Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va


 
Lekin ishlab chiqarish munosabatlari har doim buYumlashgan tarzda (xususda) vujudga 
kyeladi. Bu munosabatlarning buYumlash-gan qatlami bu yerda yalpi ichki (milliy) mahsulot 
hisoblanadiki, u taqsimlash jarayonida qiymat shaklida ishtirok etadi. Byudjetli taqsimlash 
munosabatlariga, ichki jihatdan, qator iqtisodiy qo-nunlarning ta’siri ostida bо‘lgan Moliyaviy 
aloqalarning keng doirasi xarakterlidir. Davlat byudjeti kо‘p sonli va bо‘lingan taqsimlash 
aktlarining majmui orqali yalpi ichki (milliy) mah-sulot harakatining asosiy yо‘nalishlari 
namoyon bо‘ladi. Aynan byudjet istye’mol fondi va jamg’arish fondining shakllanishida,
istye’mol fondining qismlarga ajralishida, sof daromadning dav-lat va sub’yektlar о‘rtasida 
bо‘linishida hal qiluvchi ta’sir kо‘rsa-tadi. 
Davlat byudjetining turli belgilari va xususiyatlarining Yuqorida bayon qilingan 
tavsiflariga tayangan holda, uning mohiya-tini aniqlab beruvchi quyidagi ta’rifni berish mumkin: 
mamla-katning asosiy Moliyaviy Rejasi kо‘rinishida qonuniy rasmiylash-tirilgan, davlat pul 
fondlarini yaratish (shakllantirish) va ular-dan foydalanish borasidagi iqtisodiy (Moliyaviy) 
munosabatlar majmuiga Davlat byudjeti deyiladi. 
Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda uning boshqa taqsimlash instrumyentlari 
va Moliya tizimining bо‘linmalari bi-lan о‘zaro aloqalari muhim rol о‘ynaydi. Shu bois ta’kidlash 
joiz-ki, davlat byudjeti jamiyatning boshqa taqsimlash instrumyentlari (baho, kredit, ish haqi va 
boshqalar) va Moliya tizimining bо‘lin-malari bilan uzviy bog’langandir. Bunday о‘zaro bog’liqlik, 
Davlat byudjetining mohiyatidan, taqsimlash munosabatlari tizimida uning roli va о‘rnidan kelib 
chiqadi. Byudjet davlat tomonidan markaziy taqsimlash mexanizmi sifatida foydalaniladi, u ij-
timoiy-iqtisodiy hayotdagi proporsiya (nisbat)larni tartibga so-lishga yordam beradi. 
Davlat byudjetining baho bilan о‘zaro bog’liqligi ikki yoqla-malik xarakteriga ega. Bir 
tomondan, byudjet baho mexanizmidan Moliyaviy resurslarni mobilizasiya (jalb) qilish uchun 
foydala-nadi. Masalan, Davlat byudjeti daromadlarining bir qismi qо‘-shilgan qiymat solig’i 
shaklida bо‘lib, bu soliq bahoning element-lari, aniqrog’i sof daromadning elementlari tarkibiga 
kiradi. Baho bu holda Davlat byudjeti tomonidan sof daromadning bir qismini davlatning 
ixtiyoriga olishda alohida mexanizm rolini о‘ynamoqda. 
Boshqa bir tomondan esa, Davlat byudjeti mol yetkazib bye-ruvchilar tomonidan 
yо‘qotmalarni kompyensasiya qilish yо‘li bilan bahoning qiymatdan farqlanishida Moliyaviy 
imkoniyatlar yaratib, baholarni shakllantirishda ham ishtirok etadi. Masalan, mam-lakat agrar 
syektori uchun qishloq xо‘jaligi texnikalari va minye-ral о‘g’itlar yetkazib berish bu yerdagi 
faoliyat kо‘rsatuvchi sub’yekt-larga ularning haqiqiy qiymatidan past baholarda amalga oshiri-
lib, baholar о‘rtasidagi farq Davlat byudjeti hisobidan kompyen-sasiya qilinadi (qoplanadi). 
Bunday hollarda davlat byudjeti baholarni shakllantirish mexanizmidan foydalangan holda agrar 
syektorni bilvosita qо‘shimcha Moliyalashtiradi. Aholi uchun ijti-moiy ahamiyat kasb etuvchi 
xizmatlar bahosidagi farqlarni byudjetdan qoplanishi ham xuddi Shu mexanizmga asoslangan. 
Davlat byudjetining uzoq va qisqa muddatli kreditlar bilan о‘zaro bog’liqligi ham uncha 
oson emas. Eng avvalo, amaliyotda byudjet va kredit resurslarining о‘zaro almaShuvchanligi 
tarkib top-ganligini e’tirof etish kerak. Mablag’larning kredit va byudjet manbalari bir-birini 
tо‘ldirib turishi mumkin. Albatta, bunday о‘zaro ta’sirchanlik (bog’liqlik) ob’yektiv ravishda 
о‘zining chyegara-siga ega bо‘lib, undan chyetga chiqish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq 
emas. Masalan, Shunday faoliyat sohalari va Moliyalash-tirish ob’yektlari mavjudki, unda faqat 
Davlat byudjeti va ak-sincha, faoliyatning tijoriy turlarida, asosan, kredit hal qiluv-chi rolni 
о‘ynashi kerak. 
Davlat byudjeti va kreditning о‘zaro ta’sirchanligi bank-larning kredit resurslarini 
shakllantirish jarayonida ham yaqqol namoyon bо‘lishi mumkin. Davlat byudjeti, eng avvalo, 
zaruriy hol-larda banklar qat’iy passivlarini shakllantirishning muhim manbai sifatida maydonga 
chiqadi. Ular, о‘z navbatida, uzoq mud-datli kreditlashtirish ( ustav fondi, zaxira fondi, 


banklarning kredit resurslarini tо‘ldirish uchun maxsus byudjet assignova-niyalari va boshqalar) 
uchun juda zarurdir. Bundan tashqari, byudjet hisob-varaqlarida va byudjet tashkilotlarining 
hisob-varaq-larida bо‘lgan davlat byudjetining vaqtincha bо‘sh mablag’lari qis-qa muddatli 
kreditlashtirish uchun banklarning kredit resurs-larini tо‘ldirishi mumkin. Shu bilan birgalikda
banklarning kredit opyerasiyalari daromadlarni shakllantirib, bu narsa ular daromadining bir 
qismini byudjetga olishda manba bо‘lib xizmat qiladi. 
Iqtisodiy kategoriya sifatida ish haqi haqi ham Davlat byudjeti bilan uzviy bog’langan. 
Xususan, ijtimoiy sohada faoliyat kо‘rsatayotgan xodimlarning ish haqi fondini shakllantirishda 
Davlat byudjetining mablag’lari hal qiluvchi rolni о‘ynaydi. 
Davlat byudjeti mamlakatning Moliya tizimida markaziy о‘rinni egallab, uning barcha 
bо‘linmalari bilan bog’langan. Bunday bog’lanish ikki yо‘nalish – byudjetga tо‘lovlar va 
byudjetdan mo-liyalashtirish – orqali amalga oshiriladi.

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish