114
Sikllarni tashkil etish variantlari
Rejalashtirish amaliyotida ko’plab variantlar mavjud. V. N. Platonov va S. M. Vaysexovskiy
rejalashtirishni uchta variantini ishlatishni taklif etadi. Birinchi variant – bitta katta makrosikl
mashg’uloti bir yilni tashkil etadi va uchta bosqichda davom etadi: tayyorlanish, davomiyligi
taxminan olti oy; musobaqalashish – 4,5 – 5 oylar; o’tish – 1 oy. Bu variant past razryadli jismoniy
baza va texnik tayyorgarlikni qo’llab quvvatlash uchun tayyorgarlik davomiyligi muhim
hisoblangan sportchilar uchun ishlatiladi.
Ikkinchi variant – ikkita katta bosqichdan iborat bo’lgan bir yildir. Bu bosqichlarning har
biri :
tayyorgarlik, musobaqalashish va o’tish kabi bosqichlarga bo’linadi. Bu variant yuqori
jsimoniy tayyorgarlik va klassifikatsiyaga ega, ko’p miqdordagi musobaqalarga qatanasha oladigan
sportchilar uchun ishlatiladi. Ko’p yutuqlarga ega bo’lgan yuqori toifali sportchilar uchun yillik
mashg’ulotlardan shakllangan uchinchi variantni ham qabul qilish mumkin. Buning o’ziga xosligi
yil davomida ko’plab musobaqalarga qatnasha olishdir. Mashg’ulot yuklamasi qo’llab quvvatlovchi
(ba’zida rivojlantiruvchi) va faol hordiq bilan almashinuvchi xarakterni olib keladi.
Mashg’ulotlarning intensivligi bu kabi sportchilarda yuklamani belgilab beruvchi asosiy o’lchov
hisoblanadi. Yillik siklni tashkil qilishning ushbu variantida aniq ifodalangan n ta davrilar va
tayyorgarlik bosqichlari yo’q, faqatgina bir yil mobaynidagi mashg’ulot yuklamalarida
sportchining u yoki bu musobaqalarda qatnashishi bilan bog’liq o’ynab turuvchi o’zgarish bor
xolos. Yil davomida ko’plab musobaqalarda ishtirok etib, sportchi
ularning barchasida yuqori
natijalarga erishishga intilishi tavsiya qilinmaydi, u 3-5 ta asosiysini belgilab olish lozim.
4.1.
Tayyorgarlik bosqichi
Tayyorgarlik bosqichida quyidagi uchta vazifa bajariladi: jismoniy sifatlarning keyinchalik
mukammallashuvi, energetik potensialning yaxshilanishi, aerob va anaerob imkoniyatlarining
rivojlanishi, yangi taktik kombinatsiyalarning o’zlashtirilishi. Ushbu davrdan tayyorgarlikning
yangi sikli boshlanadi. Yuqori klassifikatsiyali badmintonchilarda
dastlabki tayyorgarlik
bosqichining o’rtacha 14-16 ta mikrosikldan tashkil topadi; ikkinchi tayyorgarlik bosqichi –
mikrosikl. Birinchi tayyorgarlik bosqichi shartli ravishda beshta mezo-siklga bo’linadi: bitta
115
tortilgan, ikkita bazoviy, bitta nazorat tayyorgarlik va bitta musobaqadan oldingi. Tayyorgarlik
davridagi mashg’ulot jarayonining asosiy yo’nalishi yuqori hajmdagi ishni amalga oshirishga
qaratilgan. Tortilgan mezosikl ikkita mezosikldan biridan tashkil topgan. Uning asosiy vazifasi –
sportchining bazaviy siklga qarab boshqichma bosqich harakatlanishidir. Bu mezosikl o’zgaruvchan
tarzda oshib, sezilarli natijalarga erishgan mashg’ulotlar yuklamasining
hajmi oshishi bilan
xarakterlanadi va bu kelajakdagi ish uchun dastlabki shart hosil qilish uchun bajariladi. Tortilgan
mezosikl davri mobaynida badmintonchi shunaqangi sport formani egallashi lozimki bu unga
keyinchalik kuniga 3-4 marta umumiy davomiyligi 4-6 soat soat imkonini berishi lozim. O’tish
davrining qanday amalga oshirilganidan kelib chiqqan holda sportchining qanday ahvolda turganligi
asosan tortilgan mezosiklning faoliyatiga, uning dastlabki yuklamalar o’lchami mashg’ulot
yuklamalarining umumiy miqdoridagi ulushiga bog’liq hisoblanadi. Yuqori klassifikatsiyali
o’zlarining o’tish davridagi asoiy vazifalarini bajargan sportchilarda birinchi tayyorgarlik davrida
tortilgan mezosiklning davomiyligi taxminan ikkita yetti kunlik mikrosikllardan tashkil topgan.
Yuqori klassifikatsiyaga ega bo’lmagan sportchilarda ushbu mezosiklning davomiyligi 4
mikrosiklgacha chiqishi mumkin. Bu mezosiklda sportchining klassifikatsiyasidan qat’iy
nazar
asosiy e’tibor umumiy tayyorgarlik vositasi ya’ni kros, suzish, sport o’yinlari umumiy xarakterli
mashqlarga qaratiladi. Bular orqali sportchi nafas olish tizimi va qon aylanishi imkoniyatlarini
yaxshilashga erishadi. Yuqori klassifikatsiyali sportchilarda jismoniy tayyorgarlikning hajmi
umumiy mashg’ulot hajmining 40-50%ini tashkil etadi. Bazaviy mezosikllar. Birinchi mezosikl
to’rtta yetti kunlik mikrosikldan tashkil topadi. Bu mikrosiklning asosiy vazifasi – intensivlik va
hajm bo’yicha mashg’ulot vazifalarini bajarish hisoblanadi. Ushbu vaqtda
jismoniy tayyorgarlik
kuchni, tezlikni, aerob va anaerob chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonliklarni rivojlantirishga
e’tibor qaratiladi. Texnik tayyorgarlik oddiy sharoitlarda yangi amallarni o’zlashtirish, texnikadagi
kamchiliklarni to’g’rilashga qaratilgan. Intensivlik va hajm bo’yicha mikrosikllarda yuklamalar
o’zgarishi o’sish tendensiyasi bilan to’lqinsimon ko’rinishga ega bo’ladi. Agarda jami ish hajmini
100 % deb qaraydigan bo’lsak, mos ravishda birinchi mikrosiklda 22%ni
bajarish, ikkinchisida
28%ni, uchinchisida 32 %ni bajarish, to’rtinchisida 18 %ni bajarish lozim. (*Skorodumova A. P.
Zamonaviy tennis. Asosiy mashg’ulotlar. M.: FiS, 1984, 145 b.)
Bazaviy mezosikllardagi jismoniy tayyorgarlikning vositasiga katta e’tibor qaratiladi.
Yuqori klassifikatsiyali sportchilarda ular umumiy mashg’ulot yuklamasining 25-30%ini tashkil
etadi. Shu tariqa jamlangan samarini ta’minlaydigan o’sib boruvchi yuklamalar bosqichma bosqich
o’zlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: