’yin asosan 3 ta geymdan iborat bo’ladi, aks belgilanmagan holatlardan tashqari. Juftlik
yoki yakka tartibda o’ynaladigan barcha o’yinlarda birinchi 21 ochko yig’gan tomon g’olib
hisoblanadi, 5.3 punktda ko’rsatilgan holatlardan tashqari. Hisob ikkala tomonda ham “20”
ochkodan qo’lga kiritgan holatda g’alaba uchun ochkolar orasidagi farq 2 ochkoni tashkil etishi
lozim va bu holat hisob “30” ga yetguncha davom etadi, hisob “29:29” bo’lgan holda, oxirgi
ochkoni qo’lga kiritgan tomon geym g’olibi hisoblanadi. Geymni o’z foydasiga hal qilgan tomon
keyingi geymda dastlab oshirmani amalga oshirish imkoniga ega bo’ladi.
Tomonlar almashinuvi
O’yinchilar quyidagi holatlarda tomonlarni almashishlari mumkin: birinchi geym o’z
nihoyasiga yetkanidan so’ng; uchinchi geym boshlanishidan oldin (agarda uchinchi geymga ehtiyoj
bo’lsa). Uchinchi geymda yoki bir geymdan iborat bo’lgan o’yinlarda, o’yinda g’olib bo’layotgan
tomonning ochkolar miqdori “11” ochkoga yetgan holda;
Agarda tomonlar almashinuvi jarayoni o’tkazib yuborilsa, bu ish ushbu holat aniqlanishi
bilan darhol amalga oshirilishi va o’yindagi hisob o’zgarmasdan saqlanib turilishi lozim.
9
Do'stlaringiz bilan baham: