Alderferning mavjudlik, aloqa va o‘sish nazariyasi.
Alderferning fikricha insonning ehtiyojlari alohida guruhlarga ajratilishi
mumkin. Ammo Masloudan farqli ravishda ehtiyojlar guruhi faqat uchtadir:
mavjudlik ehtiyoji;
aloqa ehtiyoji;
o‘sish ehtiyoji.
Bu guruhlar Maslou nazariyasidagi kabi ierarxik joylashgan. Biroq, ularda
bitta sezilarli farq mavjud. Maslouda ehtiyojdan ehtiyojga o‘tish faqat pastdan
tepaga qarab bo‘ladi. Alferderda esa harakat ikki tomonlama bo‘ladi. Ya’ni, pastdagi
ehtiyoj qondirilmasa yuqoriga, yuqoridagi ehtiyoj qondirilmasa, pastga harakat
bo‘ladi.
Makklelandning o‘zlashtirilgan ehtiyojlar nazariyasi.
Makkleland nazariyasi insonning o‘zini tutishiga muvaffaqiyatlar, ishtirok
etish va hukmronlikka ehtiyojlar qanday ta’sir etishini o‘rganish va tasvirlash bilan
bog‘liq. Bu ehtiyojlar, agar insonda kuchli bo‘lsa, uning o‘zini tutishiga sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi.
Motivatorlar va gigienik omillar nazariyasi.
Gigienik omillar -
mehnat sharoitlari xususiyatlari bo‘lib, ular faqat
qoniqarsiz bo‘lgandagina rag‘batlantirmaydigan ta’sir ko‘rsatishga qodir.
Motivatorlar -
motivlashtirishni kuchaytirishga qodir biznesdagi insoniy
munosabatlar omillaridir.
1960-yilda Frederik Gersberg va uning xodimlari kishi ehtiyojlarini o‘rganish
bo‘yicha o‘zlarining maxsus izlanishlarini o‘tkazdilar. Ular ishchilardan
faoliyatlarining qoniqtiradigan va qoniqtirmaydigan aniq tomonlarini ifodalab
berishni so‘raydilar va bu so‘rov natijalarini tahlil qildilar. Ular ishdan qoniqish yoki
qoniqmaslik hissiyoti bilan bog‘liq ikkita mutlaqo boshqacha omillar mavjudligini
aniqladilar. Gersberg gigienik omillar deb nomlangan aspektlar (tomonlar)
qoniqmaslik hissiyoti bilan bog‘liq. Firma siyosati, mehnat sharoitlari va xavfsizlik
texnikasi faqat nomukammal bo‘lgandagina ishdan qoniqmaslikning potensial
manbalari hisoblanadi. Bunda rahbarlik faqat gigienik omillarni yaxshilash orqali
xizmatchilar motivatsiyasini amalga oshirolmaydi. Boshqa tomondan, mehnat
unumdorligini oshirish uchun motivatorlar deb nomlangan omillar: tan olinish,
mas’uliyat, xizmatga ko‘tarilishi va shaxsiy rag‘batlantirishning boshqa usullari
muvaffaqiyat bilan qo‘llanilishi mumkin. Gersberg nazariyasi Maslou
nazariyasining tabiiy davomidir: motivatorlar ierarxiyaning yuqori darajalarida
joylashgan, gigienik omillar esa quyi daraja ehtiyojlarini ifodalaydi.
Menejerlar ko‘proq nimaga - motivatorlarga yoki gigienik omillarga e’tibor
berishi kerak? Bu vaziyatlarga bog‘liq, o‘rta sinfga mansub katta lavozimdagi
malakali, yuqori haq oluvchi xodimlarni motivatorlar yordamida yaxshi
rag‘batlantirish mumkin. Past malakali, kam haq oluvchi, xavfli mehnat
sharoitlarida ishlaydigan ishchi yoki keksa xodimlar uchun esa, avvalo, gigienik
omillarning yaxshilanishi muhim. So‘ng motivatorlarning qo‘llanishi yaxshi samara
berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |