149
V BOB. ODAM OLIY ASAB FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI
5.1. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari
Shartli reflektor faoliyatning yuqorida tasvir etilgan barcha qonuniyatlari yuksak
darajadagi hayvonlar va odam uchun umumiy qonuniyatlardir. Eksteroreseptorlarning
yoki interoreseptorlarning har xil ta‘sirlanishi bilan birga shartsiz yoki shartli
reflekslarni yuzaga chiqaruvchi qanday bo‗lmasin ta‘sirotlar ham bo‗lsa, odamda
ham tashqi olamning yoki organizm ichki holatining turli signallariga doir shartli
reflekslar vujudga keladi. Tegishli sharoitda tashqi (shartsiz) yoki ichki (shartli)
tormozlanish jarayoni odamda ham kelib chiqadi. Qo‗zg‗alish va tormozlanish
irradiasiyasi va konsentrasiyasi, induksiya, dinamik stereotipiya va shartli reflektor
faoliyatning boshqa xarakterli belgilari odamda ham kuzatiladi.
Tashqi olamning bevosita signallarini analiz va sintez qilish hayvonlar uchun
ham, odam uchun ham umumiy xususiyatdir, bu signallar voqelikning
birinchi signal
tizimini
tashkil etadi. I. P. Pavlov shu haqida quyidagilarni aytgan edi: «Deyarli nuqul
ko‗ruv, eshituv reseptorlari va organizmning boshqa reseptorlaridagi maxsus
hujayralarga bevosita keluvchi ta‘sirotlar va ularning katta yarim sharlardagi izlari
hayvonga voqelik haqida signal beradi. Tevarak-atrofdagi tashqi tabiat — umuman
tabiat, shuningdek ijtimoiy tabiatimizdan taassurot, sezgi va tasavvurlar shaklida
oladiganimiz shuning o‗zginasidir (eshitadigan va ko‗radigan so‗zimiz bundan
mustasno). Bu voqelikning birinchi signal tizimi bo‗lib, biz bilan hayvonlarda
umumiydir».
Odamning iltimoiy taraqqiyot jarayonida, mehnat faoliyati natijasida miyaning
ishlash mexanizmlariga favqulodda qo‗shimcha qo‗shilgan. Nutq signallari, nutq
bilan bog‗langan
ikkinchi signal tizimi
shunday qo‗shimchadir. Signal berishning
yuksak darajadagi ushbu mukammal tizimi eshittirib yoki eshittirmasdan aytiladigan,
eshitiladigan yoki o‗qiganda ko‗riladigan so‗zlarni idrok etishdan iborat. Ikkinchi
signal tizimining taraqqiy etishi odamning oliy asab faoliyatini misli ko‗rilmagan
darajada kengaytirib va sifat jihatidan o‗zgartirib yubordi. Nutq signallarining kelib
150
chiqishi katta yarim sharlar faoliyatiga yangi prinsip kiritdi. «Tevarak-atrofdagi
olamga doir sezgi va tasavvurlarimiz, — degan edi I. P. Pavlov,— biz uchun
vo‘qelikning birinchi signallari, konkret signallar bo‗lsa, nutq, avvalo nutq
a‘zolaridan miya po‗stlog‗iga boruvchi kinestetik ta‘sirotlar ikkinchi signallardir,
signallarning signalidir. Ular vo‘qelikdan yiroqlashish bo‗lib, umumlashtirishga yo‗l
qo‗yadi, bu esa bizning ortiqcha, faqat odamga xos bo‗lgan oliy tafakkurimizni
tashkil etadi, bu tafakkur avval umuman insoniyat empirizmini, pirovardida esa
odamning tevarak-atrofdagi olamda va o‗zida yo‗l topishi (orientirovka)ga yordam
beradigan oliy quroli — fanni vujudga keltiradi».
Odam o‗z reseptorlari yordamida idrok qiladigan narsalarning hammasini
so‗zdan iborat signallar bilan ifodalaydi. «Signallar signali» bo‗lgan so‗z konkret
narsa va hodisalardan yiroqlashishga imkon beradi. Nutq signallarining taraqqiy
etishi umumlashtirish va yiroqlashishni mumkin qilib qo‗ydi, bular esa odamning
tushunchalarida o‗z ifodasini topadi. Ikkinchi signal tizimi odamning iltimoiy
hayotiga chambarchas bog‗liq bo‗lib, individium bilan uning atrofidagi ijtimoiy
muhit o‗rtasida mavjud bo‗lgan murakkab o‗zaro munosabatlar natijasidir. Nutq
signallari, nutq, til kishilarning aloqa vositalari bo‗lib, jamoaviy mehnat jarayonida
taraqqiy etgan. Shunday qilib, ikkinchi signal tizimi jamiyat taqozosi bilan kelib
chiqadi.
Jamiyatdan tashqarida — boshqa kishilar bilan aloqa qilmagan taqdirda
ikkinchi signal tizimi taraqqiy etmaydi. Yovvoyi hayvonlar olib qochgan bolalarning
yirtqichlar uyasida omon qolib, voyaga yetish hodisalari tasvir etilgan. Ular nutqni
tushunmagan va so‗zlashni bilmagan. Yoshlikda odamlardan necha o‗n yillab
yakkalanib qolgan kishilarning nutqni unutib yuborganliklari ham ma‘lum; ularda
ikkinchi signal tizimi ishlamay qo‗ygan.
Oliy asab faoliyati haqidagi ta‘limot ikkinchi signal tizimining ishlash
qonuniyatlarini ochishga imkon berdi. Qo‗zg‗alish va tormozlanishning asosiy
qonunlari birinchi va ikkinchi signal tizimlari uchun umumiy qonuniyatlar ekanligi
aniqlandi. Odam katta yarim sharlar po‗stlog‗ining har bir pushtasi nutqni eshitish va
151
ifodalash zonalari, ya‘ni nutqning sensor va motor markazlari bilan bog‗langan holda
qo‗zg‗aladi.
Qanday bo‗lmasin tovush yoki yorug‗lik signaliga, masalan, qo‗ng‗iroq
tovushiga yoki qizil chiroqning yalt etib yonishiga doir shartli refleks vujudga
kelgach, shartli signalning so‗zdan iborat ifodasi, ya‘ni «qo‗ng‗iroq», «qizil» so‗zlari
shartsiz ta‘sirlovchi bilan birga qo‗llanilmasdan turib shartli refleksni darrov yuzaga
chiqaradi. Tajriba aksincha olib borilganda — so‗zdan iborat signalga doir shartli
refleks hosil qilinganda, ya‘ni «qo‗ng‗iroq» yoki «qizil chiroq» so‗zlari shartli signal
bo‗lganda ilgari hech qachon shartsiz ta‘sirot bilan birga qo‗llanilmagan qo‗ng‗iroq
tovushi yoki qizil chiroqning yonishi ta‘sirlovchi sifatida birinchi marta qo‗llanishi
bilanoq shartli refleks kuzatildi.
L.I. Kotlyarevskiyiing ba‘zi tajribalarida ko‗zni qorong‗ilatish (qorachiqning
kengayishiga sabab bo‗ldi) shartsiz ta‘sirlovchi sifatida qo‗llanildi. Ayni vaqtda
qo‗ngiroq tovushi shartli ta‘sirlovchi bo‗ldi. Qo‗ng‗iroq tovushiga doir shartli refleks
hosil bo‗lgach, «qo‗ng‗iroq» so‗zi aytilishi bilanoq shartli refleks vujudga kelaverdi.
Buning ustiga, tekshiriladigan kishining o‗zi shu so‗zni aytganda ham qorachiqning
torayish yoki kengayish shartli refleksi yuzaga chiqaverdi. Ko‗z soqqasini bosish
(yurak urishining refleks yo‗li bilan siyraklanishiga sabab bo‗ldi) shartsiz ta‘sirlovchi
sifatida qo‗llanilganda ham shunday hodisalar kuzatildi.
Shunday shartli reflektor reaksiyalarning kelib chiqish mexanizmi shunga
bog‗liqki, nutq o‗rganish jarayonida, tajribalardan ancha oldin miya po‗stlog‗ining
turli buyumlardan keluvchi signallarni idrok qiluvchi nuqtalari bilan buyumlarning
so‗zlardan iborat ifodalarini idrok etuvchi nutq markazlari o‗rtasida vaqtincha
aloqalar vujudga kelgan. Shunday qilib, odamning miya po‗stlog‗ida vaqtincha
aloqalar hosil bo‗lishida nutq markazlari qatnashadi (46-rasm). Yuqorida tasvir
etilgan tajribalarda biz
elektiv irradiasiya
hodisasini ko‗ramiz. Elektiv irradiasiya
shundan iboratki, birinchi signal tizimining qo‗zg‗alishi ikkinchi signal tizimiga va
ikkinchi signal tizimidan birinchi signal tizimiga o‗tadi. Elektiv irradiasiya
152
Do'stlaringiz bilan baham: |