V-mavzu. Xodimlarni rag‘batlantirish va motivatsiyalash usullari


Ishchilar faoliyat ko‘lamining kengaytirilishi va ish joylarining



Download 488,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana20.02.2022
Hajmi488,32 Kb.
#460267
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
5-maruza

Ishchilar faoliyat ko‘lamining kengaytirilishi va ish joylarining 
mukammallashtirilishi. 
Faoliyat qo‘lamining kengaytirilishi — tashkilotda vazifa taksimlashda, 
butun ish faoliyatlari uchun xizmatchilarning zimmasiga yuklanadigan ma’suliyat. 
XX asrning boshlarida kam malakali ishchilarning ma’lum yo‘nalishda 
ixtisoslashtirilishi ancha samarali bo‘lgan bo‘lsada, hozirgi kunda uning hech 
qanday ahamiyati qolmadi. Birinchidan, ishning texnik tarafini rahbariyatdan ko‘ra 
yaxshiroq biladigan, yanada ma’lumotli bo‘lgan odamlar qoniqtirmay qolgan. 
Ikkinchidan, ilgari inson tomonidan bajariladigan ba’zi ixtisoslashtirilgan vazifalar, 
hozir mashinalar yordamida bajarilmoqda. Ana shunday o‘zgarishlar oldida 
ko‘pgina kompaniyalar ishni tashkillashtirishning yangi usullarini joriy etish orqali 
mehnat unumdorligini oshirmoqdalar. Bunday qayta tashkillashtirishning bir turi — 


bu ishchilarning faoliyat ko‘lamini kengaytirish, ya’ni bunda, ishning maxsus 
ixtisoslashtirilishi kam bo‘lib, xizmatchilarga, ular o‘z ish joylarining umumiy 
tarkibda ahamiyatli ekanligini his etadigan, ma’suliyatli va muhim vazifalar 
topshiriladi. 
Masalan, Livoniyadagi (Michigan shtati) "kadillaklar" ishlab chiqaradigan 
korxona rahbarlari, zerikarli ishni qiziqarliga aylantirish uchun "jamoa kuchi"dan 
foydalandilar. Ishchilarga yangi kasblarni egallab, yanada ko‘proq daromad topish 
va shu asosda, o‘z mutaxassisliklarini kengaytirish uchun qiziqtirish imkoniyatlari 
berildi. Har haftada bo‘lib o‘tadigan majlislarda esa bu "komandalar" korxona ishi 
borasida egallagan bilimlarini, ilgari faqat rahbariyat tomonidan hal etiladigan 
sohalardagi muammolarni yechishda ham qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 
Sperrouz Poynt (Merilend shtati) shahridagi "Batlehem Still" zavodida 
faoliyat ko‘lami kengaytirilishining o‘zgacha usulini qo‘llashdi. Haftada bir marta 
butun korxona ishchilariga metall ishlab chiqarishga ta’sir etadigan iqtisodiy 
kuchlarni to‘la anglashga yordam beruvchi ma’lumotlar tarqatiladi. Bundan 
tashqari, yo‘nalishdagi operatorlarga, vaqti-vaqti bilan "Batlehem Still" 
mahsulotining xaridorlaridan xabar olib turish vazifasi beriladi. 
Ishchilardan biri: "Endi biz nima ishlab chiqarayotganimizni bilamiz, ilgari 
esa biz faqat po‘lat quyishni bilar edik xolos", - deb gapirdi. 
Ishi tarkibiy qayta qurilishga duchor bo‘lib, butunlay yangi vazifalari paydo 
bo‘lgan odamlar o‘zlarini qanday his etadilar? "Gulf Oil" kompaniyasida 28 yil 
temir quyish bilan mashg‘ul bo‘lgan bir ishchiga, boshqa kasb yo‘nalishidagi 
ishchilarga yordam berish vazifasi yuklanganda, u norozi bo‘lib: "Senga hech 
qachon o‘rgatilmagan ishni bajarishni talab etish asabingni buzadi", - dedi. Mana bu 
misolda esa, buning aksini ko‘ramiz: 17 yil davomida Chikago bankida faqat 
cheklarni tekshirish bilan mashg‘ul bo‘lgan ayolga, yangi maxsus ixtisos bo‘yicha 
vazifa yukladilar. Bunda bank avtomatlashtirish sohasidagi yutuqlardan foydalanib, 
uni kompyuter oldiga biriktirib, cheklarga ishlov berib, ularni hisobga olish bilan 
bog‘liq operatsiyalarni bajarishni topshirdi. "Butun jarayonni boshidan oxirigacha 
kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lganim uchun bu ish menga juda yoqdi. O‘zimni yaxlit 
butunlikning bir qismi etib his etish, men uchun maroqliroqdir. Har bir inson 
hayotida qandaydir o‘zgarishlar sodir bo‘lishi kerak", - dedi ayol. 

Download 488,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish