Genetika va evolyutsion


 Agam va klonal formalarda tur tushunchasining o`ziga xosligi



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

3. Agam va klonal formalarda tur tushunchasining o`ziga xosligi. 
Tur tushunchasi keng ma’noda jinsiy ko`payish bilan bog`liq. Agam, ya’ni 
jinssiz, shuningdek, obligat, vegetativ, partenogenetik ko`payuvchi hamda o`z-o`zini 
urug`lantiruvchi organizmlarda bir qancha klon yoki shu bilan birga bir-biriga bog`liq 
bo`lmagan sof liniyalar uchraydi. Bunday formalar sistematik kategoriyalarga 
birlashtirilganda turlarni farq qilish uchun qo`llaniladigan organizmlarning chatishishi 
mezon tarzida o`z mavqeini yo`qotadi. To`g`ri, tur haqida fikr yuritilganda, u 
biogeosenozda ma’lum o`rin egallagan genotipik sistema deb ta’riflandi. Shunga 
ko`ra, u umumiy evolyutsion taqdirga ega. Binobarin, agam formalarda turga o`xshash 
ekvivalent tushunchani qo`llash mumkin. Lekin jinsiy yo`l bilan ko`payadigan va 
agam formalarda tur tushunchasining muhim tomonlarini qamrab olgan yagona 


174 
ta’rifni qo`llash nihoyatda mushkul. Chunki chatishtirish va uning oqibatida ro`y 
beradigan genlar rekombinatsiyasi evolyutsiya jarayonining eng muhim asoslaridan 
biridir. 
Agam 
va 
klonal 
formalardagi 
tur 
tushunchasidagi 
qiyinchilik 
taajublantirmasligi kerak. Axir vegetativ ko`payish, partenogenez va o`zini-o`zi 
urug`lantirish hech qachon mutloq obligat hisoblanmaydi. U shu yo`nalishda 
ixtisoslashgan guruhlarda ikkilamchi hodisadir. Mikroorganizmlarda va ba’zi 
bakteriyalarda agamiyaning birlamchiligi va mutlaq obligatligi haligacha to`liq 
isbotlanmagan. Har holda nazariy evolyutsiya va sistematik filogeniya nuqtai 
nazaridan qaraganda, jinsiy yo`l bilan ko`payadigan organizmlarda tur tushunchasini 
qat’iy ravishda ta’riflash katta ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda tabiiy 
tanlanishning ozmi-ko`pmi o`xshash sharoiti ta’sirida faqat jinsiy yo`l bilan 
ko`payadigan formalarda emas, balki keng ma’nodagi agam formalarda ham analogik 
(o`xshash) taksonlar shakllanishi mumkinligini yoddan chiqarmaslik kerak. Biroq 
agam organizmlardagi kenja tur, tur va avlodlarning jinsiy yo`l bilan urchiydigan 
formalarida shunga o`xshash kategoriyalar bilan o`xshatishga urinish, shubhasiz
shartlidir. 
Shunday qilib, tur ta’rifini barcha organizm guruhlariga xos keladigan qilib 
takomillashtirish va bunda tuban taksonlarni tahlil qilish uchun qulay hisoblangan 
sistematik, morfologik-fiziologik, biogeografik va biologik mezonlarni e’tiborga olish 
zarur. Agam formalarda esa ularga mos taksonlarni belgilash sohasi bo`yicha 
morfologik-fiziologik, ekologik mezonlarni qo`llash maqsadga muvofiq. Ular 
yordamida jinsiy yo`l bilan ko`payadigan organizmlardagi kenja tur tushunchasiga 
ekvivalent bo`lgan tuban taksonlarni agam formalarda aniqlash mumkin.

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish