V-mavzu. Xodimlarni rag‘batlantirish va motivatsiyalash usullari



Download 488,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana20.02.2022
Hajmi488,32 Kb.
#460267
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
5-maruza

Madaniy tafovutlar

Ishchi kuchining katta qismini turli madaniy va etnik guruhlar vakillari tashkil 
etib bormoqda. Bu odamlar mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik darajasi, ishga 
bo‘lgan munosabat va urf-odatlarning nihoyatda xilma-xilligi, hamda mehnat 
faoliyatlariga ta’sir etuvchi boshqa jihatlar bilan ajralib turadilar. Ba’zilar — kelib 
chiqishi bo‘yicha amerika aborigenlari, ba’zilari esa — yaqinda kelgan muxojirlar 
(immigrant)dir. Menejerlarning vazifasi ana shunday turli xil guruhlar bilan aloqani 
yaxshilash va kompaniyada hamkorlik hamda sabr-bardoshlik muhitini yaratish. 
Ayrim firmalar turli madaniyat vakillari bilan aloqa o‘rnatishi kerak bo‘lgan 
menejerlarga maxsus dasturlar tashkil etib, mazkur muammoning ajoyib yechimini 
topdilar. Yuzlab kompaniyalar "Madaniy xilma-xillikka yondashuv" nomli yettita 
30 daqiqali videokassetalardan tashkil topgan serialdan (mazkur serial yirik 
korporatsiyalarning mablag‘lari evaziga "Copeland Griggs" kompaniyasi tomonidan 
yaratilgan) foydalanadilar. Ushbu videoserial bir xil shakldagi xatti-harakat, aynan 
qaytariladigan tasodifiy kelishmovchiliklar, hamda kelib chiqishi har xil bo‘lgan 
xodimlarning ishga berilib, faoliyat yuritishiga da’vat etish kabi takliflari bilan 
menejerlar diqqatini tortadi. Mazkur dastur nafaqat madaniy va etnik kelib chiqish 
muammolarini, balki jins, yosh, millat, cheklangan faoliyat va shahvoniy 
yo‘nalganlik bilan bog‘liq muammolarni ham qamrab oladi. Bundan tashqari, 
ko‘pchilik kompaniyalar ishchilarga turli madaniy va tilga oid tafovutlarga sabr-
bardoshli munosabatda bo‘lishni o‘rgatuvchi dasturlar kiritgan. 
"Digital Equipment" kompaniyasida "Madaniy xilma-xillikka yondashuv" 
dasturidan bir necha yil davomida foydalandilar. Dastur "Inson qadrli ekanligini his 
etsagina yaxshi ishlaydi, boshqalardan farq qiladigan xususiyatlari e’tiborga olinsa, 
ular o‘zlarini nihoyatda qadrli ekanliklarini his etadilar" degan yo‘nalishga 
asoslangan. Korporatsiya bosh boshqarmasining 26 ta xodimi va filiallar menejerlari 
butun mamlakat bo‘yicha o‘z xodimlariga o‘quv dasturlar, turli mavzudagi 
materiallarni taklif etib, maxsus markazlar ishini boshqaradilar. Turli madaniyat 
vakillaridan tashkil topgan personalni boshqarish muammolari yechimiga hissa 
qo‘shgan boshqa kompaniyalar ham mavjud. Ular orasida — "Apple Computer", 
"Avon", "Corning", "Dupont", "Hewlett- Packard", "Honeywell", "Pacific Bell", 
"Procter & Gamble", "Security Pacific Bank", "US West" va "Xerox" 
kompaniyalari. Ularning ko‘pchiligi, yangi kelgan, kichik millatga mansub bo‘lgan 
xodimlar uchun madaniy qullab-quvvatlash guruhlarini tashkil etib, har xil madaniy 
birlashmalar faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlab turadilar. 

Download 488,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish