32
IV
bob
. XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA TABIIYOT
FANLARIDA
ERISHILGAN MUVAFFAQIYATLAR
Tayanch tushunchalar va bilimlar:
Sistematikaning rivoji J.Kyuvening hayvonlar
sistemasi. Lamarkning hayvonlar sistemasi. Embriologiyaning rivoji. Ber qonunlari
Dekandol Gofmeyster tadqiqoti. Hujayra nazariyasi. Fiziologiya va biogeografiya
fanlaridagi kashfiyotlart. Ch. Lyayel tadqiqoti
.
1.
Sistematikaning rivojlanishi.
XVIII asrning birinchi yarmida hayvonlar sistematikasida
Linney sistemasi
hukmronlik qildi. Biroq bu davrda to`plangan zoologiyaga oid ko`pgina
ma’lumotlar Linneyning har bir hayvon turi alohida-alohida paydo bo`lgan, degan
g`oyalariga tamomila qarama-qarshi edi. Natijada zoologiya sistematikasini isloh
qilish zaruriyati tug`ildi.
Lamark Linney sistemasini qayta ko`rib chiqib, hayvonlarning yangi sistemasini
yaratdi. U barcha hayvonlarni «umurtqalilar» va «umurtqasizlar» guruhiga, ularni esa
o`z navbatida 14 ta sinfga va 6 ta pog`onaga ajratdi.
Lamark hayvonlarni sistemaga solishda ko`proq ichki, tashqi organlarning
tuzilishiga e’tibor berdi. Chunonchi, eng sodda ko`rinishda bo`lgan tuban hayvonlar
sifatida infuzoriyalarda qon tomirlar ham, hazm qilish organlari ham bo`lmaydi.
Poliplarda esa hazm qilish organi naydan iborat bo`lib, paypaslagichlari bor og`iz
bilan tamomlanadi. Sistemaning ikkinchi pog`onasida nurlilar va chuvalchanglar
sinfi
kiritilib, ularda hazm qilish organlaridan tashqari, ba’zi boshqa ichki organlar
rivojlangan, lekin ularda ko`z, uzunchoq – zanjirsimon miya, qon tomirlar, oyoq
bo`lmaydi. Uchinchi pog`onaga hashoratlar, o`rgimchaksimonlar sinfi kiritilgan.
Ular bo`g`imoyoqlilar bo`lib, ko`zi boshida joylashganligi, nervlari uzunchoq –
zanjirsimon miyaga to`planganligi bilan xarakterlanadi. Traxeya nafas olish organi
vazifasini bajaradi. O`rgimchaksimonlarda qon aylanish sistemasi sodda tuzilgan.
To`rtinchi
pog`onasidagi
qisqichbaqasimonlar,
xalqalilar,
murtaoyoqlilar,
mollyuskalar, sinfining vakillarida qon
aylanish sistemasi rivojlangan, nafas olish
organlari
esa
takomillashgan,
nervlar
uzunchoq
zanjirsimon
miyaga,
mollyuskalarda esa nerv tugunlariga to`plangan. Bu pog`onadigi hayvonlarda qon
tomirlar arteriya va venalarga bo`linadi. Beshinchi pog`onada baliqlar, reptiliyalar
sinfi joylashgan. Ularning yuragi ikki kamerali (baliqlarda) va uch kamerali
(reptiliyalarda) bo`lgan. Har ikkala holda ham yurak bir bo`lmaga ega, bu hayvonlar
sovuqqonli, nervlari kalla suyagini to`ldirmaydigan bosh miyaga to`plangan.
Oltinchi pog`ona vakillari qushlar, sutemizuvchilar sinfi nerv sistemasining yanada
takomillashganligi, ya’ni nervlar kalla suyagini to`ldiruvchi
bosh miyaga
to`planganligi, yuragi ikki bo`lmadan iboratligi, issiqqonliligi bilan farq qiladi.
Lamark tuzgan hayvonlar sistemasi Linney sistemasiga qaraganda bir qancha
afzalliklarga ega bo`lsada, unda ko`pgina kamchiliklarga yo`l qo`yilgan.
Amfibiyalar bilan reptiliyalar sun’iy ravishda bir sinfga, bir teshiklilar (kloakalilar
— o`rdakburun, yexidna) qushlar sinfiga, bulutlar,
mshankalar, ba’zi pardalilar,
gidroidir poliplar sinfiga kiritilgan edi. Bunday kamchiliklarga qaramay, pog`onali
tuzilishning asta-sekin takomillashishi prinsipiga asoslangan Lamark hayvonot
dunyosining genealogik sxemasini tuzishga muvaffaq bo`ldi. Uning sistemasi va
33
genealogik sxemasi hayvonlar sistemasining keyingi rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko`rsatdi.
Hayvonot sistemasini qayta tuzishda Sent-Iler ham birmuncha hissa qo`shdi. U
hayvonlar bir reja asosida tuzilganligi g`oyasiga asoslanib, 1796 yili birinchi
marta xaltali va yo`ldoshli sut emizuvchilarning o`zaro yaqinligini e’tirof etdi.
1802 yili esa u cho`tka qanotli baliqlar avlodini ta’riflab
berdi va bu bilan suvda
ham quruqda yashaydigan umurtqalilar orasida oraliq forma borligini qayd etdi.
Sent-Iler primatlar turkumidan 18 ta yangi avlod, 15 ta turni ta’riflab berdi va
barcha maymunlarni keng burunli hamda tor burunli xillarga ajratdi. Biroq olim
ayrim hayvonlar sinflarini o`rganish bilan chegaralanib, ular o`rtasidagi filogenetik
bog`lanishlarni yetarlicha aniqlamadi. 1807 yili Sent-Iler
sut emizuvchilar va
umurtqalilarning boshqa sinflariga kiradigan hayvonlar embrionining kalla suyagini
qiyosiy anatomiya usulida o`rganib, umurtqalilarning barcha sinflarini bitta tipga
birlashtirish uchun ilmiy zamin yaratdi.
Hayvonlar sistemasida Kyuve ham katta yutuqlarga erishdi. Bunda u qiyosiy
usuldan keng foydalandi. Uning mulohazasiga ko`ra, hayvonlarni sistemaga solishda
ikkinchi darajali belgilar yoki tadqiqotchi ixtiyori bilan tanlangan belgilar hal
qiluvchi ahamiyatga ega emas. Bunday vaqtda birinchi darajali organlar,
korrelyativ bog`lanishlar va ularning organizm tuzilishidagi ahamiyati,
boshqa
organlar bilan munosabati asosiy mezon qilib olinishi kerak. Masalan, tish
sistemasi o`zgarishi yoki yo`qolishi mumkin, lekin orqa miyaning tuzilishi asli
holicha saqlanadi. Kyuve qayd qilishicha, klassifikatsiya tuzishda eng avval hayvon
organizmining bir butunligini ta’minlaydigan organlar sistemasi asos qilib olinishi
kerak. Bunday organlar sistemasiga birinchi navbatda nerv sistemasi kiradi, chunki
u turli organlar sistemasi o`rtasidagi bog`lanishlarni saqlashda, organizmning bir
butunligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Kyuve hayvonlarning nerv
sistemasi to`rt reja asosida tuzilganligini ta’kidlagan:
1. Nerv sistemasi orqa va bosh miya hamda ulardan ajralib chiqqan
nervlarga ega bo`lgan organizmlar. Bular umurtqalilar —
Do'stlaringiz bilan baham: