Ikkijabralilar (Dibranchia) kenja sinfi.
Jabralari, yurak bo‘ lmachalari va buyraklari
ikkitadan, chig‘anog‘i mantiya ostida joylashgan yoki batamom reduktsiyaga uchragan. Bu kenja
sinf ikkita turkumga ajraladi.
O‘ noyoqlilar (Decapoda) turkumi. Paypaslagichlari 10 ta bo‘lib, ulardan ikkitasi uzun,
tutuvchi paypaslagichlarni hosil qiladir. Torpedasimon tanasi yon tomonida suzgichlari bor. Bu
turkumga karakatitsa Sepia officinales, gigant kalmar Architeuthes, kalmar Loligo va qirilib
bitgan belemnitlar kiradi.
Sakkizoyoklilar (Octopoda) turkumi. Suv tubida hayot kechiradi. Tanasi xaltaga
o‘xshash, chig‘anog‘i reduktsiyaga uchragan. Paypaslagichlari 8 ta, tutuvchi paypaslagichlari
bo‘lmaydi. Hozirgi vakillarining ko‘pchiligi Argonauta va osminoglar (Octopus) urug‘iga kiradi.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |