O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/97
Sana25.02.2022
Hajmi7,65 Mb.
#464585
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   97
Bog'liq
22 425 BADMINTON-NAZARIYASI-VA-USLUBIYATI

2.
 
Ko’pyillik mashg’ulot va uning asosiy bosqichlari 
Sportchining tayyorgarligi – havaskordan yuqori malakali badmintonchigacha – bir nechta 
bosqichlarga bo’linadi: boshlang’ich tayyorgarlik, boshlang’ich mutaxassislashtirilgan tayyorgarlik, 
chuqurlashtirilgan mutaxassislik, sport mukammaligi.
15
Boshlang’ich bosqich tayyorgarligi – bu “maktab”ning boshlang’ich ko’nikmalari va 
tanlovidir.
Badminton bilan shug’ullanishda qobiliyatga egaligini bilish uchun ushbu sport turida 
yuqori sport yutuqlarini aniqlovchi, shuningdek, uning rivojidagi yaqin o’n yillikdagi rivojlanish 
tendensiyasi kabi faktorlar haqida aniq fikrga ega bo’lishi kerak.
Murabbiylarning birinchi xalqaro anjumanida ma’ruzalar tahlili kelajakda badmintonda 
g’olib bo’luvchilar xarakterli bo’lishi haqida xulosa qilish imkonini berdi:
1)
Kordinatsion qobiliyatli;
2)
O’zgaruvchan mushak kuchayishi; 
3)
Har jabhadagi tezkorlik;
4)
Tezkor fikrlash;
5)
Egiluvchanlik 
6)
Tezkor, kuchli va umumiy chidamlilik (54-rasm) 
15
John Edwards – Badminton. Technique, tactics, training. The Crowood Press Ltd 2014.


110 
Tanlovdagi asosiy vazifalardan biri badmintondagi faoliyatning muvaffaqiyatliligini 
xarakterlovchi miqdoriy va sifatli jihatlarni aniqlash hisoblanadi. Tug’ma sifatlarni aniqlash uchun 
uchta metod ishlatiladi: davomiy kuzatuvlar, genealogic ma’lumotlar va egizak metodlari.
Ko’p yillik kuzatuvlar va ilmiy izlanishlarning natijalari morfologik alomatlari 
funksionaldan ko’ra egiluvchan nasliy shartlar haqida dalolat beradi. Genetik metod izlanishlarini 
ishlatish orqali olimlar shuni aniqlashdiki irsiyat va muhit bir biri bilan zich aloqada bo’lishi 
tezkorlik va kuchlilik kabi jismoniy sifatlarga ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan bir o’rinda ushbu 
sifatlarning rivojlanishi ayollarga nisbatan erkaklarga ko’proq genotip nazorati ostida bo’ladi.
8-10 yosh badmintonda shug’ullanish uchun ko’proq tavsiya etiladigan yosh hisoblanadi. 
Mashg’ulotlarni vaqtliroq ham boshlash mumkin, ammo bu kelajakda hech qanday tashabbus 
bermaydi. Birinchi bosqichda irsiy jihatlar va konstitutsional o’zgachalikka asosiy e’tibor beriladi, 
iloji boricha dastlabki tanlov ota onalar ishtirokisiz bo’lishi lozim.
Birinchi bosqichda quyidagilar baholanadi: tashqi ma’lumotlar, oddiy va qiyin 
reaksiyalarning vaqti, yelka bo’g’inlarining egiluvchanligi, balandga sakrash, harakatlanish tezligi, 
idrok. Ikkinchi bosqich birinchi o’quv yilidan so’ng, shug’ullanuvchilarning qobiliyatlarini inobatga 
olgan holda aniqlanadi. Mushaklarning sezuvchanligi, tezkor fikrlash laboratoriya sharoitlarida 
maxsus testlar orqali amalga oshiriladi 
- Maxsus boshlang’ich tayyorgarlik bosqichi kombinatsiyalardagi texnik elementlarning 
chuqur o’rganilishiga bag’ishlanadi. Ushbu bosqichning hal qiluvchi moment sifatida tayyorgarlik 
yuklamalarining nafaqat mashg’ulotlar zalida, balki uy sharoitida ham oshirish hisoblanadi. 11-14 
yoshgacha bo’lgan shug’ullanuvchilar jismoniy tayyorgarlikning umumiy va maxsus janlanma va 
mashqlarini to’g’ri bajarishlari nazorat qilinishi lozim. Bazaviy mashqlar umumiy mashq hajmining 
85-90%ini, maxsus mashqlar esa 10-15 %ini tashkil etishi lozim.
Jismoniy sifatlarning tabiiy rivojlanishi murabbiy diqqat e’tiborida bo’lishi lozim. 11-14 
yoshlarda asosan chaqqonlik, egiluvchanlik va tezkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim. Bu 
bosqichni shartli ravishda uchinchi bosqich sifatida qarashimiz mumkin.


111 
Qobiliyatli o’g’il va qizlar ushbu bosqich so’nggida barcha yuklamalarni o’zlashtirib, 
badmintonning asosiy texnik elementlarni egallab, I razryad normativlarini bajara olish imkoniga 
ega bo’lishadi.
Chuqurlashtirilgan tayyorgarlik bosqichi 15-17 yoshli o’smirlarning yuqori sport 
razryadlarini o’zlashtirishi bilan bog’liq.
Kelajakda jismoniy sifatlarni mukammallashtirish mashg’ulot yuklamalarining intensivligi 
va hajmini oshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Ushbu bosqichning o’ziga xosligi tayyorgarlik 
turlarida mos ravishdagi sezilarli o’zgarishlar miqdoridir. Umumiy yuklama hajmidagi maxsus 
tayyorgarlik hajmi 40-45%, umumiy tayyorgarlik miqdori 55-60 %ni tashkil etadi.
Texnik 
tayyorgarlik 
yangi 
texnik 
elementlarni 
o’zlashtirish 
va 
eskilarini 
mukammallashtirish, ularni barqaror darajaga olib chiqish va qo’llashdagi xilma xillikni 
shakllantirish; nazariy bilimlarini o’zlashtirish; individual mahoratni kashf etish; sport nomzodi va 
sport ustasi normativlarini bajarish; sportni mukammallashtirish bosqichi sportchining individual 
mahoratlarini qo’llagan holda individual o’yin stilini ishlab chiqish bilan xarakterlanadi. Texnik 
tayyorgarlik kuchli va kuchsiz tomonlarni hisobga olgan holda olib boriladi. Umumiy mashg’ulot 
hajmidagi maxsus mashqlarning hajmi yanada o’sib 60-70%ni tashkil etadi. Jami tayyorgarlik 
mazkur musobaqa shartlarini hisobga olgan holda olib boriladi. Mashg’ulot yuklamasining 
intensivligini oshirish sportchining funksional va jismoniy sifatlarini mukammallashitirishdagi 
asosiy yo’nalish bo’lib xizmat qiladi. Sportni mukammallashtirish bosqichini shartli ravishda uchta 
fazaga bo’lish mumkin: Yuqori yutuqlar, barqarorlik va pasayish natijalari. Shuni unutmaslik 
lozimki, to’rtinchi faza kirib kelishida - yuqori yutuqlar fazasi tezda ( ko’pincha ikki karra yoki 
ko’proq) barcha sohalarda yuklanma miqdori oshadi. Bu kabi yuklanmalardagi katta o’zgarish 
badmintonchining voyaga yetish bosqichiga mos kelishi yutuqlarni qo’lga kiritishda juda muhim 
hisoblanadi. Keyingi natijalar barqarorligi fazasida maxsus intensive mashqlarning umumiy 
hajmdagi ulushi o’sadi. Turli xil tayyorgarlik turlariga nisbatan tayyorlangan sxema (55-rasm) 
rejalashtirilgan yuklanmalarning umumiy tendensiyasini o’zida aks ettiradi, bu esa umumiy yillik 
ishning hajmi taxminan 15-30 %ga intensive ish hajmining o’sishi 10-15 % ga oshadi.

Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish