N. T. Alimxodjayeva z. A. Ikramova



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/168
Sana18.02.2022
Hajmi4,18 Mb.
#451182
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   168
Bog'liq
bioorganik kimyo

 
 


283 
 
NUKLEIN KISLOTALAR
 
Mashg„ulotning maqsadi:
Nuklein kislotalarning tuzilishi va kimyoviy
xossalari 
to‗g‗risidagi 
bilimlarni 
mustahkamlash, 
nukleotidlar 
nuklein 
kislotalarning asosiy qismi ekanligini va biokimyoviy ahamiyatini tushuntirish.
 
Ko„riladigan savollar 
 
1.
Nuklein kislotalarning (NK) kimyoviy komponentlari. 
2.
Nukleozidlar, ularning tuzilishi va xossalari. 
3.
Nukleotidlar, ularning tuzilishi va xossalari 
4.
Kofermet-nukleotidlar. 
5.
RNK va DNKning nukleotid zanjiri.
6.
Komplementar juftliklar va ularning tuzilishi. 
7.
Nukleozidlar va nukleotidlar ahamiyati. 
Mustaqil tayyorlanish uchun o„quv adabiyotlar 
 
1. A.G. Mahsumov, A.J. Jo‗raev «Bioorganik kimyo» Toshkent, «O‗zbekiston 
milliy ensiklopediyasi» 2007. (342-354 bet) 
2.
Н А. Тюкавкина, Ю.И.Бауков. «Биоорганическая химия» М., 
«Медицина» 1991 г. (431-457 стр).
3.
Н.А. Тюкавкина. Руководство к лабораторным занятиям по 
биоорганической химии. M., «Медицина» 1985 г. (222-234 стр). 
 
Nuklein kislotalar oqsillar kabi biopolimer birikmalar bo‗lib, hayotiy 
jarayonda nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan, ular genetik 
informatsiyani saqlash, nasldan naslga uzatish va oqsil sintezi kabi jarayonlarini 
boshqarib turadi. Nuklein kislotalar polinukleotidlar bo‗lib, ularning polimer 


284 
zanjiri mononukleotidlardan tashkil topgan. (molekulyar massasi 25 mingdan 1 
mln.gacha) Mononukleotidlar gidrolizlanganida ortofosfat kislota, monosaxarid 
(riboza yoki dezoksiriboza) va geterotsiklik asoslarni hosil qiladi. 
Nuklein kislotalar molekulasida eng ko‗p uchraydigan geterotsiklik asoslar 
pirimidin va purin hosilalaridir.

P i r i m i d i n l i a s o s l a r g a sitozin (S), timin (T), uratsil (U) kiradi 

P u r i n l i a s o s l a r g a adenin (A) va guaninlar (G) kiradi 
Pirimidinli asoslardan biri bo‗lgan uratsil sistematik nomlashda 2,6-
dioksipirimidin deb nomlanadi. Uratsil laktim – laktam tautomer holatlarida 
uchraydi, pirimidinli asoslarning
–NH-CO- gruppa saqlagan holati laktam, -N = C-OH saqlagan holati laktim shakli 
deyiladi. Ularning asosan laktam shakli ko‗proq uchrab, laktim shakli suvli 
eritmalarda oz miqdorda bo‗ladi. Nuklein kislotalar tarkibida laktam shaklida 
bo‗ladi.
Sitozin 2-oksi 6-aminopirimidin quyidagi tautomer shakllarida uchraydi.


285 
Sitozin nuklein kislotalar tarkibida laktam shaklida bo‗ladi.
Timin 5-metil
uratsildir, unda quyidagi tautomeriyalar bo‗lib, nuklein kislotalar tarkibida laktam 
holida uchraydi.
Po‗rinli asolardan adenin – 6-aminopo‗rin tabiatda keng tarqalgan bo‗lib,
o‗simlik va hayvon to‗qimalarida erkin holida uchraydi. Undagi aminogruppa 
adenaza fermenti, yoki nitrit kislota yordamida oson gidroksil gruppaga 
almashinib, gipoksantin hosil bo‗ladi.
Guanin – 2-amino-6-oksipo‗rin o‗simlik va hayvon to‗qimalarida adenin 
bilan birga saqlanadi. Uning kristallari baliq tanachalarida va boshqa ko‗pgina 
jonzotlar terisida saqlanib, o‗ziga xos jilva berib turadi. 
Nuklein kislotalarning tarkibida oz miqdorda, m i n o r deb nomlanuvchi 
boshqa geterohalqali asoslar ham uchraydi:


286 
Nuklein kislotalardagi geterotsiklik asoslar monosaxariddagi 1-chi uglerod 
atomi bilan azot orqali birikib, 
N
-glikozid bog‗ini hosil qiladi. Hosil bo‗lgan 
birikmani n u k l e o z i d deb ataladi.
Pirimidinli va purinli - asoslar organizmda uglevodlarining 
N
-glikozidlari 
sifatida uchraydi. Masalan, adenin bilan riboza birikmasi adenozin, guanin bilan 
dezoksiribozadan hosil bo‗lgan nukleozid-dezoksiguanozin, sitozin va ribozadan 
hosil bo‗lgan nukleozid - sitidin deb ataladi. 
Yuqorida ko‗rsatilgan nukleozidlar nomidan ko‗rinib turibdiki, ularni 
nomlash uchun pirimidin asoslari nomi oxiriga – i d i n, po‗rin asoslari nomi 
oxiriga esa – o z i n qo‗shimchasi qo‗shib o‗qiladi. Ular uglevod qoldiqlarining 
tabiatiga ko‗ra ribonukleozidlar va dezoksoribonukleozidlar bo‗ladi. Uridin, 
sitidin, adenozin va guanozin ribonukleozidlarga kiradi. 


287 
Dezoksitimidin va boshqa dezoksiriboza saqlovchilar dezoksiribonukleozidlarga 
misol bo‗ladi. 
Nukleozidlarning fosfat efirlari n u k l e ot i d l a r deb ataladi. Fosfat kislota 
qoldig‗i 
riboza 
(ribonukleotidlar), 
yoki 
dezoksiribozaning 
(dezoksiribonukleotidlar) C-5 yoki, C-3 spirt gidroksili bilan bog‗lanadi. 
Adenozin nukleozidi uglevodining 5-holatiga bir, ikki yoki uchta fosfat 
kislota qoldig‗ining zanjrsimon birikishi natijasida 
AMF, ADF va ATF
lar hosil 
bo‗ladi. Fosfat kislota qoldig‗i ikki va undan ortsa, ular n u k l e o z i d p o l i f o s 


288 
f a t l a r deyiladi. Ular fermentlarning kofaktorlari vazifasini bajarib, bir-biriga 
o‗tib turadi. AMF dan ADF va ATF lar hosil bo‗lishi uchun uglevodlarning 
oksidlanishidan ajralib chiqqan energiyaning bir qismi sarflanadi. Demak, ADF va 
ATF molekulalaridagi fosfat kislota qoldiqlarining angidrid bog‗lari katta energiya 
miqdorini saqlaydi. 
Moddalar 
almashinuvi 
energiya 
almashinuvisiz 
sodir 
bo‗lmaydi. 
Organizmdagi jarayonlarda organik moddalarning atomlari orasidagi kimyoviy 
bog‗lar erkin energiya manbayi hisoblanadi. Yangi bog‗lar hosil bo‗lganda, yoki 
uzilgandagi erkin energiya qiymati 12,5 kJ/mol atrofida bo‗lsa, o‗z energetik 
darajasiga ko‗ra normal hisoblanadi. Agar bu qiymat 25- 41 kJ/mol va undan ko‗p 
bo‗lsa, bunday moddalar m a k r o e r g i k m o d d a l a r, bog‗lar esa, makroergik 
bog‗lar deyiladi. Nukleozidpolifosfatlar shunday birikmalar qatoriga kiradi. ATF 
ning gidrolizi natijasida energetik balans 29,3 – 35,5 kJ/mol va undan yuqori 
qiymatga o‗zgaradi, shuning uchun, bu birikmani biokimyoviy jarayonlarning 
energetik akkumulyatori deyiladi.
Ochiq zanjirli nukleozidpolifosfatlar bilan bir qatorda nukleotidlaning 
halqalilari ham mavjud, ular s i k l o f o s f a t l a r deyiladi. Siklofosfatlarga fosfat 
kislotaning uglevodlar qolidig‗idagi ikkita gidroksil guruhi bilan bir vaqtning 
o‗zida bog‗langan nukleotidlar kiradi. Amaliy jihatdan hamma to‗qimalarda 
metabolitlarni o‗zgarishida ichki to‗qimalar ―vositachisi‖ vazifasini bajaruvchi 
ikkita nukleotid siklofosfatlar bo‗ladi.


289 
Bir qator biokimyoviy jarayonlarda guanozintrifosfat (GTF), uridintrifosfat 
(UTF), sitidintrifosfat (STF) lar ham qatnashadi. Ularni difosfatli hosilalari ham 
bo‗lishi mumkin. Ularda fosfat guruhlari o‗zaro angidrid bog‗i bilan bog‗langan 
bo‗ladi. Shuningdek, ATF va ADF lar biokimyoviy jarayonlarda fosfat guruhlarni 
tashuvchi vazifasini ham bajaradi. Aynan fosfat guruhlari orqali ular 
uglevodlardagi OH guruh murakkab efir bog‗i orqali bog‗lanib, ularni 
metabolizmida ishtirok etadi. Shuningdek, nukleozidfosfatlar organizmda yog‗ 
kislotalar, aminokislotalar va o‗t kislotalarni aktivlashtirishda ishtirok etadi. 
Nukleotid tabiatli oksidlanish-qaytarilish jarayonlarining kofermentlariga
nikotiamidadenindinukleotid 
(NAD) va uning fosfati (NADF) kiradi. Bu moddalar 
oksidlanish-qaytarilish jarayonini boshqaruvchi moddalardir. Ular oksidlangan va 
qaytarilgan shakllarda bo‗ladi. Oksidlanish-qaytarilish kofermentlari ichida 
flavinadenindinukleotid
FAD ikkita vodorod atomining aksteptori bo‗lib, 

-
aminokislotalarni dezaminlash, qahrabo kislotani fumar kislotaga aylanishi, yog‗ 
kislotalarni 



- degidridlanishi jarayonini boshqaradi (ishlash jarayoni 
oksidlanish –qaytarilish mavzusida ko‗rib chiqilgan). 
Shunday qilib, nukleotidlar faqatgina polinukleotidlar tarkibidagina 
bo‗lmay, boshqa mustaqil faoliyat ko‗rsatuvchi bioboshqaruvchi moddalar 
tarkibiga ham kiradi. Ularning tuzilishi, ulardagi bog‗lar tabiatini tushinib etmay
vazifalarini ham to‗liq tushinib etib bo‗lmaydi.
Nuklein kislotalar yuqori molekulyar murakkab tuzilishli beqaror 
moddalardir. Nuklein kislotalarning ketma-ketligi nukleotidlar bir-biri bilan 
qanday tartibda bog‗langanligini bildiradi. Nuklein kislotalarni - polinukleotidlarni 


290 
mononukleotidlargacha, ularni esa asoslar, uglevod va fosfat qoldiqlarigacha 
parchalash mumkin. Nuklein kislotalar tarkibi 6- sxemada ko‗rsatilgan. 

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish