2) davlat byudjeti daromadlarini qiymat jihatidan tasniflash.
Bizning fikrimizcha, davlat byudjeti daromadlari barqarorligiga kо‘ra barqaror va
nobarqaror, qiymat jihatidan Yuqori xarajatli va kam xarajatli daromadlarga bо‘linishi lozim.
Shunisi xususiyatliki, har bir davlatda uning rivojlanish darajasi, xо‘jalik sub’yektlarining
hukumatga bо‘lgan
ishonchi, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining о‘ziga xos
xususiyatlari davlat byudjeti daromadlariga bevosita va kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun
davlat byudjeti daromadlarini barqarorligi va qiymat jihatdan tasniflashda ana Shu xususiyatlar
hisobga olinishi maqsadga muvofiq.
Fikrimizcha, qiymat jihatdan eng kam xarajatli daromad – bu soliqlar hisoblanadi, chunki
ular davlat foydasiga qaytarib berilmaslik sharti bilan undiriladigan majburiy tо‘lovlardir.
Hukumatning qimmatli qog’ozlarini sotish yо‘li bilan olinadigan daromadlar Yuqori
xarajatli daromad hisoblanadi. Buning sababi Shundaki,
birinchidan
,
xukumatning qimmatli
qog’ozlariga nisbatan Yuqori stavkalarda foiz tо‘lanadi, chunki aholi va korxonalar, odatda,
hukumatning obligasiyalariga va xazina vyeksyellariga tо‘lanadigan foizlar tijorat banklarining
dyepozit va omonatlariga tо‘laydigan foiz stavkalaridan Yuqori bо‘lgandagina ularni sotib
oladilar. Buning ustiga, hukumat obligasiyalariga tо‘lanadigan foiz stavkasi inflyasiya darajasini
hisobga olgan holda о‘zgartiriladi, ya’ni inflyasiyaning о‘sgan darajasini hisobga olgan holda
tо‘lanadi.
Ikkinchidan
, dunyoning kо‘plab mamlakatlarida, jumladan, Rossiya Fyedyerasiyasida
va О‘zbekistonda korxonalarning hukumat obligasiyalaridan oladigan daromadlari soliqqa
tortilmaydi. Dyemak, davlat byudjetiga soliq tuShumlarining bilvosita kamayishi Yuz beradi.
Dunyo mamlakatlarining asosiy qismida davlat byudjeti
xarajatlarini va defisitini
qoplashda bank kreditlaridan foydalaniladi. Shu jihatdan olganda, bank tizimining kreditlari ham
davlat byudjetining daromad manbalaridan biriga aylangan. Ayni vaqtda, xalqaro byudjet
amaliyotining tajribalarini о‘rganish natijalari Shuni kо‘rsatayaptiki, rivojlangan mamlakatlarda
Markaziy bank tomonidan hukumatga berilayotgan kreditlarning asosiy qismi lombard
stavkalarda berilayapdi. Holbuki, lombard stavkalar nisbatan Yuqori stavkalar bо‘lib, ular
Markaziy bankning sof stavkasiga nisbatan 2-3 punktga Yuqori bо‘ladi. Hukumatga tijorat
banklar tomonidan berilayotgan kreditlar bozor stavkalarida beriladi.
О‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjeti daromadlarini
shakllantirishning huquqiy
asosi bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi tо‘g’risida» gi Qonuni hisoblanadi.
Shunisi xarakterliki, mazkur qonunda davlat byudjeti daromadlarini tasniflashning ikki
mezoniga, ya’ni daromadlarni davlat qurilishiga kо‘ra va tashkil topish manbalariga kо‘ra
tasniflash mezoniga amal qilingan. Xususan, qonunning 15-moddasida Respublika byudjeti
daromadlarining tashkil topish manbalariga kо‘ra turlari о‘z aksini topgan bо‘lib, ular
quyidagilardan iborat:
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari,
yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy tо‘lovlar;
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bо‘yicha davlat Moliyaviy va boshqa
aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
3) qonun hujjatlariga
muvofiq myeros olish, hadya etish huquqi bо‘yicha
davlat mulkiga
о‘tgan pul mablag’lari;
4) Yuridik va jismoniy shaxslardan, Shuningdyek, chyet
el davlatlaridan kyelgan
qaytarilmaydigan pul tuShumlari;
5) ryezidyent-Yuridik shaxslarga va chyet el davlatlariga berilgan byudjet ssudalarini
qaytarish hisobiga berilgan tо‘lovlar;
6) qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa daromadlar.
Qonunning 18-moddasida esa mahalliy byudjetlarning daromadlari tashkil topish
manbalariga kо‘ra aks ettirilgan bо‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston
Respublikasi
byudjetiga va mahalliy byudjetlarga yо‘naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig’imlar, bojlar va
boshqa majburiy tо‘lovlar;
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi
byudjetiga va mahalliy byudjetlarga о‘tkaziladigan umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va
boshqa majburiy tо‘lovlar;
3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki ob’yektlarini
joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;
4) qonun hujjatlariga muvofiq myeros olish, hadya etish huquqi bо‘yicha davlat mulkiga
о‘tgan pul mablag’lari;
5) Yuqori byudjetlardan beriladigan byudjet dotasiyalari, byudjet subvyensiyalari va
byudjet ssudalari;
6) Yuridik va jismoniy shaxslardan, Shuningdyek, chyet el davlatlaridan kyelgan
qaytarilmaydigan pul tuShumlari;
7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Dyemak, davlat byudjeti daromadlarining mohiyatini tо‘liq ochish uchun ularni 5 ta
mezonga asosan tasniflash maqsadga muvofiqdir.
Byudjet daromadlarining asosiy qismini soliqlar tashkil qilishi, byudjetning iqtisodiyotni
tartibga soluvchi vazifasini kuchaytiradi. Daromadlar tarkibida egri soliqlarning ulushi ortishi
mamlakat ishlab chiqarish quvvatiga, iqtisodiyotning taraqqiyotiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi, о‘tish
davrida bu ayniqsa muhim. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, egri soliqlarning iqtisodiyot
taraqqiyotidagi ahamiyati kattadir. Egri soliqlar undirishning oddiyligi bilan ajralib turadi, ularni
qо‘llash ishlab chiqarish pasayib kyetayotgan sharoitda ham byudjetni mablag’ bilan ta’minlab
turish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: