N. T. Alimxodjayeva z. A. Ikramova


Ko„riladigan savollar ro„yhati



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/168
Sana18.02.2022
Hajmi4,18 Mb.
#451182
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   168
Bog'liq
bioorganik kimyo

Ko„riladigan savollar ro„yhati. 
 
1.
Disaxaridlar, ularning tuzilishi.
2.
Maltoza, laktoza, saxaroza, sellyuloza. 
3.
Qaytariladigan, qaytarilmaydigan disaxaridlar. 
4.
Disaxaridlarning kimyoviy xossalari. 
5.
Gomopolisaxaridlar tuzilishi va xossalari. 
6.
Kraxmal, sellyuloza, glikogen. 
7.
Geteropolisaxaridlar tuzilishi va xossalari. 
8.
Gialuron kislota va geparin. 
9.
Xondriatin sulfat va muramin,
10.
Uglevodlarning tibbiy biologik ahamiyati. 
Mustaqil tayyorlanish uchun o„quv adabiyotlar. 
 
1.
A.G. Mahsumov, A.J. Jo‗raev «Bioorganik kimyo» Toshkent, «O‗zbekiston 
milliy ensiklopediyasi» 2007. (328-341 bet) 
2.
Н А. Тюкавкина, Ю.И.Бауков. «Биоорганическая химия» М., «Медицина» 
1991 г. (407-430 стр).
3.
Н.А. 
Тюкавкина. Руководство к лабораторным занятиям по 
биоорганической химии. M., «Медицина» 1985 г. (215-222 стр). 
Tabiatda ko‗p uchraydigan va organizm uchun muhim ahamiyat kasb etgan 


267 
uglevodlarning bu turlari gidrolizlanish xususiyatiga ega. Gidroliz natijasida hosil 
qilgan monosaxaridlar qoldiqlari soni va tabiatiga ko‗ra ularni sinflash mumkin.
O l i g o s a x a r i d l a r ikki yoki undan ortiq monosaxarid molekulalaridan 
suv ajralib chiqish natijasida hosil bo‗ladi. Ularni monosaxaridlarning angidridlari 
deb qarash mumkin. Oligosaxaridlar molekulasi 10 tagacha monosaxaridlar 
qoldig‗idan tashkil topgan bo‗lib, ular molekulasidagi monosaxaridlar soniga qarab 
di-, tri-, tetra- va hokazo saxaridlarga bo‗linadi. Oligosaxaridlar shakarsimon 
birikmalardir. Tabiiy disaxaridlar (biozlar) ikkita bir xil yoki har xil 
monosaxridlarning qoldiqlaridan iboratdir. Ular O-glikozidlar (to‗liq asetallar) 
bo‗lib, ulardagi monosaxaridlar qoldiqlarning biri aglikon vazifasini bajaradi.
D i s a x a r i d l a r tabiatda keng tarqalgan. Ular o‗simlik va bakteriyalarda 
uchraydigan glikozidlar holida bo‗ladi. Disaxaridlarga saxaroza (shakar qamish, 
lavlagi shakari), laktoza (sut shakari), sellobioza va boshqalar kiradi. Ularning 
barchasi C
12
H
22
O
11
umumiy formulaga ega. Bu disaxaridlar gidrolizlanganda ikki 
molekula monosaxarid hosil bo‗ladi. Disaxaridlarning kislotali muhitda 
gidrolizlanadi. 
Disaxaridlar q a y t a r u v ch i va q a y t a r m a y d i g a n turlarga bo‗linadi. 
Agar disaxaridning molekulasi hosil bo‗lishida bitta monosaxaridning yarim asetal 
gidroksil guruhi, ikkinchi monosaxarid molekulasining spirt gidroksil guruhi 
qatnashsa, bunday disaxaridlar q a y t a r u v ch i d i s a x a r i d lar deyiladi. Bular 
kumush ko‗zgu reaksiyasiga kirishadi, feling suyuqligi oson qaytaradi, yani 
aldegid gruppaga o‗ta oladigan erkin glikozid gidroksiliga ega bo‗ladi (siklik 
holatdan ochiq zanjirga aylanuvchi qismi bo‗ladi), demak, siklo-okso 
tautomeriyaga uchraydi. Shuning uchun, qaytaruvchi disaxaridlar mutarotatsiyaga 


268 
ega bo‗lib, aldegidlarga xos reaksiyalar beradi, oksim, ozozonlar hosil qiladi. 
Bunday disaxaridlarga maltoza, laktoza, sellobiozalar va boshqalar kiradi.
M a l t o z a -solod shakari deb ataladi, u kraxmalga solod tarkibidagi 
diastaza fermenti ta‘sir ettirilganda (yoki so‗lak bezlari ajratadigan - amilaza 
fermenti ta‘siridagi parchalanish mahsulotidir) hosil bo‗ladi.
Maltoza qaytaruvchi disaxarid, chunki, uning molekulasida osonlikcha 
aldegid guruhga o‗tuvchi yarim asetal gidroksil guruh bor. Ozod holdagi yarim
asetal guruhi L- maltoza, yoki D- maltoza konfiguratsiya holatida bo‗lishi 
mumkin. Maltozaning birinchi monosaxaridning α – holatdagi glikozid gidroksili 
bilan ikkinchi monosaxaridning to‗rtinchi ugleroddagi spirt gidroksili ta‘siridan 
hosil bo‗ladi, shuning uchun, undagi monosaxaridlarni tutashtiruvchi bog‗ α – 1,4
glikozid bog‗i deyiladi.
L a k t o z a (sut shakari) molekulasi D- galaktoza va D- glyukoza 
qoldiqlaridan tashkil topgan. Bu monosaxaridlar bir-biri bilan β-1,4 - bog‗i orqali 
bog‗langan. Laktoza sigir sutida 4-5% gacha, ona sutida 5,5-8,4% bo‗ladi. Uning 
molekulasi hosil bo‗lishida β-D-galaktozaning glikozid gidrokroksili α-D-
glyukozaning to‗rtinchi ugleroddagi spirt gidroksili bilan bog‗langan. α-D-
glyukozaning glikozid gidroksili erkin holda bo‗lib, aldegidga xos reaksiyalarni 


269 
beradi.
S e l l o b i o z a sellyuloza gidrolizlanishidan hosil bo‗lib, o‗zi 
gidrolizlanganda esa, ikki molekula β- D-glyukoza hosil bo‗ladi.
Ikki monosaxarid β-1,4 – bog‗i bilan bog‗langan. G e n s i o b i o z a ham 
gidrolizlanganda ikki molekula β- D-glyukoza hosil bo‗ladi. Undagi 
monosaxaridlar o‗zaro β-1,6 – bog‗i bilan bog‗langan. Bu disaxaridlar siklo-okso 
tautomeriyaga uchraydi va qaytaruvchi disaxaridlarga kiradi.
S a x a r o z a - qamish shakari yoki lavlagi shakari deb ataladi, u 
gidrolizlanganda bir molekula α- D-glyukoza va bir molekula β- D-fruktoza hosil 
bo‗ladi. Uning molekulasidagi har bir monosaxaridning yarim asetal gidroksil 
guruh disaxarid hosil qilishda ishtirok etadi. Demak, uning molekulasida ozod 
holdagi yarim asetal guruhi yo‗q. Shuning uchun, u qaytarilmaydigan 


270 
disaxaridlarga kiradi. 
Saxaroza kristallogidrat hosil qilmay kristallanadi. U qutblangan nur 
tekisligini o‗ngga buradi. Gidrolizlanganda teng miqdorda glyukoza va fruktoza 
hosil bo‗ladi, ularning solishtirma buruvchanligi turlicha bo‗lib, aralashma holida 
qutblanish tekisligini chapga buradi. Bu holat inversiya deyiladi, shuning uchun, 
teng miqdordagi glyukoza va fruktoza aralashmasi inversiyalangan shakar nomini 
olgan. Asal tabiiy inversiyalangan shakardir.
A m i n o s a x a r i d l a r va ularning hosilalaridan iborat disaxaridlar 
tibbiyotda katta ahamiyatga ega. Ular birlashtiruvchi to‗qimalar tarkibiy qismi 
bo‗lgan geteropolisaxaridlar asosini tashkil qiladi. Bularga xondrozin disaxaridi 
kiradi. X o n d r o z i n molekulasida β-D- glyukuron kislotasi bilan D-
galaktozamin β -1,3 glikozid bog‗i orqali bog‗langan. 
Tabiiy glikozidlarda D-glyukopiranoza qoldiqlaridan iborat bo‗lgan g e n s i 
o b i o z a fragmentlari uchrab turadi. Bunga misol sifatida amigdalinni ko‗rib 
chiqish mumkin. N-glikozidaza fermenti ta‘sirida amigdalin gidrolizga uchraydi va 
bunda HCN ajralib chiqadi.

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish