Genetika va evolyutsion


 Tur ichidagi munosabatlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

5. Tur ichidagi munosabatlar. 
Tur ichidagi munosabatlar bir turga kiruvchi organizmlarning va turning tuzilish 
elementlari orasidagi xilma-xil munosabatlarni qamrab oladi va tur polimorfizmini 
ifodalaydi. Bu munosabatlar tarixiy rivojlanish jarayonida vujudga kelgan bo`lib, 
turning ma’lum makon va zamonda bir butunligini saqlashda o`z ta’sirini ko`rsatadi. 
Tur ichidagi munosabatlarni keng ma’noda tushunish lozim. Chunki u 
organizmlarning turli yosh bosqichlari (gametalar, zigotalar, murtaklar, lichinkalar va 
har xil yoshli organizmlar)ni o`zida birlashtiradi. Xarakter jihatdan u turg`un, davriy 
va epizodik bo`lib, individual, gruppa ichida, gruppalararo munosabatlarni o`zida 
mujassamlashtiradi. Tur ichidagi munosabatlar turg`un hamda o`zgaruvchan bo`ladi. 
Turg`un 
munosabatlar nasldan-naslga 
o`tadigan irsiy 
jihatdan 
mustahkam 
munosabatlardir. O`zgaruvchan munosabatlar esa qisqa vaqt ichida vujudga keladi. 
Tur ichidagi munosabatlar evolyutsion ahamiyatga ko`ra bir-biridan keskin farq qiladi. 
Ulardan ba’zilari turning bir butunligini ta’minlagani holda, boshqalari uning 
evolyutsiya 
jihatdan 
o`zgarishiga 
qaratiladi. 
Tur 
ichidagi 
munosabatlarni 
klassifikatsiyalashda olimlar har xil prinsipga asoslanadilar. Masalan, Zavadskiy tur 
ichidagi munosabatlarni aniqlaganda, ularning turni qayta hosil qilishdagi ahamiyatini 
e’tiborga olish zarur degan. Shunga ko`ra, tur ichidagi munosabatlarni asosiy va 
hosilali munosabatlarga bo`lgan. Tur ichidagi asosiy munosabatlar deganda, mazkur 
turga mansub organizmlarning bevosita munosabatlari tushuniladi. Bularga urchish 
davrida ikki jinsga mansub organizmlar orasidagi munosabat, ota-ona organizmlarning 
yangi naslni voyaga yetkazishga doir moslanishlari kompleksi, har xil yoshdagi 
organizmlar o`rtasidagi populyatsiya sonini saqlashga qaratilgan xilma-xil (turg`un, 
faslga qarab to`planish, poda, gala, yosh organizmlarni himoya qilishni ta’minlash, 
oziqdan foydalanishni yaxshilash, dushmanlardan himoya qilish, migratsiya kabi) 
munosabatlarni misol qilib keltirish mumkin. Organizmlar o`rtasidagi bunday 
munosabatlar bo`g`inlarning almashinib turishini, populyatsiyalar sonini ma’lum 
darajada saqlash imkoniyatini vujudga keltirgani sababli, tur mavjudligining asosini 
tashkil etadi. Tur ichidagi asosiy munosabatlarning takomillashishi evolyutsiyaning 
eng muhim qonuniyatlaridan biridir. 
O`simliklarda ham tur ichidagi xilma-xil munosabatlar organizmlarning yangi
nasl qoldirishini bevosita belgilab beradi. Changlanish usuli, urug`lanishda tanlanish
spora va urug`lar himoyalanishning xilma-xil usullari shular jumlasidandir. Tur 
ichidagi munosabatlarni eng qulay va evolyutsion jihatdan samarali sistemalarga ega 
bo`lgan turlarda jadal adaptiv radiatsiya amalga oshiradi. 
Tur ichidagi munosabatlarning takomillashishi tufayli bir turga mansub 
organizmlarning bir-biriga nisbatan xilma-xil moslanishlari vujudga keladi. Masalan, 
qushlarda qo`yilgan tuxum soni, sut emizuvchilarda yangi tug`ilgan bolalarning soni 
tabiiy tanlanish ta’siri bilan oziq miqdoriga qarab ma’lum darajada saqlanadi. Bu 
hodisa koloniya bo`lib yashaydigan hasharotlarga ham xos. Chunonchi, termitlarda 


177 
ko`payishning birinchi yili, ya’ni hali ishchi organizmlar ko`paymagan faslda ona 
organizm atigi 20 ta tuxum qo`yadi. Koloniyadagi organizmlar soni ortgandan keyin 
esa ularning soni bir kunda 7000 ga yetadi. 
Turning qayta ko`payishi, undagi organizmlar sonini saqlash bilan bevosita 
bog`liq bo`lmagan, tur ichidagi asosiy munosabatlar zaminida vujudga kelgan 
munosabatlar hosila tarzidagi munosabatlar deb qaraladi. Chunki ular muayyan turga 
mansub organizmlarning qayta ko`payishiga va soniga bilvosita ta’sir ko`rsatadi. O`z 
xarakteriga ko`ra, bunday munosabatlar yo davriy, yo epizodik bo`ladi. Tur ichidagi 
hosila tarzidagi munosabatlar, odatda, ma’lum maydonda tarqalgan populyatsiyaga 
mansub organizmlar sonining ortib ketishi hisobiga rivojlanadi. Populyatsiyaga 
mansub organizmlar sonining ortib ketishi ular o`rtasidagi o`zaro raqobatning 
kuchayishiga hamda ontogenezning turli bosqichlarida bir gruppa organizmlarning 
intensiv ravishda nobud bo`lishiga olib keladi. Bu hodisa o`simliklar urug`i zich 
ekilganda va daraxt ko`chatlari zich o`tkazilganda namoyon bo`ladi. Ba’zi hasharotlar 
sonining keskin ortib ketishi tufayli lichinkalar yoppasiga nobud bo`ladi. Tur ichidagi 
hosila tarzidagi munosabatlar xar xil instinktlar, reflekslar, o`zini-o`zi saqlash, oziqda 
ega bo`lish, uni qo`riqlash, himoyalanish asosida amalga oshadi. Ular populyatsiya 
to`lqiniga bevosita bog`liq emas. 
Organizmlar integratsiyasi tufayli bir organizmning ikkinchi organizmga 
tobeligining ortishi hamma vaqt evolyutsiya jihatdan samarali bo`lmaydi. Masalan, 
koloniya bo`lib yashaydigan hasharotlarda (chumolilar, arilar, termitlarda) funksiya 
jihatdan tabaqalanish ba’zi bir organizmlar guruhini amalda koloniyaning 
«organ»lariga aylantirib qo`yadi.Oqibatda bu holat turlarning progressiv evolyutsiya 
bo`yicha rivojlanishini bartaraf etadi. Individlarning o`ta ixtisoslashishi natijasida 
koloniyaning birorta funksiyasini bajarish layoqati populyatsiya hosil etishda 
organizmlarning teng ahamiyatga ega bo`lishini saqlashga qaraganda kam samara 
beradi. 
Xulosa qilib aytganda, tirik tabiatda organizm uyushmalari (to`dalar) xilma-
xildir. Ular o`z tarkibiy qismlarining miqdori, yashash vaqti, ichki munosabatlari 
hamda turg`unligi va boshqa xossalari bilan bir-biridan farq qiladi. Bunday to`da bir 
jinsli yoki har xil jinsli, bir xil yoshli yoki xar xil yoshli organizmlardan tashkil 
topadi, Organizmlar to`dasi uzoq muddatli yoki qisqa muddatli bo`ladi. Hayvonlarda 
qisqa muddatli to`dalanish oila, gala, koloniya shaklida namoyon bo`ladi. Qisqa 
muddatli to`dalanish bir yoki bir necha funksiyani bajarish bo`yicha yuqori darajadagi 
moslanishlarni namoyon etadi. V. B. Shulik ma’lumotlariga ko`ra, qushlar galasi 
uchishda, baliqlar to`dasi harakatlanishda shunday bir mexanik sistema hosil qiladiki, 
u ayrim organizmlarning to`dadan qolib ketishiga to`sqinlik qiladi. Odatda, g`anim 
organizmlarning vaqtincha to`planishi, ularni yirtqichlardan himoya qilishga yordam 
beradi. Masalan, qashqaldoqlar yirtqich paydo bo`lishi bilanoq bir joyda to`planib, 
oyoqlari bilan suvni shapillatib fontan hosil qiladi. Bu esa ayrim organizmlarni 
dushman farqlay olmasligiga qaratilgan. Otlar esa yirtqich hayvonlar paydo bo`lishi 
bilanoq to`planishib, boshlarini oldinga, keyingi oyoqlarini orqaga qilib, doira hosil 
qiladi hamda keyingi baquvvat oyoqlari bilan dushmandan o`zini himoya qiladi. Har 
xil o`simlik, hayvonlar turidagi organizmlar orasidagi ma’lum munosabatlar bevosita 
yoki bilvosita ravishda turga mansub organizmlarning ko`payishiga va yashab 
qolishiga ta’sir ko`rsatadi. Bu munosabatlar ko`p hollarda tur uchun umumiy bo`lgan 


178 
adaptatsiyalarni ifodalaydi. Tur ichidagi munosabatlar xarakteri bo`yicha o`zaro 
kurash, raqobat, hamkorlik, yordam formasida ro`y beradi. Individual va gruppa 
o`rtasidagi kurash, raqobat, o`zaro yordam va hamkorlik ko`pincha biri-ikkinchisiga 
o`tib turadi va bir hodisaning har xil ko`rinishi sifatida namoyon bo`ladi (32, 33-
rasmlar).Organizmlar o`rtasidagi munosabatlarning ijobiy va salbiy tomoni bor. Buni 
dengiz mushuklarining poligam oilalarida ko`rish mumkin. Bu holatda poligamlik 
turga mansub organizmlarning optimal sonini belgilash bo`yicha moslanish 
hisoblanadi. Biroq bu moslanishning salbiy tomonlari ham bor. Yangi tug`ilgan 
dengiz mushuklarida erkak va urg`ochi formalarning o`zaro nisbati 1:1 ga teng bo`lib, 
voyaga etgan organizmlarda esa 30—50 ta urg`ochiga bitta erkagi to`g`ri keladi. Olti 
yoshgacha erkak va urg`ochi formalar bir xil nisbatda nobud bo`ladi. Yetti yoshdan 
so`ng, ya’ni erkaklari to`la boshliq bo`lish uchun o`zaro kurash boshlaganidan keyin 
o`lish birmuncha ko`payadi va erkaklari to`da soniniig ⅓ ga to`g`ri keladi (34-rasm). 
Jinsiy tanlanish tufayli eng kuchli erkak individlar saqlana boradi. Bu esa jinsiy 
dimorfizmning keskin ifodalanishiga olib keladi. 
32-rasm.

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish