Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

P. F. Goryaninov
(1796—1865) hayvonlar bilan o`simliklarning genetik klassifikatsiyasini tuzdi. Uning 
o`simliklar sistemasi 12 ta sinf va 48 ta tartibdan tashkil topgan. Olim tasavvuriga 
ko`ra, oldin lishayniklar, jigarsimon moxlar, so`ngra boshqa moxlar, plaunlar, 
qirqbo`g`imlar, paporotniklar, ochiq urug`lilar va yopiq urug`lilar kelib chiqqan. U 
hayvonlarni ham sistemaga soldi va bunda gradatsiya prinsipiga asoslandi. Uning 
taxminiga ko`ra, o`simliklar bilan hayvonlar bir tarmoqdan kelib chiqgan. Bu 
hayvon o`simlik tarmog`i bo`lib, sodda tuzilishga ega. Tabiat bir butun va doim 
rivojlanishda unda hamma narsa-dastlabki materiyadan to odamgacha kelib chiqish 
genetik jihatdan birlikni tashkil etadi. 
2. Embriologiya fanining taraqqiyoti. 
XIX asrning birinchi yarmida erishilgan va keyinchalik evolyutsion ta’limotni 
asoslash 
uchun 
xizmat 
qilgan 
fanlardan 
yana 
biri 
embriologiyadir. 
embriologiyaning rivojlanishida zoologlardan X. Pander (1794—1865) va K. Berning
xizmatlari kattadir. Pander Volfning embriologiya sohasidagi ishlarini davom 
ettirgan, embrion varaqlari ta’limotining asoschisi, transformist va turlarning 
o`zgarishini himoya qilgan olimdir. U jo`ja rivojlanishining dastlabki 5-kundan 
boshlab 
murtakdagi 
izchil 
rivojlanish 
bosqichlarini 
o`rganish maqsadida 2000 ga yaqin tuxumni tekshirdi va 
oqibatda embrion varaqlari qanday shakllanishini aniqladi. 
Pander tekshirishlari Ber uchun go`yo turtki bo`ldi. Ber 
tadqiqotlari natijasida hozirgi zamon embriologiya faniga 
asos solindi va uning alohida shoxobchasi bo`lgan qiyosiy 
embriologiya yaratildi.

1828-37 
yillarda 
nashr 
etilgan 
«Hayvonlar 
rivojlanishining tarixi» nomli asarida bu sohada olib borgan 
tadqiqot ishlari natijasini umumlashtirdi. Mazkur asar 
chuqur 
prinsipial 
ahamiyatga 
ega 
bo`lib, 
yangi
kashfiyotlarga boy. Ber umurtqali hayvonlarning har xil
sinflariga kiradigan formalarning embrional rivojlani-
ni 
taqqoslab, 
murtaklarning 
o`xshashlik 
qonunini
ta’rifladi:
K.M.Ber 


35 
1. Har qaysi guruhdagi hayvonlarning embrional rivojlanishida yirik hayvon 
guruhlari uchun xos umumiy belgilar embrionda xususiy belgi-xossalardan oldin 
paydo bo`ladi. 
2. Hayvonlarning embrional rivojlanishida ko`proq umumiy belgi - xossalardan 
kamroq umumiy bo`lgan belgi-xossalar paydo bo`ladi. 
3. Har xil sinflarga kiradigan hayvonlar embrional rivojlanishining dastlabki 
bosqichida bir-biriga juda o`xshash bo`ladi, shunga ko`ra ularni bir-biridan farq qilish 
qiyin. Rivojlanishning keyingi bosqichlarida esa ular o`zaro farq qiladi. Turga xos 
xususiy belgi-xossalar embriogenezning oxirlarida paydo bo`ladi. Embriologiya 
sohasida olib borilgan juda ko`p kuzatishlar natijasida ana shunday xulosaga 
kelingan (4-rasm). 
4-rasm.
 Umurtqali hayvonlarning embrional rivojlanishi: A- baliq; B -salamandra; 
D- toshbaqa; E- qush; F - cho`chqa; G - sigir; H - quyon; I- odam embrioni. 
Ber kashf etgan qonunlar keyinchalik evolyutsion ta’limotni asoslashda dalil 
bo`lib xizmat qildi. Ber uqtirishicha, har bir tip o`zgarmas, o`zgaruvchanlik esa 
faqat tip ichida yuz beradi. Uning fikricha, hayvonot dunyosining tarixiy 
rivojlanishini isbotlash uchun dalillar yetarli emas edi. Ehtimol, shuning uchun ham 
Darvin ta’limoti e’lon qilingandan keyin Ber unga qarshi chiqdi. Ber 
tadqiqotlaridagi eng muhim kamchiliklardan biri organizm rivojlanishida hujayraning 
roli haqida tasavvurga ega bo`lmaganligi natijasida urug`lanishni, rivojlanishining 
dastlabki bosqichlarini tushunmasligi edi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish