O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/97
Sana25.02.2022
Hajmi7,65 Mb.
#464585
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   97
Bog'liq
22 425 BADMINTON-NAZARIYASI-VA-USLUBIYATI

1.
 
Mashg’ulot tamoyillari 
Mashg’ulot jarayonining asosliligi uning ilmiy asosda shakllanganligini va samaradorligini 
belgilab beradi.
Ko’p miqdordagi qonun va tamoyillardan mashg’ulotning birinchi o’rindaligi va 
samaradorligi hisoblanadigan ajratib ko’rsatish lozim. Bularga quyidagi beshta tamoyilni kiritish 
lozim: har tomonlilik, maxsuslilik, bosqichma-bosqichlilik, takroriylik, individuallilik. 
14
Har tomonlamalilik: Bu tamoyilni tushinish uchun M. I. Kalininning gaplarini keltirish 
mumkin: “Bizning insonning yaxshi yugurishi, suzishi, tez va chiroyli yurishi, hamma organlari 
yaxshi ishlashi – bir so’z bilan aytganda normal holatda, sog’lom inson, mehnat va himoyaga 
yaroqli, jismoniy va aqliy sifatlari bir xil tarzda yaxshi rivojlanishi uchun uning har tomonliligini 
rivojlantirishni xohlaymiz,”
Har tomonlamalikning rivojlanish darajasini oshirish organizmning bir butunliligidan, 
barcha organizmlar orasidagi zich aloqadan, psixik va jismoniy funksiyalardan kelib chiqadi.
Yoshlikdagi umumiy jismoniy rivojlanish – bu nafaqat kelajakdagi sport ustasi bo’lish 
uchun keksa yoshda sog’lom va mehnatga layoqatli bo’lish garovi bo’lib ham xizmat qiladi.
Maxsuslilik. Mashg’ulotlar rivojining biologik asoslari shuni ko’rsatadiki, maxsus 
yo’naltirilgan mashqlar orqali sportchi organizmida tanlangan sport turi uchun talab qilinadigan 
mos o’zgarishlar kuzatilisiga erishish mumkin.
14
John Edwards – Badminton. Technique, tactics, training. The Crowood Press Ltd 2014.


107 
Shug’ullanuvchilarning shug’ullanishi va yoshiga bog’liq tarzda maxsus vositalar 
umumrivojlantiruvchi jismoniy mashg’ulotlar bilan turli xil aloqada bo’lishi mumkin. Sport 
masterligiga erishish yo’lida maxsus yo’naltirilgan mashg’ulotlarning umumiy mashg’ulot 
hajmidagi ulishi o’sib boradi.
Bosqichma-bosqichlilik: Ushbu tamoyil uzviy tarzda bosqichma-bosqich mashg’ulotlarda 
yuklamalarning, hajmning va mashg’ulotning intensivligini oshishini ko’rib chiqadi. Bu jarayon 
yillarga mo’ljallanga bo’ladi.
Mashg’ulot yuklamalari hammasidan ko’proq zinama zina oshirib boriladi, ammo bir xil 
tarzda emas, bu funksiyalarning mukammallashtirilishiga qarab oshiriladi. Bu esa har keyingi siklda 
oldingisiga qaraganda yuklama ko’proq bo’lishidan dalolat beradi. Bu esa erishilgan o’zgarishlarni 
tizimlarda va organlarda mustahkamlanishi, sport texnikasida turg’unlikka erishish uchun amalga 
oshiriladi. Shu bilan birga gohida ikki yoki ko’proq siklni bir xil miqdordagi yuklamalar bilan 
qaytarishga to’g’ri keladi. Bundan tashqari, organizmning o’zini to’liq qayta tiklab olishi uchun 
kamaytirilgan yuklamali sikllar ham talab qilinadi. Mashg’ulotlar yuklamasining bu tartibda 
oshirilishi osondan qiyinga, yengildan murakkabga, mashhurdan tanilmaganganga kabi logik 
tamoyillarga asoslangan o’qitish metodikasini belgilab beradi.
Osondan qiyinga – bu mashqlarni bosqichma bosqich oshirishdir. Yengildan murakkabga 
esa – o’qitish mobaynida jismoniy yuklamalarni oshirishdir. Mashhurdan – notanishga esa metodik 
o’qitishdagi ketma-ketlikning belgilanishidir. Bosqichma-bosqichlik va yuklamaning oshirilishi 
sportchilarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanayotganligiga e’tibor qaratish shart. 
Bu prinsipni inkor qilish mashg’ulotlarda yanada tezroq o’sishga erishishga harakat qilish, 
sportchining hech qachon bor imkoniyatlaridan foydalanishi va sport ustaligiga erishish imkonini 
bermaydi 
Takroriylik: Faqatgina mashg’ulotlarni takroran bajarishgina sportchining organida va 
tizimda yaqqol o’zgarishlarga erishish, bilim va ko’nikmalarni chuqur egallash, sportdagi natijalarni 


108 
oshirish imkonini beradi. Tamoyil nafaqat alohida mashqlarni qaytarish, balki sikllarni qaytarishni 
ham o’z ichiga oladi. Takrorlashlar optimal bo’lishi uchun ish va hordiqni, charchoq va qayta 
tiklanishni ilmiy yondashuvlar, murabbiyning pedagogik kuzatuvlari va sportchining subektiv 
hislarini orqali aniqlash lozim. Mashqlar qanchalik oson bo’lsa takrorlashlar soni shuncha ko’p va 
dam olish intervallari shuncha oz, mashqlar qanchalik qiyin bo’lsa, takrorlashlar soni shuncha kam 
va dam olish intervallari shuncha ko’p bo’ladi. Mashqlarning takrorlanishi texnikaga egalik 
darajasiga ham aloqador, ammo nafaqat kordinatsion qiyinchiliklar balki bajarish xarakterining 
intensivliligiga ham bog’liq hisoblanadi. Texnik harakatlarga egalik qilishdagi asosiy qoida 
quyidagilarni keltirib chiqaradi: o’zlashtirilgan harakatlar, ortiqcha bosimsiz erkin bajarilishi lozim. 
Ushbu turdagi bosim zarur kordinatsion harakat o’zlashtirilmaguncha yo’naltirib boriladi.
Ko’rib chiqilgan prinsiplar uzviy tarzda musobaqaviy yuklamalar va mashg’ulot 
o’zgarishlaridagi mashg’ulot kuni, mikrosikli, bosqichi, periodi va yili bog’liq.
Sport tayyorgarligigining yuklamalarining o’sishi stabillikka, yuklamaning pasayishiga va 
hordiqqa mos ravishda o’zgaradi. Bu turdagi oqimlar turli xil davomiylik va yuklama darajasiga ega 
bo’ladi. Bu turdagi xilma xil to’lqinli struktura nafaqat musobaqaga tayyorgarlikda, balki butun 
hayotim rejimda asqotadi.
Individuallilik – mashg’ulot jarayonining tuzilishi sportchining individual mahoratini 
hisobga olishdir: uning funksional imkoniyatlari, erkin sifatlari, mehnatsevarligi va boshqalardir. 
Yuqori yuklama bilan jusmoniy mashqlarni tanlash juda muhim individual yondashuv hisoblanadi. 
Sportchilarning individual mahoratlari birinchi navbatda pedagogic kuzatuvlar, shifokor nazorati, 
kuchni, tezlikni, chidamlilikni, egiluvchanlikni, texnika va boshqalarni bilish uchun nazorat 
mashqlarini o’tkazish orqali aniqlanadi. 
Bu turdagi ma’lumotlar sportchining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlab, ulardan kelib 
chiqqan holda, kamchiliklarni to’g’rilash uchun rejalar tuzish imkonini beradi.


109 
Bu mashg’ulotlarini shakllantirish jarayonining asosiy tamoyillari bo’lib, sportchilarning 
mashg’ulot rejalarini tuzish va bajarishda ularni doimiy tarzda e’tiborga olish lozim.

Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish