Bog'liq “Xotin – qizlar sporti imkoniyatlar va istiqbollar”
TALABALARNING JISMONIY TARBIYASIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR Munirov N.A., o’qituvchi, Buxoro davlat universiteti, Buxoro sh. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim
yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida 2017
yil 31 oktyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni
rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash
hamda zamonaviy sport inshootlarini barpo etish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda sport sohasi
uchun malakali kadrlar va murabbiylar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Pedagogik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning salomatliklarini mustahkamlash markazi bu
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari hisoblanadi. I.F. Xarlamovning ta’kidlashicha jismoniy tarbiya mavzusi “ ...
pedagogikada birinchi o‘rinni egallashi lozim, chunki jismoniy tarbiya jamiyatda shaxsining rivojlanishida
asosiy omil hisoblanadi”. Zamonaviy pedagogik adabiyotlarda "texnologiya" atamasi tez-tez ishlatiladi va bu
pedagogik vositalar va boshqa ta'riflardagi jarayonlar deb ataladi. Shu bilan birga, texnologiya konsepsiyasi
oldindan rejalashtirilgan natijaga erishish yo'lining to'liq tavsifini, texnologik jarayonning maqsadiga erishishni
nazarda tutadi.
Shu nuqtayi nazardan talabalar jismoniy tarbiyasining asosiy maqsadi sog‘lomlashtirishningmaksimal
darajasigaerishishdir. Oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida pedagogik
texnologiyalarini ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarda qo‘llash hozirgi zamon talablarining biri hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya texnologiyasi –sog‘lomlashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan usul va metodikalar
tizimi bo‘lib, sog'lom turmush tarzini barqarorlashtirish va salomatlikni yaxshilashga qaratilgan
loyihalashtirilgan jarayondir. Jismoniytarbiyatexnologiyasinining komponentlari:
-
Salomatlik tashxisi (diagnostikasi);
-
Salomatlikni tiklanishning shaxsiy maqsadini aniqlash va tavsiflash;
-Maqsadga erishish bosqichlariloyihasi;
-Maxsusmashqmajmua (kompleks)lariniyaratish;
-Mustaqilfaoliyatnitashkiletish;
-Bosqichlarniboshqarish va nazoratqilish.
Talabalar jismoniy tarbiyasining asosiy vazifalaridan biri, kelajakda o'qituvchilik faoliyati jarayonida
bolalarni sog‘ligini mustahkamlash texnologiyasini tarkib toptirishdir [6].O'qituvchining kasbiy faoliyatiga
qaratilgan topshiriqlarga har bir maktab uchun quyidagi mavzular kiritilishi kerak: