179
har xil narsa bilan oziqlanuvchi baliqlarda uchraydigan turg`un yoki davriy
kannibalizm (o`z turiga xos urug`ni, chavoqlarni yeyish) da ham uchraydi.
Keyingi hodisa yirtqich qushlar va boshqa hayvonlarda ham tez-tez kuzatilgan.
Kannibalizm tur ichidagi ochiq antagonistik munosabatlarga misol bo`lsa ham, lekin
ba’zi hollarda (oziq yetishmaganda yoki jinsiy tomondan voyaga etgan ko`pchilik
organizmlarning o`lish imkoniyati ro`y berganda) oziqlanishning
bu usuli turning
yashab qolishiga qaratilgan bo`ladi.
Tabiatda kannibalizmning ajoyib holatlari uchraydi. Amerika salamandralarida
erkak organizm naslini himoya qilish bo`yicha yaxshi ifodalangan instinktga ega.
Shuning uchun ular urg`ochilari qo`ygan tuxumni inkubatsiya davrida hech qayoqqa
qo`zg`almay qo`riqlaydi. Ayni bir vaqtda ular och qolgan taqdirda o`zi qo`riqlayotgan
tuxumning bir qismini yeb qo`yadi, binobarin, bu moslanishda bir-biriga qarama-
qarshi ikki hodisa — kannibalizm va nasl uchun qayg`urish o`z ifodasini topadi.
Tur ichidagi munosabatlarning qarama-qarshiligini tajribada ham kuzatish
mumkin. Drozofila lichinkalari ma’lum
zichlikda joylashsa, oziq muhitini egallash
uchun o`zaro raqobatda bo`ladi, Lekin oziq ustini yumshatish orqali, chamasi, ular o`z
dushmani bo`lgan zamburug` va bakteriyalarning rivojlanishiga to`sqinlik qiladi va
shu bilan bir-biriga ko`maklashadi.
33-rasm.
Qushlar orasidagi o`zaro yordam. Pomorniklar tulkiga xujum
qilmokda.
G`o`za chigiti uyalarga bittadan ekilsa, unganda qatqaloqni yorib chiqa olmaydi
va nobud bo`ladi. Mabodo, bir uyaga 8—10 ta chigit ekilsa,
maysalar qatqaloqni
bemalol yorib chiqadi. Lekin keyinchalik oziq hamda yashash maydoni yetishmasligi
tufayli ular o`rtasida keskin raqobat ro’y beradi.
Tur va populyatsiya ichidagi organizmlar soni turga xos moslanish hisoblanadi.
Turga mansub organizmlarning uzoq vaqtgacha son jihatdan orta borishi tur gullab-
yashnayotganligining, aksincha, ular sonining kamayib borishi turning moslanishi
susayayotganligining yoki tur nobud bo`layotganligining ko`rsatkichi hisoblanadi. Bir
180
turga mansub organizmlarning son jihatdan ko`payishi va uning evolyutsiya uchun
ahamiyati haqida xar xil fikrlar bor. Darvin va uning safdoshlari organizmlarning son
jihatdan ortib ketishi evolyutsiya uchun katta ahamiyatga ega bo`lsa ham, biroq u
tabiiy tanlanishning yagona omili emas, deb hisoblaydilar.
34-rasm.
Dengiz mushuklarida tur ichidagi asosiy munosabatlar (u dam olayotgan
vaqt).
Aksincha, A. Uolles, K. Timiryazevlar esa organizmlarning
haddan tashqari
ko`payib ketishiga tabiatda tanlanishning zarur omili, deb qayd qildilar. Uchinchi
gruppa olimlar (I. I. Mechnikov) tabiatda organizmlar haddan tashqari ko`payishi
mumkin, lekin bu evolyutsiyani to`xtatib qo`yadi, degan edilar.
Ko`pgina mualliflar (N.G.Chernishevskiy, L.S. Berg) esa organizmlarning
haddan tashqari ko`payib ketishi salbiy ahamiyatga ega, chunki bu organizmlarni
ko`plab
nobud qiladi, deb e’tirof etdilar. Ayrim olimlar asarida organizmlarning
haddan tashqari ko`payib ketish hollari, o`simliklar rivojlanishining ma’lum
bosqichida hayvonot olamining esa tuban bosqichida ro`y beradi, biroq
evolyutsiyaning asosiy yo`nalishi uning ishtirokisiz vujudga keladi, deb ta’kidladi.
Lekin bu hodisa ba’zi olimlar (J. Lamark, T. Lisenko) tomonidan inkor etildi.
Shmalgauzen fikricha, bu hodisa muayyan turga
mansub organizmlar soni
dinamikasining xususiy hodisasi bo`lib, tor doirada ixtisoslashishga, serpushtlikning
qisqarishiga, progressiv evolyutsiya imkoniyatining kamayishiga, sur’atining esa
pasayishiga olib keladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko`rinib turibdiki, organizmlarning haddan
tashqari ko`payib ketishi to`g`risida aytilgan fikrlar bir-biriga qarama-qarshidir.
Hozirgi zamon biologiya fanida to`plangan dalillar Ch. Darvin va I. Shmalgauzenning
yuqorida qayd qilingan tasavvurlariga ko`proq yaqin .
Aslini olganda, tabiatda
organizmlarning haddan ziyod ko`payib ketishini bartaraf etuvchi ko`p biotik va
abiotik omillar bor. Shu omillar ta’siri tufayli o`simliklar urug`i, hayvonlar tuxumi,
zigotalar, lichinkalar ko`plab nobud bo`ladi. Lekin bunday hodisalarga asoslanib,
organizmlarning haddan tashqari ko`payib ketish hollari tabiatda uchramaydi,
degan
181
xulosaga kelish aslo noto`g`ridir. Turga mansub organizmlarning haddan ziyod
ko`payishi o`zgaruvchanlik xarakteriga, tanlanish yo`nalishiga ta’sir etadi. Shu tufayli
u evolyutsiya ahamiyatiga ega. Xulosa qilib aytganda, tur ichidagi organizmlarning
o`zaro munosabati murakkab va turli-tumandir. Lekin shunga qaramay, u adaptiv
xarakterda bo`lib, turni saqlashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: