X i t o z a n
va uning hosilalari qondagi xolisterinning miqdorini
kamayishiga yordam beradi. Ulardan «sun‘iy buyrak» asboblariga membranalar
tayyorlanadi. Xitozanni parodontozga qarshi ishlatiladigan tish pastasiga
qo‗shiladi. Xitozanning sulfatlari qon quyilishi oldini oladi, uni geparin o‗rniga
ishlatiladi. Yoqimsiz ta‘mga ega bo‗lgan dorilarning ustki qismini qoplashda
ishlatiladi.
Xitin hosilalari biotexnologiyada keng qo‗llanadi, masalan, flokulyantlar
sifatida
immobillangan
fermentlarni
tayyorlashda
ishlatiladi.
Xitozan
276
o‗simliklarda himoyalovchi birikmalarni hosil bo‗lishini stimullashtiradi. Xitin
asosida sintez qilingan moddalarni sut mahsulotlariga qo‗shishni maslahat
beriladi. Xitozan og‗ir metallarni bog‗lovchi ajoyib adsorbentdir.
P e k t i n moddalar meva va sabzavotlarda bo‗ladi. Ular organik kislotalar
ishtirokida jele hosil qiladi. Pektin moddalarning asosida poligalakturon kislotasi
bo‗lgan p e k t o k i s l o t a s i yotadi.
Ba‘zi
pektin
moddalari
yaralarga qarshi ta‘sir
ko‗rsatib,
qator
preparatlarning asosi bo‗ladi (masalan, plantaglyutsid).
G e t e r o p o l i s a x a r i d l a r biriktiruvchi to‗qimaning
polisaxaridlaridir. Ular teri, tog‗ay, pay, bo‗g‗im suyuqligi, yirik qon
tomirlarining devorlari va suyaklarda bo‗ladi. Bu polisaxaridlar ichida ko‗proq
o‗rganilganlari bu xondroitinsulfatlar (teri, togay va paylarda bo‗ladi), gialuron
kislota (ko‗zning shishasimon pardasi, kindik, tog‗ay, bo‗g‗im suyuqliklarida
bo‗ladi) va geparin (jigarda, muskul va o‗pkada bo‗ladi). Biriktiruvchi to‗qima
polisaxaridlarini kislotali mukopolisaxaridlar deyiladi.
G i a l u r o n k i s l o t a birinchi marta ko‗zning shoh pardasidan ajratib
olingan bo‗lib, molekulasida uron kislota saqlaydi. U biriktiruvchi to‗qimalarning
barcha turlarida va ba‘zi mikroorganizmlar qobiqlarida saqlanadi. β-1,3-
glyukouronozid bog‗lar bilan bog‗langan β-D-glyukuron kislota va N-
asetilglyukozamin qoldiqlaridan tuzilgan disaxarid fragmentini saqlaydi.
Fragmentlar esa o‗zaro β-1,4- glikozid bog‗lar bilan bog‗lanib, makromolekulani
hosil qiladi.
277
Molekulyar og‗irligi 1600 dan 6400 gacha o‗zgarib turadi. Gialuron
kislotaning eritmalari yuqori qovushqoqlikka ega. Shu tufayli biriktiruvchi
to‗qimalar to‗siq xossaga ega bo‗lib, patogen mikroorganizmlarni o‗tkazmaslikni
ta‘minlaydi. Gialuron kislota tuxum hujayralar qobig‗ida saqlanadi,
spermatozoiddan ajralib chiqadigan gialuronadaza fermenti gialuron kislotani
parchalagandan keyin, urug‗lanish sodir bo‗ladi.
Ko‗pgina to‗qimalarning tuzilish qismlari uglevodlar, oqsil va lipidlar
saqlovchi biopolimerlardir. Uglevodlarni saqlovchi aralashma biopolimerlar
hayvon organizmlaridagi to‗qima va suyuqliklarning asosini tashkil qiladi.
Gialuron kislota va xondroitinsulfatlar ham sof holda emas, balki polipeptid
zanjirlari bilan bog‗langan holda bo‗ladilar. Ko‗p qismini polisaxaridlar tashkil
qilgan biopolimerlar peptidoglikon va proteoglikonlar deyiladi. Polipeptid qismini
saqlovchilar -glikoproteinlar, lipidlarni saqlovchilar - glikolipidlarga taaluqlidir.
X o d r o i t i n s u l f a t l a r tarkibida navbatlashib keladigan N-
asetilglyukozamin va uron kislota qoldiqlarini saqlaydi. Uning A, B, C va D turlari
mavjud. A xodroitinsulfat yoki xondroitin -4 –sulfat tog‗ayning asosiy tarkibiy
qismlaridan biri bo‗lib, quritilgan tog‗ayning 40% ini tashkil qiladi. Bundan
tashqari terida, ko‗zning muguz pardasida, ko‗zning oq pardasida va suyaklarda
saqlanadi.
Xondroitin 4-sulfat va xondroitin-6-sulfatlar mavjud bo‗lib, ularning
molekulyar og‗irligi 10.000-60.000 gacha bog‗ladi.
278
Tarkibida navbatlashib keladigan va β-1,3- glyukouronozid bog‗lar bilan
bog‗langan glyukuron kislota va 4- holatda (xondroitin-6-sulfatda esa 6- holatda)
sulfatlangan N- asetilglyukozamin qoldiqlaridan tuzilgan disaxarid fragmentini
saqlaydi. Fragmentlar esa o‗zaro β-1,4- glikozid bog‗lar bilan bog‗langan.
U organizmda suv va kalsiyni bog‗laydi. Xondroitin sulfat ozod holda
uchramaydi. To‗qimalarda xondroitin -4 –sulfat kovalent bog‗lar bilan spetsifik
oqsilga bog‗langan bo‗ladi. Oqsil polipeptid zanjiriga Xondroitin -4 –sulfatning
yigirmatacha
molekulasi
birikib,
xondroitinsulfaprotein
hosil
qiladi.
Xondroitinsulfat odam a‘zolarini egiluvchanligini mustahkamlaydi.
Proteoglikonlar uglevodlar qismi ko‗p bo‗lgan uglevod- oqsilli biopolimerlar
guruhiga kiradi. Proteoglikonlar kaliy, natriy, kalsiy kationlarini bog‗lovchi ko‗p
valentli anionlar bolib, tuzlar almashinishinuvida ishtirok etadi. Ulardan geparin va
geparitin sulfatlarni saqlovchi proteoglikonlar katta ahamiyatga ega.
G e p a r i n D-glyukozamin va ikkita uron kislota, D-glyukuron yoki L-
iduron kislotalar qoldiqlari α-1,4 glikozid bog‗i orqali bog‗langan disaxarid
fragmentini saqlaydi. Miqdoriy jihatdan L-iduron kislota ko‗proq bo‗ladi.
Disaxarid fragmentlar esa, o‗zaro β-1,4 glikozid bog‗i orqali bog‗langan.
Molekulyar og‗irligi 16.000-20.000 gacha bog‗ladi.
279
Geparin sulfat qon tomirlari devorlari tuzilish elementi bo‗lib, N-asetil
guruhlari ko‗proq va sulfat guruhlari kamroq bo‗lgan disaxarid birikmalarini
saqlaydi. Geparin va geparitinsulfat xondroitinsulfatga oqsil bilan D-ksilozadan
iborat bo‗lgan tetrasaxarid qismi orqali bog‗langan. Geparin qon quyilishiga
qarshilik qiladi, ya‘ni antikoagulyant hossaini namoyon qiladi.
Bakteriyalarning to‗qima devorlari polisaxaridlari
Do'stlaringiz bilan baham: |