Katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi qo‘zg‘alish va tormozlanish induksiyasi.
Tormozlovchi agent qo‗llanilgach (masalan, differensiallangandan keyin) bir necha
sekund mobaynida shartli ta‘sirotlar effekti bir qancha hollarda ancha kuchayib
qolishi shartli reflekslarga doir tajribalarda payqalgan edi. Xuddi shuningdek, ijobiy
shartli ta‘sirlovchilardan keyin differensiallanuvchi agentning tormozlovchi ta‘siri
kuchayadi. Bu markaziy asab tizimining boshqa bo‗limlariga ham xos bo‗lgan
musbat va manfiy ketma-ket induksiya natijasidir (tormozlanishdan keyin
qo‗zg‗alish jarayoni ro‗y beradi, qo‗zg‗alishdan keyin esa tormozlanish jarayoni
boshlanadi). Tormozlovchi agent ta‘sir etib bo‗lgach faqat dastlabki sekundlarda
musbat induksiya hodisalari ro‗y beradi (tormozlovchi agent ta‘sir etgandan keyin
ijobiy refleksning kuchayishi), so‗ngra musbat induksiya hodisalari o‗rniga shartli
reflekslar susayadi. Shunga asoslanib, tormozlanish irradiasiyasidan oldin induksiya
hodisalari ro‗y beradi, deb xulosa chiqarildi. Tormozlovchi agent po‗stlog‗ida
konsentrlangan tormozlanish jarayonini vujudga keltirgandagina induksiya hodisasi
ro‗y beradi.
Musbat yoki manfiy induksiya fenomenlari kontrast hodisalariga ko‗p jihatdan
o‗xshaydi, bular resepsiya a‘zolarini tekshirishda tasvir etilgan edi.
4.14.Shartli reflektor faoliyatining patologik buzilishi
I. P. Pavlov shartli reflektor faoliyatning asosiy qonuniyatlarini aniqlab, bu
faoliyatning buzilishini ham o‗rgangan. Oliy asab faoliyatining eksperimental
patologiyasi asoslari shu tariqa yaratilgan, bu esa psixiatriya va klinik nevrologiya
uchun ayniqsa muhimdir.
Ko‗pgina zaharlardan birdaniga yoki surunkasiga zaharlanish, yuqumli
kasalliklar, turli a‘zolar funksiyasining buzilishi, jumladan, qon aylanishi, nafas,
ovqat hazm qilish, chiqarish a‘zolari faoliyatining buzilishi, og‗rituvchi ta‘sirotlar,
endokrin bezlar faoliyatining o‗zgarishlari va shunga o‗xshashlar oliy asab
faoliyatining patologiyasiga sabab bo‗la oladi.
142
Eksperimental nevrozlar degan patologik holatlar alohida diqqatga sazovor.
Ular katta yarim sharlar po‗stlog‗ining patologik holati bo‗lib, asab tizimi yoki
organizmning boshqa a‘zolari shikastlanmasdan turib vujudga kelishi mumkin.
Eksperimental nevroz oliy asab faoliyatining funksional buzilishidan iborat. Bosh
miya faoliyati qiyinlashganda, asab jarayonlarini o‗ta zo‗riqtiradigan sharoitda
eksperimental nevroz ro‗y berishi mumkin. Masalan, juda kuchli shartli va shartsiz
ta‘sirotlar qo‗llanilganda, murakkab va nozik differensirovkalar hosil qilinganda (bir-
biriga yaqin ikki tonni yoki bir-biriga o‗xshaydigan ikki shaklni differensiallash),
tormozlovchi signallar uzoq (bir necha minut) qo‗llanilganda va tormozlovchi
ta‘sirotdan shartli ta‘sirotga tez o‗tilganda ko‗pincha eksperimental nevrozlar
kuzatilgan.
Oliy asab faoliyatining patologik holati ko‗pincha hayotga xavf tug‗diruvchi
vaziyat ro‗y berishi natijasida kelib chiqqan. A. D.Speranskiy kuzatgan eksperimental
nevroz shu jihatdan ibratlidir. Leningraddagi (hozirda Sankt-Peterburg) katta toshqin
vaqtida suvdan zarar ko‗rgan itda normal shartli reflektor faoliyat buzilgan: shartli
reflekslarni tekshirish tajribasi vaqtida it ovqat yemay qo‗ygan va barcha shartli
reflekslari yo‗qolib ketgan. Oliy asab faoliyati faqat ½ oydan keyin birmuncha
normal holatga kelgan. Ammo, tajriba xonasiga suv oqimini qo‗yish bilanoq shartli
reflekslar yana buzilavergan. Jildirayotgan suvning tovushi va poldagi halqobni
ko‗rish toshqin vaqtida hayvonga ta‘sir etgan shartsiz ta‘sirlovchilarning shartli
signallari bo‗lib qolgan va shu sababli patologik holatning takrorlanishiga sabab
bo‗lgan.
Eksperimental
nevrozlar
yoki
tormozlanishning
susayishida,
yoki
qo‗zg‗alishning susayishida yoki ikkala jarayon harakatchanligining o‗zgarishida
namoyon bo‗ladi. Tormozlanish jarayonining kuchi kamayganda ta‘sirotlarni
differensiallash buziladi, shartli reflekslar so‗nadi va kechikadi; qo‗zg‗alish jarayoni
susayganda
esa
shartli
reflekslar
miqdori
kamayadi.
Asab
jarayonlari
harakatchanligining o‗zgarishi ularning yo inertligi (faoliyasizligi) da, yoki haddan
tashqari harakatchanligida, anchagina irradiasiyaga moyilligida namoyon bo‗ladi.
143
Eksperimental nevrozlarda shartli signallar kuchi bilan shartli refleks miqdori
o‗rtasidagi nisbatlar ko‗pincha xarakterli ravishda o‗zgaradi.
Nevroz holati avj ola boshlaganda
baravarlovchi faza
kuzatiladi: turli kuchdagi
ta‘sirlovchilar taxminan teng reflektor javobni yuzaga chiqara boshlaydi. Bu fazadan
keyin
paradoksal faza
keladi; unda shartli signal kuchi bilan shartli refleks miqdori
o‗rtasidagi normal nisbat buziladi: kuchli shartli signallar kuchsiz effektni, kuchsiz
shartli signallar esa kuchli effektni yuzaga chiqaradi. Nevroz holati yanada avj
olganda kuchli, shuningdek, kuchsiz shartli signallarning effektlari juda ham susayadi
(narkotik faza). Nihoyat, muayyan hollarda
ultraparadoksal fazani
kuzatish mumkin.
Bu fazaning xarakterli belgisi shuki, ijobiy shartli signallar tormozlovchi effekt
beradi, tormozlovchi shartli signallar esa, aksincha, ijobiy shartli reaksiyaga sabab
bo‗ladi.
Baravarlovchi, paradoksal va ultraparadoksal fazalar ko‗p kunlar va hatto
haftalar davom etishi mumkin. Ba‘zan nevroz holati barqaror bo‗lganda shartli
signallar kuchi bilan shartli refleks miqdori o‗rtasidagi anormal nisbatlar surunkali
tus oladi.
Bedorlik holatidan uyquga o‗tishda eksperimental nevroz bo‗lmaganda ham
ba‘zan shunga o‗xshash hodisalar uchraydi. Ayni vaqtda itlar ustidagi tajribalarda
ko‗pincha shunday holatlar kuzatiladiki, ovqatlanish shartli refleksining sekretor
komnonenti saqlangani holda harakat komponenti tormozlanadi: shartli signalning
ta‘siriga javoban so‗lak chiqadi-yu, hayvonga hatto ovqat berilgandan keyin ham, u
ovqat idishi sari harakatlanmaydi. Murakkab reaksiyadagi ayrim komponentlarning
shunday ajralib qolishi gipnozda ham qayd qilinadi. I. P. Pavlov gipnozga butun miya
po‗stlog‗ini emas, balki uning katta bo‗lagini o‗z ichiga olgan juz‘iy (parsial) uyqu
deb qaragan edi.
Yuqorida sanab o‗tilgan fazalar N. Ye. Vvedenskiy kashf etgan parabioz
fazalariga o‗xshash ekanligi e‘tiborni jalb etadi. Ammo, bu o‗xshashlik faqat yuzaki
o‗xshashlikmi yoki shartli tormozlanish bilan N. Ye. Vvedenskiy tasvir etgan
144
parabiotik tormozlanishning tabiati asos e‘tibori bilan birligidan kelib chiqadimi, bu
masala hali ravshan emas.
Nevroz holatlari yo butun yarim sharlar po‗stlog‗ini yoki uning o‗ta zo‗riqqan
va funksional jihatdan susaygan ayrim qismlarini o‗z ichiga olishi mumkin. Miya
po‗stlog‗idagi ayrim qismlarning funksiyasi buzilgan taqdirda oliy asab faoliyatining
o‗zgarishlari ko‗ruv yoki eshituv, yoki terining muayyan reseptorlariga ta‘sir
etilgandagina aniqlanishi mumkin.
M. K.Petrovaning kuzatishlariga qaraganda, chuqur nevroz holatlari somatik
buzilishlarga, masalan, terining ekzematoz zararlanishiga, ba‘zi umumiy
kasalliklarning yomonlashuviga va zo‗riqishiga sabab bo‗lishi mumkin.
Oliy asab faoliyatining buzilishi bir necha kun va haftalardan ko‗p yillargacha
kuzatilishi mumkin. Miya po‗stlog‗idagi patologik holatning chuqurligi va qancha
davom etishi uning sababiga va hayvonning individual xususiyatlariga — asab
tizimining tipiga bog‗liq.
Asab jarayonlarining o‗ta zo‗riqishi sababli hayvonda kelib chiqqan patologik
holatlarni bartaraf qilish uchun dam beriladi, ya‘ni shartli refleks tajribalari bir necha
hafta yoki oylab to‗xtatib qo‗yiladi va tajriba sharoiti yengillashtiriladi (buning uchun
nevroz holatini vujudga keltirgan ta‘sirotlar qo‗llanilmay turadi). Shartli reflektor
faoliyatning buzilishini tuzatish uchun brom va kofein tuzlari dori moddalar sifatida
ishlatilib, yaxshi natijalar olinadi. Natriy bromid tormozlanish jarayonlarini, kofein
esa qo‗zg‗alish jarayonlarini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |