Ayirish sistemasi 2 yoki 4 ta buyrakdan iborat. Buyraklarning ichki uchi selom
perikardiysiga, ikkinchi uchi mantiya bo‘ shlig‘iga ochiladi.
Nerv sistemasi. Boshoyoqlilarning markaziy nerv sistemasi juda murakkab tuzilgan. Nerv
gangliylari juda yirik bo‘ ladi. Ularning hammasi birgalikda halqum atrofi nerv massasini hosil
qiladi. Birmuncha tuban boshoyoqlilar (nautilus)ning markaziy nerv sistemasi uchta kalta nerv
yoyi (halqumusti, 2 xalqumosti) ni hosil qiladi. Nerv hujayralari yonbosh nervlilar singari nerv
yoylari ustida joylashgan.
Sezgi organlari juda yaxshi rivojlangan. Hid bilish organlari jabralar asosida joylashgan
osfradiylar yoki ko‘ zlar ostida joylashgan bir juft mayda hid bilish chuqurchalaridan iborat. Ular
hidni 1,5 m masofadan sezishi mumkin. Tog‘aydan iborat bir juft statotsistlari bosh chanog‘i
ichida joylashgan.
Ko‘zlari murakkab tuzilgan ikkita yopiq yirik pufak shaklida bo‘ lib, ko‘z chuqurchasi
ichida joylashgan. Chuqurcha teshikcha orqali tashqi muhit bilan bog‘langan. Ko‘z chuqurchasi
ichki devori to‘r qavat hosil qiladi. To‘r pardaning sirtida kamalak parda joylashgan.
Kamalak
parda ko‘z chuqurchasini o‘rab oladi. Ko‘zning oldingi qismida kichik teshikcha - qorachiq,
uning orqasida sharsimon ko‘z gavhari turadi. Ko‘zni tashqi tomonidan shoxsimon parda o‘rab
turadi. Boshoyoqlilarning ko‘zi akkomodatsiya xususiyatiga ega. Akkomodatsiya gavharni to‘r
qavatdan uzoklashishi yoki unga yaqinlashtirishi tufayli sodir bo‘ladi. Suvning chuqurroq
qismida yashovchi boshoyoqlilarning har xil rangli nur taratadigan shulalanuvchi organlari —
fotoforlari bo‘ ladi.
Yuksak boshoyoqlilarning reflekslari juda murakkab va xilma-xil bo‘ladi. Ular avlodi
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. Tajribalar boshoyoqlilarda shartli reflekslar oson hosil bo‘lishini
ko‘rsatdi. Masalan, osminoglar bir necha marta to‘qnash kelgan akvalangni tanigan yoki shisha
bankaning tiqinini burab ochib, uning ichidan o‘z o‘ljasini olishni o‘rgangan.
Jinsiy sistemasi. Boshoyoqlilar ayrim jinsli. Ayrim vakillarida
jinsiy dimorfizm yaxshi
rivojlangan, erkagi urg‘ochisiga nisbatan kichikroq bo‘ladi. Jinsiy bezlari toq bo‘lib, selomda
joylashgan. Yetilgan jinsiy hujayralari selomda to‘ planib, jinsiy naylar orqali tashqariga
chiqariladi. Jinsiy naylar murakkab va xilma-xil tuzilgan. Erkak karakatitsada naylar urug‘ yo‘li,
urug‘ pufagi, spermatofor xaltasidan iborat. Bu xalta anal teshigining yon tomonidan jinsiy
teshik bilan tashqariga ochiladi. Urug‘ hujayralari bir-biriga yopishib, umumiy paket —
spermatofor hosil qiladi. Spermatoforlar urug‘ hujayralarining chiqishi uchun maxsus naycha
bilan ta‘minlangan.
Urg‘ochilarining tuxum yo‘
li kalta, jinsiy teshigi selom bo‘ shlig‘iga ochiladi. Bu bo‘
shliqqa 3 ta nidamental bezlar yo‘ li ham ochiladi. Bu bezlar tuxum po‘ chog‘ini hosil qiladi.
Tuxum xujayra odatda urg‘ochisining mantiya bo‘shlig‘ida urug‘lanadi.
Erkak molluskalarning paypaslagichlaridan biri odatda boshqacha tuzilgan bo‘lib,
kopulyativ organ vazifasini bajaradi. Erkagi paypaslagich yordamida spermatoforini
urg‘ochisining mantiya bo‘shlig‘iga kiritib qoyadi. Argonavt erkagida jinsiy paypaslagichi
dastlab maxsus xaltada hosil bo‘ladi. Paypaslagichning uchki qismi ipga o‘xshab
ingichkalashgan. Uning ichi bo‘sh, asosida va uchida ikkita teshigi bo‘ ladi. Paypaslagich
yetilgach, xalta yorilib, undan paypaslagich yoyilib chiqib, uning bo‘shlig‘i spermatoforlarga
to‘ladi. Shundan so‘ng paypaslagich molluska
tanasidan uzilib chiqib, bir qancha vaqt erkin
suzib yurgach, urg‘ochisi mantiya bo‘shlig‘iga o‘tadi. Frantsuz olimi J. Kyuve birinchi marta
paypaslagichni urg‘ochi argonavt mantiya bo‘shlig‘idan topgan va unga parazit hayvon
"gektokotil" (mingso‘ rg‘ichli) degan nom bergan. Hozir boshoyoqlilarning jinsiy paypaslagichi
gektokotil deb ataladi
13
.
Rivojlanishi. Boshoyoqlilarning embrional rivojlanishi tuxum ichida boradi. Tuxumdan
chiqqan yosh molluska voyaga yetgan davriga juda o‘ xshaydi.
Ekologiyasi. Boshoyoqlilar o‘ta sho‘rlangan ochiq dengizlarda yashaydi. Pelagik hayot
kechiradigan torpedasimon shakldfagi turlarining yaxshi rivojlangan suzgichlari bor. Ular
keyingi toraygan tomoni bilan oldinga suzadi. Suv tubida hayot
kechiradigan boshoyoqlilar
toshlarning orasiga kirib bekinib oladi. Osminoglar toshlar uyumidan o‘ziga pana joy quradi.
Urg‘ochisi toshlar ostidagi kovaklarga tuxum qoyadi. Urg‘ochisida avlodi to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik instinkti yaxshi rivojlangan. Osminoglar pana joy qidirib, suv ostida yotgan har xil
tashlandiq idishlar : bochkalar, qonserva bankalariga ham kirib oladi.
Boshoyoqlilar — eng yirik umurtqasiz hayvonlar. Ular tanasi uzunligi bir necha sm dan
18 m ga yetadi. Yangi Zelandiya qirg‘oqlari yaqinidan 900—1000 m chuqurlikdan tutilgan
uzunqo‘lli kalmar (Archieteuthes longimana) uzunligi 19 m ga etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: