Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


 Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

3. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari 
Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tyegishli mulklarni sotishdan 
va xususiylashtirishdan kyelgan daromadlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan kyelgan daromadlar, 
xorijiy davlatlardan olingan Moliyaviy yordamlar va davlatning maxsus maqsadli byudjet 
fondlari kiradi. 
О‘zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi tо‘g’risida»gi qonuniga muvofiq davlat 
byudjetining soliqsiz daromadlariga Yuridik va jismoniy shaxslardan, Shuningdyek, chyet 
davlatlardan kyelgan qaytarilmaydigan pul tuShumlari, ryezidyent-Yuridik shaxslarga va chyet 
davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan tо‘lovlar va davlatning 


Moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan 
daromadlar kiritilgan.
13
Dyemak, «Byudjet tizimi tо‘g’risida»gi qonunda soliqsiz daromadlarning yoki soliqdan 
tashqari tо‘lovlarning uch asosiy turi e’tirof etilgan. 
Rossiya Fyedyerasiyasida Yuqorida qayd etilgan uchta asosiy daromad turidan tashqari, 
Fyedyeral yо‘l fondining mablag’lari, markazlashgan ijtimoiy rivojlantirish fondining 
mablag’lari ham byudjetning soliqsiz daromadlari tarkibiga kiritilgan. 
Bizning fikrimizga kо‘ra, davlatning maxsus maqsadli fondlari pul mablag’larini soliqsiz 
daromadlar tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas. Buning sababi Shundaki
birinchidan

mazkur fondlarga qilingan ajratmalar soliq xarakteriga ega bо‘lib, bunda soliq tо‘lovchilar bilan 
davlat о‘rtasida tovar-pul munosabatlari mavjud emas; 
ikkinchidan
, maqsadli fondlarga qilingan 
ajratmalar soliqlarga xos bо‘lgan muhim xususiyatga, ya’ni tо‘lovni amalga oshirishda 
sub’yektlar mulk shaklining о‘zgarishi xususiyatiga egadir. 
Soliqqa kirmaydigan, ya’ni soliqsiz daromadlarning kо‘pchiligi doimiy, qat’iy belgilangan 
stavkada undiriladigan xazina (byudjet) daromadlari kо‘rinishiga ega bо‘lmaydi. Byudjetning 
soliqsiz daromadlari qat’iy Rejalashtirilmasligi kerak, Lekin amaliyotda kо‘p hollarda ular, 
odatda ilgarigi yildagi tuShumlar darajasida Rejalashtiriladi. Soliqsiz daromadlar soliq 
daromadlari kabi О‘zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy va 
Yuridik shaxslar uchun joriy qilinadi. Soliqsiz daromadlar ham majburiy, ham ixtiyoriy 
shakllarda bо‘lishi mumkin. 
Soliqsiz daromadlar rо‘yxati hamma darajadagi byudjetlar uchun yagona bо‘lib, byudjet 
tasnifi bilan belgilanadi va о‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
1. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bо‘lgan mulkdan yoki xо‘jalik faoliyatidan 
olingan daromadlar, Shu jumladan: 

davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligidagi mulkni foydalanishga berishdan olingan 
daromadlar; 

davlatga tyegishli aksiyalar bо‘yicha dividyendlar; 

davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bо‘lgan mulkni ijaraga berishdan, Shu 
jumladan qishloq xо‘jaligi va noqishloq xо‘jaligi maqsadlaridagi yerlar uchun ijara tо‘lovidan 
olingan daromadlar; 

vaqtinchalik bо‘sh turgan byudjet mablag’larini bank va kredit tashkilotlarida 
joylashtirishdan olingan daromadlar; 

xizmat kо‘rsatish va davlat xarajatlarini qoplashdan olingan daromadlar; 

davlat va mahalliy tashkilotlardan tо‘lovlar; 

davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bо‘lgan mulkdan yoki xо‘jalik faoliyatidan 
olinadigan boshqa tuShumlar. 
2. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bо‘lgan mulkni sotishdan olingan daromadlar, 
Shu jumladan: 

davlat mulki bо‘lgan korxonalar va tashkilotlarni xususiylashtirish va davlat 
tasarrufidan chiqarishdan olingan tuShumlar; 

kvartiralarni sotishdan tuShumlar; 

davlatning ishlab-chiqarish va noishlab-chiqarish fondlarini, transport vositalari va 
boshqa uskuna-jihozlarni sotishdan olingan daromadlar; 

musodara qilinib, davlat va mahalliy hokimiyat egaligiga о‘tgan egasiz mol-mulkni 
sotishdan olingan daromadlar. 
3. Davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar. 
4. YEr va nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan daromadlar. 
5. Davlatga qarashli bо‘lmagan manbalardan kapital transfyertlar tizimlari. 
6. Jarima-jazolarni qо‘llash, yetkazilgan zararni qoplash, Shu jumladan: 
13
Ўзбекистон Республикасининг «Бюджет тизими тўғрисида» ги қонуни. Ўзбекистон Республикаси 
Моливий қонунлари. -Т.: Адолат, 2001. -8 б. 



standartlar va texnik shartlardan chyetlashgan holda tayyorlangan mahsulotni ishlab 
chiqarganlik va sotganlik uchun tuShumlar summasi; 

narxlarni qо‘llash tartibini buzganlik uchun jazolar; 

jinoyatlar qilish va moddiy boyliklar kamomadida aybdor bо‘lgan shaxslardan 
undiriladigan summalar. 
7. Tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar, Shu jumladan: 

davlat kreditlari bо‘yicha foizlar; 

davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar; 

markazlashtirilgan eksportdan tuShumlar summasi; 

tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan boshqa tuShumlar. 
8. Boshqa turli soliqsiz tuShumlar.
Byudjetning soliqsiz daromadlari hududiy belgiga kо‘ra (muayyan darajadagi byudjetga 
kiritish), jalb qilish va shakllantirish usuliga kо‘ra (majburiy yoki ixtiyoriy) va soliqsiz 
tuShumlarini shakllantiradigan tо‘lovlarni undirishning konkryet asoslariga kо‘ra (davlat mulkini 
sotishdan olingan daromadlar) tasniflanadi. 
Soliqlar va soliqsiz tо‘lovlarning kо‘pgina о‘xshash tomonlari bilan birga qator farqlarga 
ham ega. 
Pul mablag’larining muayyan qismi davlat xazinasiga soliqsiz tо‘lovlar tarzida kelib 
tushadi. Ular ham soliqlar va boshqa yig’imlar singari davlat oliy hokimiyat idorasi tomonidan 
belgilanadi. 
Shu bilan birga soliqlar va soliqsiz tо‘lovlar о‘rtasida muayyan farqlar mavjud. Jumladan, 
bu farqlarni quyidagilardan iborat dyeb belgilash mumkin: 

soliqsiz tо‘lovlar soliqlardan farq qilib, ikki tomonlama huquq va burchlar kelib 
chiqishiga sabab bо‘ladi. Masalan, faoliyatning muayyan turi bilan Shug’ullanish huquqini 
beradigan litsenziyalarni olish maqsadida belgilangan tо‘lovlarning amalga oshirilishi boshqa 
shartlar bajarilgani taqdirda vakolatli ruxsatnomani berishi lozim bо‘ladi; 

soliqlardan farq qilib, soliqsiz tо‘lovlar kо‘pchilik hollarda majburiy ravishda 
tо‘lanmaydi. Soliq esa uni tо‘lash ob’yekti mavjud bо‘lganida tо‘lanadi; 

soliqlardan farq qilib, soliqsiz tо‘lovlar muayyan maqsadga mо‘ljallanadi hamda 
ana Shu maqsadda undan foydalanish lozim. 
Soliqsiz tо‘lovlar respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlarida jamlanadi. 
Ushbu mahalliy soliq va yig’imlarning tо‘lovchilar doirasi, soliq solish ob’yektlari, soliq va 
yig’imlar Yuzasidan yengillik va imtiyozlar, soliq va yig’imni hisoblab chiqish va tо‘lash 
tartiblari mahalliy hokimiyat idoralarining bevosita о‘zlari tomonidan belgilanadi. 
Soliqsiz tо‘lovlar hududiy belgisiga kо‘ra: umumdavlat miqyosidagi va mahalliy 
tо‘lovlarga; shakllanish usuliga kо‘ra: majburiy va ixtiyoriy; jamlanish usuliga kо‘ra: davlat 
byudjetida yoki byudjetdan tashqari jamlanadigan turlarga bо‘linadi. 
Soliqsiz tо‘lovlar olinish asoslariga kо‘ra quyidagi turlarga bо‘linadi: 

tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun tо‘lovlar.
Bu tо‘lovlarning tabiiy resurslardan tyejab-tyergab, samarali foydalanishda ahamiyati kattadir; 

davlat idoralari tomonidan Yuridik va jismoniy shaxslarga huquqiy ahamiyatga 
ega bо‘lgan turli xizmatlar kо‘rsatishdan olinadigan tо‘lovlar. Ular jumlasiga: 

tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyat tufayli bojxona idoralariga tо‘lanadigan 
tо‘lovlar; 

sud va boshqa huquq-tartibot idoralariga murojaat qilinganda tо‘lanadigan 
davlat boji; 

davlat rо‘yxatidan о‘tkazish, litsenziya (ruxsatnoma) olish va tovarlar uchun 
syertifikatlar olishdagi tо‘lovlar; 

bozorlar, yarmarkalar va boshqa savdo shaxobchalaridan olinadigan bir martalik 
patta tо‘lovlari (О‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 9 dyekabrdagi «Patta tо‘lovlari 
tо‘g’risida» gi Qonuni asosida); 



qimmatli qog’ozlar chiqarish va joylashtirish, lotyeryeya о‘yinlarini о‘tkazish 
uchun tо‘lovlar; 

davlat mulkini xususiylashtirishdan kelib tushadigan daromadlar; 

jarima tarzidagi tо‘lovlar (jarimalar, pyenyalar va boshqalar). 
Shunday qilib, davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tyegishli bо‘lgan 
mulklarni sotish va xususiylashtirish natijasida olingan daromadlarni, davlatning tashqi-iqtisodiy 
faoliyatidan olingan daromadlarni va xorijiy davlatlardan qaytarib bermaslik sharti bilan 
olinadigan pul mablag’larini kiritish maqsadga muvofiqdir. 
Fikrimizcha, soliqsiz daromadlarning zarurligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: 
1. Davlatga tyegishli mulklardan foydalanish samaradorligining pasayishi natijasida davlat 
syektoriga tyegishli korxonalarning Moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida ularni 
xususiylashtirishning zarurligi. 
Davlat korxonalarini xususiylashtirish ular faoliyatining Moliyaviy barqarorligini 
oshishiga, istye’mol bozorini tovarlar bilan tо‘ldirilishini ta’minlashga, ishsizlik muammosini hal 
qilishga hamda о‘rta va uzoq muddatli davriy oraliqlarda soliq tuShumlarini kо‘paytirishga 
syezilarli darajada hissa qо‘shadi. 
2. Davlat byudjeti daromadlarining miqdorini oshirish zaruriyatining Yuzaga kelishi. 
Davlat byudjeti xarajatlarini syezilarli darajada о‘sishi, davlatning iqtisodiy xarajatlarini 
oshirish zaruriyatini paydo bо‘lishi hukumatga soliqsiz daromadlarni oshirish tadbirlarini ishlab 
chiqarish zaruriyatini Yuzaga kyeltiradi. Ana Shu maqsadda davlatlarga tyegishli mulklarni 
sotish, davlatlarga tyegishli xorijiy valYutalar va nodir myetallarni xorijiy Moliya bozorlarida 
joylashtirish yо‘li bilan daromadlar olish va xorijiy tashkilotlarning Moliyaviy yordamlarini jalb 
qilish zaruriyatini Yuzaga kyeltiradi. Masalan: О‘zbekiston Respublikasida hukumatga tyegishli 
oltin-valYuta zahiralarining ma’lum qismi xalqaro Moliya bozorlarida muddatli dyepozit 
shaklida joylashtiriladi va undan foiz kо‘rinishda daromad olinadi. Bundan tashqari, soliqsiz 
daromadlardan davlat byudjeti dyefisyetini kamaytirish maqsadida ham faol tarzda foydalaniladi.
Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari daromad manbalari sifatida nobarqaror va doimiy 
xususiyatga ega bо‘lgan daromadlar hisoblanadi. Buning sababi Shundaki, 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish