Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

4.
 
Tashqi muhitning shakllantiruvchi roli to`g`risida 
Tabiatda gradatsiya hamma vaqt to`g`ri amalga oshavermaydi. Organizmlarga 
tashqi muhit ta’sir qilib, ularning rivojlanish yo`nalishini o`zgartirib turadi. Lamark 
bu fikrni ko`p misollarda isbotlashga harakat qildi. Faraz qilaylik, deydi olim, 
tabiat faqat suv hayvonlarini yaratgan va bu hayvonlar tamomila bir xil sharoitda 
(tarkibi bir, o`zgarmas harorat va chuqurlikdagi suvda) yashagan bo`lsa, bu vaqtda 
biz ideal gradatsiyani ko`rgan bo`lur edik. Haqiqatda esa suvda bir xil va 
o`zgarmas sharoit bo`lmaydi. Suv muhiti tekshirilsa, chuchuk sho`r (dengiz 
suvi), oqmaydigan, oqadigan, sayoz, chuqur, issiq va sovuq suvlar borligi 
ma’lum. Xilma-xil sharoitda yashaydigan va gradatsiyaning bir pog`onasiga 
mansub bo`lgan organizmlar tashqi sharoit ta’sirida o`zgarishi, ayrim hollarda esa 
tanib bo`lmas darajaga aylanishi mumkin. Chunonchi, nam o`tloqda o`sayotgan 
biror o`simlikning urug`i quruq joyga tushib qolsa, u bir necha bo`g`indan keyin asta-
sekin o`zgarishi, keyingi bo`g`inlarda esa keskin farq qiladigan shaklga aylanishi, 
oqibatda botaniklar uni yangi tur sifatida qabul qilishi mumkin. Tashqi muhitning, 
xususan, iqlim, hayot sharoitining uzoq vaqt davomida o`zgarishi hayvonlarning ham 
o`zgarishiga sabab bo`ladi. Tekis joyda tez chopishga moslashgan hayvon 
molxonada yashashga majbur etildi, deb faraz qilaylik. yangi sharoitda u semirib 
ketadi, kuchini va chaqqonligini yo`qotadi. 5—6 yil qafasda asralgan qush ozod 
qilinsa, erkinlikdagi boshqa qushlar kabi ucha olmaydi. Bularning hammasi sharoit 
oz-ozdan o`zgarishining ta’siri natijasidir. Agar o`zgargan sharoit bir necha bo`g`in 
davomida ta’sir etsa va unga iqlim, oziq hamda muhit boshqa sharoitining 
o`zgarishi ham qo`shilsa, u holda tamomila o`zgargan organizmlar vujudga keladi. 
Tashqi muhit organizmlarga qanday ta’sir ko`rsatadi? Ta’sirlanish va 


29 
harakatlanish organizmlarning muhitga bo`lgan munosabatini aniqlashda asosiy o`rin 
egallaydi. Lamark muhit ta’siriga javob reaksiyasiga qarab, barcha organizmlarni 3 
guruhga bo`lgan. Birinchi guruhga o`simliklar kiritilib, ular ta’sirlanish va 
harakatlanish xususiyatiga ega emasligi qayd etiladi. Ikkinchi guruhga tashqi ta’sir 
natijasida harakatlanuvchi, lekin o`z xohishi bilan harakatlana olmaydigan sodda 
hayvonlar (infuzoriyalar, poliplar, nurlilar va chuvalchanglar)ni kiritadi. Uchinchi 
guruhga nerv sistemasi yuksak darajada tuzilgan, takomillashgan sezuv organlari 
bo`lgan va o`z xohishi hamda tashqi muhit ta’sirida harakatlana oladigan barcha 
boshqa hayvonlarni kiritadi. Tashqi muhit organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir 
ko`rsatishi mumkin.
Tashqi muhit o`simliklar va tuban hayvonlarga bevosita ta’sir ko`rsatganda 
undagi har qanday o`zgarish o`simlik qismlarining rivojlanishiga kuchli ta’sir etishi, 
ba’zi qismlarining hosil bo`lishiga, boshqalarining kuchsizlanib, hatto yo`qolib 
ketishiga sabab bo`ladi. Masalan, suv ayiqtovonining suv ichidagi barglari qirqilgan 
qaychibarg, tola — ipsimon shaklida bo`lib; suv yuzasidagi barglari esa enli
shapaloq-shapaloq va panjasimondir. Bu o`simlik nam yerda o`ssa, poyasi qisqa va 
barglari qirqilmagan bo`ladi, shakli ipsimon bo`lmaydi. Uni botaniklar boshqa tur —
sifatida ta’riflaydilar (3-rasm). Nerv sistemasi takomillashmagan tuban 
hayvonlarga ham tashqi muhit bevosita ta’sir ko`rsatadi. Nerv sistemasi 
takomillashgan hayvonlar esa muhitning o`zgarishidan bilvosita ta’sirlanadi. 
Muhitning uzoq davom etgan o`zgarishi hayvonlar hayotiga ta’sir etib, avval 
ularning talabini o`zgartiradi. Talabning o`zgarishi esa shu talabni qondirish 
maqsadida qilingan harakatlarning o`zgarishiga olib keladi. Bunday sharoit 
saqlanganda hayvonlarning hulq-atvori o`zgaradi Bu, o`z navbatida, hayvonlarning 
ba’zi organlari mashq qilishiga,
boshqalari mashq qilmasligiga sabab bo`ladi. Mashq 
qiladigan organlarga oziq moddalar ko`p kelib turgani uchun, ularning ko`lami 
ortadi. 
3-rasm
. Suv ayiqtovoni. (Ranunculus aquaticus) 


30 
Aksincha, mashq qilmaydigan organlarga oziq moddalar kamroq kelishi sababli 
ular kuchsizlana boradi va rivojlanmaydi.
 
Tashqi 
muhitning 
organizmlarga
ko`rsatadigan ta’siri haqida Lamark quyidagi 2 qonunini ta’riflaydi. 
L a m a r k n i n g b i r i n c h i q o n u n i . « O ` z r i v o j l a n i shining nihoyasiga 
yetmagan har qanday hayvonda qanday bo`lmasin biror organning bir qadar tez-tez 
va uzoq ishlatilishi shu organni oz-ozdan mustahkamlab, rivojlantirib, kattalashtirib 
boradi va unga uzoq ishlashi uchun kifoya qilarli kuch-quvvat beradi». 
Shu bilan birga boshqa biror organning doim ishlatilmasligi uning asta-sekin 
susayib, juda zaiflashib qolishiga olib keladi, qobiliyatini pasaytiradi va 
pirovardida, uning yo`qolib ketishiga sabab bo`ladi». 
L a m a r k n i n g i k k i n c h i q o n u n i . « T a b i a t i n d i vidlarni qadimdan yashab 
kelgan sharoit ta’siri ostida va binobarin, ma’lum organning ko`proq ishlatilishi yoki 
ma’lum organning doim ishlatilmasligi ta’siri ostida shaxslarni nimaiki hosil 
qilishga yoki yo`qotishga majbur etgan bo`lsa, agar endigina kasb qilingan 
o`zgarishlar ikkala jins yoki yangi naslni hosil qilgan shaxslar uchun umumiy bo`lsa, 
shularning hammasini dastlabki formalardan paydo bo`lgan yangi shaxslarda 
ko`paytirish yo`li bilan saqlaydi». 
Lamark ushbu qonunlarning to`g`riligini isbotlash maqsadida bir qancha 
misollar keltiradi. Masalan, o`rdak, g`oz va suvda yashovchi boshqa qushlarning, 
shuningdek baqa, dengiz toshbaqasi, qunduz va boshqa hayvonlarning barmoqlari 
orasidagi suzgich pardalar suzish jarayonida barmoqlar uzluksiz harakatlanishi 
natijasida paydo bo`lgan, qirg`oqda yashovchi qushlar oyog`ining va bo`ynining 
uzun bo`lishi ham ko`p harakatlanish natijasidir, chunki bu qushlar suzishni uncha 
xohlamagan, lekin o`lja uchun qirg`oq chetida uzoq vaqt turishga majbur 
bo`lgan va ular doim -botqokqa botib ketish xavfi ostida bo`lgan. Ular doim o`z 
oyoqlarini cho`zishga va uzaytirishga intilgan, ov qilayotganda gavdasi 
namlanmasligiga harakat qilgan va oqibatda ularning oyoqlari, bo`yni uzun bo`lib 
o`sgan. 
Shuningdek, Afrikaning o`t o`simliklarga boy bo`lmagan qismida yashaydigan 
jirafalar ham daraxt barglari bilan oziqlanishga majbur bo`lgan va doim daraxt 
barglarini tishlab yulib olishga intilib, mashq qilgan. Bular bo`yni va oldingi 
oyoqlarining uzun bo`lib o`sishiga sabab bo`lgan. 
Organlarning mashq qilmasligi (ishlatilmasligi) ular degradatsiyasiga va 
yo`qolib ketishiga sabab bo`ladi. Chunonchi, ilonlar yerda sudralishga va tor 
joylardan o`tishga odatlangani uchun tanasi uzun bo`lib, oyoqlari reduksiyalanib 
ketgan. yer tagida yashagani uchun yumronqoziqning ko`zi kam rivojlangan, 
ko`rsichqonda esa ko`z butunlay yo`qolib ketib, uning qoldig`i teri ostida 
yashiringan bo`ladi. 
Lamark har bir organning rivojlanish darajasi uning bajarayotgan funksiyasiga 
bog`liq ekanligini to`g`ri ta’kidlagan. Uning ikkinchi qonuni XIX asrning oxiri va 
XX asr boshlarida lamarkizm tarafdorlari va muxoliflari o`rtasidagi munozaraga 
sabab bo`ldi. 
Lamark biologiyada muhim masala hisoblangan organizmlarning individual 
rivojlanishida kasb etilgan, ya’ni tug`ma bo`lmagan xossalarning irsiylanishi 
masalasini kun tartibiga qo`ygan bo`lsada, lekin uni juda oddiy ravishda tasavvur 
etib, to`g`ri hal eta olmadi. U filogenezda mustahkamlangan xossalar bilan 


31 
o`zgaruvchanlikni teng ma’noda tushundi. Lamark davrida o`zgaruvchanlik 
mexanizmlari yaxshi o`rganilmaganligi e’tiborga olinsa, bu sohada yo`l qo`yilgan 
kamchilikning 
sababi 
ravshanlashadi. 
Lamark 
tomonidan 
ilgari 
surilgan 
o`zgaruvchanlik muhit ta’siriga adekvat bo`ladi, shaxsiy rivojlanishda vujudga 
kelgan har qanday o`zgaruvchanlik kelgusi bo`g`inlarga beriladi, degan mulohaza 
ishonchsiz ekanligi keyinchalik isbotlandi. Biologiya sohasida to`plangan juda ko`p 
dalillar organlarning mashq qilish-qilmasligi ma’lum belgilarning kelgusi bo`g`inga 
berilishi yoki yo`qolishiga ta’sir etmasligini isbotlaydi. A. N. Seversov ko`rsatishicha, 
ko`zning yo`qolishi yorug`da yashovchi organizmlarda ham yuz berishi, aksincha, 
juda chuqur g`orlarda yashovchi formalar orasida ko`zi yaxshi rivojlangan hamda 
reduksiyaga uchragan formalar uchrashi mumkin. Yorug`da yashovchi hayvonlar 
orasida ko`zsiz formalar vujudga kelishi o`zgargan formalarning halokati bilan 
tugaydi. G`orlarda yashaydigan hayvonlarga muayyan o`zgaruvchanlik hech 
qanday zarar yetkazmaydi, hatto u foydali ham bo`lishi mumkin. 
Lamarkning odam paydo bo`lishi to`g`risidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir. 
U odam tabiatning bir qismi, uning tanasi moddiy va boshqa tirik mavjudotlarga 
o`xshab, tabiat qonunlariga bo`ysunadi; «Odamning tana tuzilishi boshqa sut 
emizuvchi hayvonlarnikiga o`xshash» deydi. Odam maymunga eng yaqin
ekanligini ta’kidlash bilan birga, ularning anatomik tuzilishida, masalan, kallasining 
tuzilishi, gavdasining vertikal holati, oldingi va orqa oyoqlarining tuzilishida o`ziga 
xos farqlar borligini, shunga ko`ra, odam alohida avlod va turga kirishini aytadi.

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish