“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”
54
sog’ligi haqida o’ylash davr talabi bo’lib turibdi.
Buyuk alloma Kaykovus o’zining “Qobusnoma” asarida oila va farzand xususida to’xtalib shunday
degan edi: Eng birinchi galda nasl-nasabni toza saqlamoq,asl qadr-qiymatni bilmoq inson tarbiyasining
gultojidir. Har farzandki, oqil va dono bo’lsa, hech vaqt ota-onaning ishi senga parvarish qilmoqdir va farmoni
senga yaxshilik o’rgatmoqlikdir.Ey farzand, shul vajdan ota-onangni sag’al ham ranjitmagil.Mazkur fikrlar
yoshlarni ma’naviy-axloqiy shakllantirishda, ularda aql yuzasidan ota-onaga yaxshi munosabatda bo’lish katta
tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Inson mohiyatan o’zini-o’zi kamolatga yetkazishda o’zini-o’zi rivojlantirishga mahkum etilgan
jonzotdir.Boshqacha qilib aytganda,inson yuz yil yashasa yuz yil tarbiaga ehtiyoj sezadi.Komillik, yetuklik
faqat insongaginaxos yuksak ma’naviyat, oliy maqom,axloq ungagina munosib.Ana shu xulosadan kelib chiqib
quyidagilarni alohida ta’kidlash mumkin.
- Jismoniy madaniyat va sport ma’naviyati tushunchalari xotin-qizlar ongiga singdirish.
- Jamiyat taraqqiyotini va uning istiqboli esa har bir onaning vazifasi ekanligini tushuntirish.
- Farzand tarbiyasini davlat siyosati darajasiga ko’tarish.
O’zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya va Sport universiteti huzurida birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov
tashabbuslari bilan xotin-qizlar sportini rivojlantirish bo’limi ochildi va ikki yuzdan ortiq qizlarni bakalavriyat
yo’nalishi bo’yicha tahsil olishi uchun ta’lim kvotalari ajratildi. Qizlarimiz to’rt yillik ta’limdan so’ng o’zlari
tug’ulib o’sgan joyga borib, o’z faoliyatlarini yuritishmoqda.Bir qaraganda juda oson bo’lib ko’ringan ishning
zamirida necha minglab qizlarni sportga jalb qilib, ularni sog’ligini mustahkamlab borilmoqda. Buning
zamirida kelajagimiz, millatimiz genafondi toboro yaxshilanib bormoqda.Hozirda chekka qishloqlarda ham
jismoniy tarbiya va sportni qanchalik rivojlanib borayotgani hech kimga sir emas.Jahon arenalarida ham
qizlarimiz ishtiroki ko’payib borayorgani yaqqol ko’zga tashlanayapti.
Ma’nan yetuk, yuksak salohiyat va jismoniy kamoloti yaxshi bo’lgan onalar o’z jigargo’shalarini har
tomonlama rivojlanishida o’zlarining beqiyos hissalarini qo’shib kelmoqdalar.
XXXI-yozgi olimpiada o’yinlarini tamosha qilib hamyurtlarimizning qator yutuqlarini ko’rar ekanmiz
shunday chempion bolalarni tarbiya qilganliklarida o’zbekning chempion onalarining hissasi qanchalik katta
ekanligini ko’rishimiz mumkin.
Zero, O’zbekiston kelajagi buyuk davlat jamiyatning bir bo’lagi bo’lgan oilaning farzandlari qay
darajada yuksak bo’lishi onaga bog’liq.
Shunday ekan, ayollarimizga, onalarimizga har tomonlama yordam berishimiz, ularni qo’llab
quvvatlashimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |