N. T. Alimxodjayeva z. A. Ikramova


Jadval 8  Nuklein kislotalarning tarkibi



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/168
Sana18.02.2022
Hajmi4,18 Mb.
#451182
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   168
Bog'liq
bioorganik kimyo

Jadval 8 
Nuklein kislotalarning tarkibi 
Nuklein
kislota 
Uglevod
qismi 
Asoslar
Anorganik
kislota 
DNK 
Dezoksiriboza Adenin (A), Guanin (G), Sitozin 
H
3
PO
4


292 
(S), Timin (T) 
RNK 
Riboza 
Adenin (A), Guanin (G), Sitozin 
(S), Urasil (U) 
H
3
PO
4
DNK asosan hujayra yadrosida, RNK esa asosan ribosomalar, va 
protoplazmada saqlanadi. RNK ning asosiy vazifasi oqsil biosintezida ishtirok 
etishdir. RNK-ning uch turi ma‘lum: Informatsion RNK, ribosomal RNK va 
tashuvchi (transport) RNK. T. RNK-ning asosiy vazifasi aminokislotalarni 
sitoplazmadan oqsil sintezi uchun ribosomaga tashib berishdan iborat. Oqsil sintezi 
uchun kerakli har bir aminokislota uchun mahsus t. RNK mavjud. Masalan; alanin 
t.RNK, valin t. RNK va hokazo. T. RNK aminokislotalar bilan birikma aminoasil 
hosil qiladi. Asillash reaksiyasida ATF ishtirok etadi. Hosil bo‗lgan t. RNK 
ribosomada aminokislotadan ajraladi. Aminokislota esa, oqsil sintezi uchun 
ishlatiladi. Informatsion RNK ( i. RNK) sitoplazmada genetik ma‘lumotlarni oqsil 
sintez qilanayotgan joyga yetkazib beradi. Ribosomal RNK oqsil bilan birikib 
murakkab ribonukleoprotoidni hosil qiladi. R. RNK barcha RNK larning 80% ni 
tashkil qiladi. 
DNK- ning ikkilamchi strukturasini 1953 yilda J.Uotson va F.Krik, 
D.Dolinglar tuzib berishgan. Bu olimlarning nazariyasiga asosan DNK molekulasi 
ikkita polinukleotid zanjiridan iborat bo‗lib, umumiy o‗q atrofida o‗ng tomonga 
buralgan bo‗ladi. Hosil bo‗lgan spiralning diametri 1,8 – 2,0 nm. Ikkita 
polinukleotid burama bir-biriga qarama-qarshi (antiparallel) joylashgan. Bu 
buramalarda po‗rin va pirimidin asoslari ichkariga yo‗nalgan bo‗ladi.
Bir zanjirning po‗rin asosi va ikkinchi zanjirning pirimidin asosi bir-biri 
bilan vodorod bog‗i bilan bog‗lanib komplementar juftlarni hosil qiladi. Adenin 
(A) bilan timin (T) va guanin (G) bilan sitozinlar (S) komplementar juftlar 
hisoblanadi. 


293 
Rasm 7 
Zanjirlardagi komplementarlik DNK-ning kimyoviy hossalarida katta 
ahamiyatga ega. Masalan: DNK dagi komplementarlik nasliy belgilarni saqlash va 
keyingi avlodlarga ularni o‗tkazishdagi asosiy vazifani bajaradi. DNK niig qo‗sh 
burama komplementar zanjirini quyidagicha ifodalash mumkin.
Radm 8 
Vodorod bog‗lar bir asosning aminoguruhi va ikkinchisining karbonil guruhi 
hamda amid va imid azotlari o‗rtasida hosil bo‗ladi Adenin va timin o‗rtasida 
ikkita vodorod bog‗i hosil bo‗lsa, guanin va sitozin o‗rtasida uchta vodorod bog‗i 


294 
hosil bo‗ladi. Nuklein asoslarning komplementarligi E.Chargaff qoidasida o‗z 
aksini topgan. Bu qoidaga binoan: 
1)
po‗rin asoslarining soni pirimidin asoslarining soniga teng; 
2)
adeninlar soni timinlar soniga, guaninlar soni sitozinlar soniga teng;
3)
adeninlar va sitozinar soning yig‗indisi guaninlar va timinlar yig‗indisiga teng. 
Zanjirlarning komplementarligi DNK ning irsiy belgilarni saqlash va 
nasldan 
naslga 
o‗tkazish vazifasining kimyoviy asosi hisoblanadi. 
Nukleotidlarning ketma-ketligi saqlangandagina irsiy belgilar xatosiz nasldan 
naslga o‗tkaziladi. Ammo ba‘zi bir ta‘sirlar natijasida DNK dagi nukleotidlar 
ketma-ketligi buzilishi kuzatiladi. Bunday o‗zgarishlar 
m u t a t s i y a
deb 
nomlanadi. Mutatsiyalarda eng ko‗p kuzatiladigan holat – komplementarlikni 
buzilishidir. Komplementarning buzilishiga tautomer muvozanatni buzilishi sabab 
bo‗ladi. Masalan, timin laktam shaklida guanin bilan vodorod bog‗i hosil qilmaydi, 
ammo laktim shaklida esa hosil qila oladi. Natijada odatdagi timin-adenin juftligi 
o‗rniga timin-guanin juftligi vujudga keladi. 
Rasm 9 
Kerakli bo‗lgan juftliklar o‗rniga boshqalarini hosil bo‗lishi, DNK dan 
RNKga irsiy kod ko‗chirilganda ko‗chib o‗tadi va natijada sintezlanayotgan 
oqsilda aminokislotalik ketma-ketlik o‗zgaradi. Mutatsiyalar yig‗ilib borib, oqsil 
biosintezida xatolar soni ko‗payib boradi. 
Kimyoviy ta‘sir va turli xil nurlar ta‘siri ham, mutastiyaning sabablari 
bo‗lishi mumkin. Masalan, adenozinga nitrit kislota ta‘sir etilsa dezaminlanish 
natijasida aminoguruhni o‗rniga gidroksil guruh hosil bo‗lib, adenozin nukleozidi 
o‗rniga gipoksantin tutgan inozin hosil bo‗ladi. 


295 
Mutagen moddalar ta‘sirida irsiyatni boshqarish imkoniyati yuzaga keladi. 
To‗qimalarda erkin holatda nuklein kislotalarning qismi bo‗lmagan ayrim 
nukleozidalar bo‗ladi. Bunday nukleozidlar antibiotik faollikka ega bo‗lib, 
surunkali 
kasalliklarni 
davolashda 
ahamiyati 
ortib 
bormoqda. 
Mikroorganizmlardan, hamda o‗simlik va hayvon to‗qimalaridan ajratib olingan 
bir necha o‗nlab bunday nukleozidlar ma‘lum.
Korditsepin va puromitsin- kuchli antibiotik xossaga ega bo‗lib, oqsilni ri-
bosomal sinteziga ingibitorlik qiladi. Azidotimidin-SPID virusini ko‗payishini 


296 
oldini oluvchi antibiotik. Arabinozilsitozin va arabinoziladenin antivirus va 
antizamburug‗ xossasiga ega. 

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish