OILADA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI RIVOJLANTIRISHDA AYOLLARNING O’RNI
Olimov M.S., p.f.n. dotsent, Saidova N.R., talaba
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Chirchiq sh.
Har bir jamiyatning bosh maqsadi-madaniyatli va ma’rifatli fuqorolarni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan
iborat. Ko’p asrlik tajriba shuni ko’rsatadiki, jamiyatning haqiqiy boyligi-inson avlodidir. Shuning uchun ham
ajdodlarimiz o’z nasllarini umumbashariy tuyg’ular va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalanib kelinmoqda. Shu
tariqa tilimiz, dilimiz, dinimizni asrab avaylab kelganlar. Chunki har bir insonning muqaddas vazifasi,
hayotining ma’nosi,qobil farzandlar o’stirish, ularning kamolini ko’rish, ota-onasiga, oilasiga, jamiyatga,
Vatanga sadoqatli qilib tarbiyalashdan iborat. Bunday masuliyatli vazifani bajarishda eng avvalo ayolning
o’rni beqiyosdir.
Sport bilan doimiy shug’ullangan qizlarda turmush qurgandan so’ng bolaning sog’lom tug’ulishida
muammolar kuzatilmaydi. Qolaversa, onaning jismoniy tarbiya va sport sirlaridan ozmi-ko’pmi xabari bo’ladi.
Bolani qanday qilib tarbiya qilishni, jismoniy mashqlar va massajni qaysi vaqtda qaytarzda qo’llash sirlaridan
boxabar bo’ladi. Vaholanki, sog’lom onadan so’g’lom bola tug’uladi va to’g’ri tarbiya topishiga shubha
tug’ulmaydi. Farzandni sport bilan shug’ullanishida ona qanchalik muhimligini asoslab beribgina qolmay,
balki tarbiya jarayonida onalarning o’rni beqiyosligini ta’kidlash joiz. Ma’lumki bolaning maktabgacha tarbiya
jarayonida onalar ko’proq bolalar bilan birga bo’ladilar. Bola aqlini taniganidan boshlab uni har tomonlama
tarbiya qilib borish ma’suliyati to’liq onaning zimmasiga tushadi.Bunda tajribali onalar bolani jismoniy va
aqliy tarbiyasini to’g’ri yo’naltira bilishlari lozim.Bundan tashqari kuni uzaytirilgan va kuni qisqa
bog’chalarda bolalarning tarbiyalanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda esa bola ikki
tomonlama:ta’lim va jismoniy tarbiya tomonidan shakllanadi va rivojlanadi. Bolaning asosan maktabgacha
davrida ongi tez shakllanadi. Har bir narsani tezda ilg’ab oladi, xotirasida yaxshi saqlab qoladi. O’z-o’zidan
kelib chiqadiki jismoniy tarbiya va ta’lim bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Bunda esa onalar avvalgidan ham
masuliyatliroq bo’lishlari talab etiladi.Ko’rinib turibdiki davlatimiz kelajagi bo’lgan bolalarning salomatligi
qanchalik muhimligida onalarning ham jismonan ham ma’nan sog’lom bo’lishlari talab etiladi. Kelajak avlodni
ham jismonan, ham ma’nan sog’lom bo’lib voyaga yetishida avvalo ona muhim ro’l o’ynaydi.Ma’lumkigo’dak
tug’ulish davridan boshlab to voyaga yetguniga qadar onaning nazorati ostida bo’ladi.
“Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur”deb ta’kidlagan edilar birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimov.Ushbu so’zlar bugungi kunda juda katta ahamiyatga ega ekanligi barchamizga
ayon.Farzandlarimizning sog’lom o’sishida esa sportning o’rni beqiyos.Jamiyatning ertasi barkamol,kuchli
yoshlarimiz qo’lida bo’lmog’i uchun qizlarimizni sportga jalb qilish zarurligi,onalar sog’ligi so’ngra bolalar
Do'stlaringiz bilan baham: |