Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

Ekologik-geografik mezon
har bir turning mustaqil arealga ega bo`lish 
xossasiga asoslanadi. Arealning hajmi, shakli va biosferadagi o`rni, turga mansub 
organizmlarning tashqi muhit omillari bilan o`zaro munosabatlari turning muhim 
xossalaridan hisoblanadi. 
Tabiatda bir avlodga mansub turlarning areali alohida yoki ma’lum darajada 
qo`shilib ketgan bo`ladi. Alohida arealga ega bo`lgan turlar allopatrik, areali bir-
birinikiga qo`shilib ketgan yoki o`xshash arealga ega turlar simpatrik turlar deb 
nomlanadi. Biroq turlarni aniqlashda ekologik-geografik mezon ham universal mezon 
hisoblana olmaydi. Buning sababi, birinchidan, simpatrik turlarda areal o`zaro 
qo`shilib ketganligi, ikkinchidan, kosmopolit turlarda areal juda keng maydonni 
ishg`ol qilganligi, uchinchidan, organizmlar juda tez tarqaladigan turlarda areal 
tushunchasi o`z ma’nosini yo`qotishidir. Odam ta’siri natijasida landshaftlarning 
o`zgarishi bilan uy pashshasi, ko`pgina begona o`tlarning keng tarqalganligini bunga 
misol qilib keltirish mumkin. 
Genetik mezon
. Bu mezon xar xil turga mansub organizmlar mustaqil 
genofondga, genetik sistemaga, kariotip — xromosomalar miqdoriga, morfologiyasiga 
ega ekanligiga asoslanadi. Chunonchi, bug`doyning, masalan, 14 ta xromosomali 
Triticum monococum, 28 ta xromosomali Tritcum durum va 42 ta xromosomali 
Tritcum vulgare turlari mavjud. G`o`zaning ham 26 ta va 52 ta xromosomali turlari 
ko`p uchraydi (31-rasm). Har xil turga mansub organizmlar ba’zan xromosomalar 
soniga ko`ra o`xshash bo`lsa ham, lekin morfologiyasi jihatdan o`zaro farq qiladi. Shu 
sababli ba’zan xromosomalar soni teng bo`lgan turlar chatishmaydi yoki chatishsa 
ham normal nasl bermaydi. Masalan, karam bilan turpda 18 tadan xromosoma 


173 
bo`lishiga qaramay, ular juda qiyinchilik bilan chatishadi va birinchi bo`g`in 
duragaylar pushtsiz bo`ladi. Har bir turga mansub organizmlar evolyutsiya jarayoni 
tufayli genetik tomondan birlikni hosil qilib, boshqa turlardan alohidalashgan 
(mustaqil) bo`ladi. Shu sababli, bir turga mansub populyatsiyalar morfologik 
jarayondan farq qilsada, o`zaro chatishadi. Bu ularning genetik jarayondan o`zaro 
yaqinligidan dalolat beradi. Genetik birlik biogeosenozda har bir tur alohida o`ringa 
ega ekanligida, tabiatda tamomila o`xshash adaptatsiyaga ega ikki tur uchramasligida 
ham namoyon bo`ladi. Ko`pincha, turlarni farq qilishda yuqorida qayd qilingan 
mezonlardan biri asos qilib olinadi.
31-rasm.
 G`o`zaning Gos. hirsutum. (A) va Gos. herbaceum (B) turi
xromosomalarining soni va shakli. 
Mayr fikricha, turga baho berishda qo`llaniladigan amaliy konsepsiyada bilimdon 
sistematikning muloxazasi diqqat markazda turadi. Albatta, bu sub’ektiv mezon. 
Shunga qaramay, u sistematikning ishi uchun qulaylik tug`dirsa ham, turlarning paydo 
bo`lishini nazariy jihatdan muhokama, qilish uchun yaramaydi. Bu konsepsiya 
to`g`risida Darvin ham gapirib o`tgan. U qayd qilishicha, biror formani tur yoki tur 
xiliga kiritishda boy tajribaga ega bo`lgan to`g`ri fikr yurituvchi sistematikning 
mulohazasi e’tiborli yagona mulohaza hisoblanadi. Amaliy tur sistematik turdan 
boshqa narsa emas. Binobarin, yuqorida qayd qilingan mezonlardan birontasi 
universal mezon hisoblanmaydi. Turlarni aniqlashda ularning hammasidan yoki 
ko`pchiligidan foydalanish yo`li bilan turlarni kenja turlardan farq qilish mumkin. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish