Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

 
 
 


25 
 
III
 bob
. J. B. LAMARKNING EVOLYUTSION TA’LIMOTI 
Tayanch tushunchalar va bilimlar :
Lamarkning falsafiy, umumbiologik qarashlari 
uning yirik asarlari. Tur va gradatsiya tashqi muhitini shakllantiruvchi roli haqidagi 
ta’limoti. Birinchi va ikkinchi qonuni

1.
 
Lamarkning falsafiy va umumiy biologik qarashlari. 

Jan Batist Lamark
(1744 — 1829) buyuk Fransuz tabiatshunosi, birinchi 
evolyutsion ta’limotni yaratgan olimdir. 1778 – yilda uning uch tomli 
“Fransiya florasi” nomli asari chop etildi. Bu 
asar olimlar orasida diqqat – e’tiborga sazovor 
bo`ldi va uni ilmiy – jamoatchilikka ma’lum 
qildi hamda yirik botaniklar safidan o`rin 
olishiga imkon yaratdi.
1781 -1782 yillarda Lamark Yevropa bo`ylab 
sayyohat qildi hamda o`sha davrdagi yirik 
botaniklar bilan uchrashdi, botanika bog`lari, 
muzeylar bilan tanishdi. 1783 – yilga kelib, 
Lamark “Hasharotlar va chuvalchanglar” kafe-
drasida ishlay boshladi. O`sha davrda umurtqasiz 
hayvonlar kam o`rganilgan va bu sohada juda 
ko`p chalkashliklar mavjud edi. Zamon taqozosi 
bilan 50 yoshli Lamark yangi mutaxassislikni 
egallab, umurtqasiz hayvonlar bo’yicha tadqiqot
J.B.Lamark ishlarini boshladi va ajoyib muvaffaqiyatlarga 
erishdi. 
Umurtqasiz 
hayvonlarni 
o`rganish 
va 
sinflash 
natijasida 

“Umurtqasizlar” va “biologiya” terminlarni fanga birinchi bo`lib kiritdi. 
Lamarkning evolyutsiyaga doir fikrlari “Zoologiyaga kirish”, (1801) va 
“Zoologiya falsafasi”, (1809) nomli asarida bayon etilgan. 
1797 –yilgacha Lamark turlar o`zgarmaydi, degan g`oyaga ishongan 
bo`lsa, keyinchalik o`z tadqiqotlariga asoslanib, yuqoridagi fikrga tanqidiy 
ko`z bilan qaragan va evolyutsion ta’limotni asoslagan. Lamark zamondoshlari 
uning ta’limotni yetarli baholamadilar. Kyuve unga nisbatan ashaddiy muxolif 
sifatida yo`l tutdi. Lekin turli qiyinchiliklar va xatoliklarga qaramay, Lamark 
fan sohasidagi tadqiqot ishlarini mardonovor davom ettirdi. 
Lamark o`z falsafiy qarashlari bilan XVIII asrda Fransiyada tarqalgan deizm 
oqimiga mansub. Deistlar, bir tomondan, tabiatdagi barcha hodisalar tabiiy 
qonunlar asosida sodir bo`ladi desalar, ikkinchi tomondan, olam dastlab yaratuvchi 
tomonidan yaratilgan degan g`oyani ilgari suradilar. Deizmga asoslangan Lamark 
materialistik tushunchalarni ba’zan deistik tasavvurlar bilan niqoblagan. Uning 
fikriga ko`ra, barcha borliq asosida materiya va tabiat yotadi, materiya haddan 
tashqari mayda zarrachalar— atomlardan tashkil topgan passiv, harakatdan 
mahrum. Lamarkning umumiy biologik qarashlariga ko`ra, tirik mavjudotlar 
anorganik jismlardan bir qancha sifat belgilari bilan tubdan farq qiladi. Tiriklikning 
xilma-xil vakillari, hatto, eng oddiylari ham bir-biridan farq qiladigan qismlardan, 
aksincha, anorganik jismlar esa bir xil massadan ham, har xil massadan ham tashkil 


26 
topgan bo`lishi mumkin, lekin muayyan
shaklga ega emas, tirik jismlar esa 
ma’lum shaklga ega bo`ladi. Tashqi sharoit organik va anorganik tabiatga turlicha 
ta’sir ko`rsatadi: anorganik tabiatni yemiradi, organik formalarni esa quvvatlab, 
ularning tuzilishini saqlaydi. Anorganik massaning kattalashuvi, o`sishi uning 
tashqi yuzasiga yangi qismlar qo`shilishi hisobiga bo`lsa, organizmning 
kattalashuvi esa
 
moddalarning o`zlashtirilishi va organizm tarkibiga kirishi tufayli 
ro`y beradi. Anorganik tabiat oziqlanishga muhtoj emas, organizmlarning yashashi 
uchun esa oziq bo`lishi shart. Embrionning rivojlanishi, nobud bo`lishi tirik 
tabiatga xos, o`lik tabiatda esa bunday hodisalar uchramaydi. Binobarin, o`lik tabiat 
bilan tirik tabiat o`rtasida keskin farq bor. Lamark fikricha, dastlabki sodda tirik 
formalar o`lik tabiatdan o`z-o`zidan paydo bo`lish tufayli vujudga kelgan. 
Xulosa qilib aytganda, Lamark insoniyat tarixida birinchi
bo`lib organik 
olamning tarixiy rivojlanishi haqidagi masalani atroflicha o`rganib, uni ko`p jihatdan 
hal etgan olimdir. Uning ta’limotida evolyutsion nazariyaga bog`liq ko`p masalalar: 
turlarning realligi, o`zgaruvchanligi, organizmlarga tashqi muhitning ta’siri, 
evolyutsiya jarayonida organizm ichki xossalarining ahamiyati, evolyutsiya 
jarayonining yo`nalishlari va evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlar, irsiyat va 
o`zgaruvchanlikning organizmlar tarixiy rivojlanishidagi roli kabilar«Zoologiya 
falsafasi» va keyingi asarlarida qamrab olingan. Bu masalalar ko`pincha to`g`ri hal 
qilinmagan bo`lsada, lekin ularni naqadar ko`pligining o`zi Lamark nihoyatda 
zo`r qobiliyatli tabiyotsunos va nazariyachi bo`lganligidan dalolat beradi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish