G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


-rasm. Miya po‘stlog‘idagi nutq markazlari



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/126
Sana25.02.2022
Hajmi3,11 Mb.
#463247
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

46-rasm. Miya po‘stlog‘idagi nutq markazlari. 
ikkinchi signal tizimining faoliyatida namoyon bo‗ladigan va uning birinchi signal 
tizimi bilan munosabatini ta‘riflab beradigan butunlay yangi fiziologik prinsipdir. 
Odam so‗zni ayrim tovush yoki tovushlar yig‗indisi sifatida emas, balki 
muayyan tushuncha sifatida idrok etadi, ya‘ni uning ma‘nosini tushunadi. Buni L. A. 
Shvars tajribalari isbot etadi. L.A. Shvars biror so‗zga, masalan, «so‗qmoq» so‗ziga 
shartli refleks hosil qilgach, bu so‗zni uning sinonimi, masalan, «yo‗l» so‗zi bilan 
almashtirgan. 
Shartli refleks qaysi so‗zga hosil qilingan bo‗lsa, o‗sha so‗z («so‗qmoq») kabi, 
sinonim («yo‗l» so‗zi) ham xuddi o‗shanday shartli reflektor reaksiyani yuzaga 
chiqardi. Shartli signal bo‗lib xizmat qilgan so‗z tekshiriladigan kishiga tanish 
ajnabiy so‗z bilan almashtirilganda ham shunga o‗xshash hodisa kuzatiladi. 
«Neytral» so‗zlar, ya‘ni shartli refleks hosil qilish uchun ishlatilmagan so‗zlar 
reaksiyani yuzaga chiqarmaganligi juda muhimdir. Eshitilish jihatdan bir-biriga yaqin 
so‗zlar, masalan, «tutun» so‗zi shartli refleksda «tugun» so‗zi bilan almashtirilganda 
faqat dastlabki vaqtda shartli refleksni yuzaga chiqarib turdi. Juda yaqin orada 
bunday so‗zlar differensiallanadigan (ajratiladigan) bo‗lib qoldi va ular shartli 
reflekslarni yuzaga chiqarmay qo‗ydi. 
O‗qish va yozish aktlarida, ta‘lim jarayonida qatnashuvchi markazlar bilan 
miya po‗stlog‗ining turli qismlari o‗rtasida ham vaqtincha aloqalar vujudga keladi. 
Xuddi shu sabablarga ko‗ra qo‗ng‗iroq tovushiga shartli refleks hosil bo‗lgach, 


153 
«qo‗ng‗iroq» yozuvining o‗zi o‗qishni biladigan kishida shartli reflektor reaksiyani 
vujudga keltiradi. 
Odam 
ustidagi 
tajribalarda 
nutq 
signallari 
shartli 
ta‘sirlovchini 
mustahkamlaydigan signal sifatida muvaffaqiyat bilan qo‗llanilishi mumkin. Shu 
maqsadda shartli ta‘sirlovchi, masalan, qo‗ng‗iroq tovush qo‗llanishi bilan birga 
so‗zlar shaklida yo‗l-yo‗riq beriladi: «kalitni bosing», «o‗rningizdan turing», 
«qo‗lingizni tortib oling» deyiladi va hokazo. Shartli ta‘sirlovchi so‗zlar shaklidagi 
yo‗l-yo‗riq bilan bir necha marta takrorlanish natijasida (misolimizda — qo‗ng‗iroq 
tovushiga) shartli refleks hosil bo‗ladi, buning xarakteri yo‗l-yo‗riqqa mos keladi. 
So‗z g‗oyat mustahkam shartli reflekslarni hosil qilishga asos bo‗la oladigan shartli 
signalni mustahkamlovchi kuchli ta‘sirotdir. 
Birinchi va ikkinchi signal tizimlari bir-biridan ajralmas tizimlardir. Odamning 
hamma idrok hamda tasavvurlari va sezgilarining ko‗pchiligi so‗zlar bilan 
ifodalanadi. Bundan anglashiladiki, tevarak-atrofdagi dunyoda mavjud buyum va 
hodisalardan keluvchi konkret signallar birinchi signal tizimini qo‗zg‗atadi, bu 
qo‗zg‗alish esa ikkinchi signal tizimiga o‗tadi. 
Bola nutqni egallaguncha, ya‘ni tilga kirguncha birinchi signal tizimi ikkinchi 
signal tizimining ishtirokidan tashqari, yakka ishlashi mumkin (patologiya hodisalari 
bundan mustasno). 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish