Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


 Investisiyalar: manbalari, baholash va samaradorligi



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

3. Investisiyalar: manbalari, baholash va samaradorligi 
 
Iqtisodiy va Moliyaviy vaziyatni sog’lomlashtirish uchun jam-g’armalarning ichki kapital 
qо‘yilmalar va xorijiy investisiya-larni jalb qilish sifatida real investisiyalarga aylantiri-lishini 
(transformasiyalanishini) hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlash muhim hisoblanadi.
Xalqaro amaliyot-ni о‘rganish Shundan dalolat beradiki, investision loyihalarni Moliyaviy tahlil 
qilish sohasida ularni realizasiya qilishning maqsadga muvofiqligini asoslash, yekspyertizalarni 
о‘tkazishning roli о‘sib bormoqda. Bu muammoni hal yetish xalqaro andozalari-ning 
mujassamlashgan shakllari YUNIDO myetodikasida о‘z aksini topgan. Biroq har bir mamlakat 
iqtisodiyotining о‘ziga xos xusu-siyatlari bu myetodikada mavjud bо‘lgan an’anaviy 
yondaShuvlardan tо‘g’ridan-tо‘g’ri nusxa olishga imkon bermaydi. Shuning uchun ham, ularni 
har bir mamlakatning xо‘jalik sharoitlariga moslashti-rish kerak. Bunda joylashtiriladigan 
mablag’larning qoplanishi va avanslashtirilgan kapitalga investor tomonidan talab qilina-digan 
daromad normasini olish bо‘yicha investision takliflarni sifat jihatdan yekspyertiza qilish 
muhim. Ana Shu yо‘nalishda investision loyihalarni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash, qarz 
oluvchining Moliyaviy ahvoli va uning raqobatbardoshligi, Shuningdyek, vakolatli bankning 
kafolatini xarakterlaydigan tyegishli yekspyert xulosalariga baho berishning ahamiyati ortadi. 
Xorijiy bank bilan kredit bitimini tuzishda, yeng avvalo, tо‘lovlarning о‘z vaqtida amalga 
oshirilishini ta’minlash kerak. Odatda, XYUS kredit bо‘yicha quyidagi tо‘lovlarni amalga oshiradi: 

bitim summasining 15% idan kam bо‘lmagan avans tо‘lov-larining boshlang’ich 
badali (о‘zlashtirish boshlangunga qadar) – kredit bitimi tuzilgandan kyeyin bir oy ichida; 

sug’urta badali – sug’urta riskini baholashga nisbatan 3%dan kam bо‘lmagan 
miqdorda; 

xizmat kо‘rsatuvchi banklarga komission tо‘lovlar – kredit-ning о‘zlashtirilmagan 
qoldig’iga komissiya, kreditni tashkil qilish uchun haq, xorijiy sug’urta agentliklarida qayd 
yetilganli-gi uchun haq. 
Xorijiy firmalar bilan hamkorlikdagi investision loyi-halarni о‘zlashtirish davrida birinchi 
bosqichda foiz va mamlakat banklari tomonidan opyerasion xarajatlar bо‘yicha tо‘lovlar amal-ga 
oshiriladi. Qaytarishda yesa (tо‘liq о‘zlashtirilganidan sо‘ng) qarzning asosiy summasi (xorijiy 
bankning grafigiga muvofiq ravishda) о‘tkaziladi va foizlar bо‘yicha tо‘lovlar tо‘lanadi. Taqdim 


yetilgan takliflarni realizasiya qilish mexanizmi, bir tomondan, xorijiy investision kreditlarni 
oluvchilarning tarkibini optimallashtirishga xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan yesa ular-dan
maqsadli 
foydalanish 
ustidan 
ta’sirchan 
nazoratni 
bо‘lishini 
ta’minlaydi. 
Investisiyalashtirishning natija-liligini oshi-rish uchun investision loyihalarni, jumladan, xorijiy 
kredit liniyalariga qо‘shish uchun ham, tanlab olish tartibi tartibga kyel-tirilmog’i lozim. XYUS 
va tashkilotlarning arizalarini ularning asoslanganligi bо‘yicha xulosalar uchun tarmoq, 
korporativ va mintaqaviy darajalarda qayta ishlab chiqish muhim hisoblanadi. 
Tanlovning joriy yetilishi bitimning yeng yaxshi shartlarini – mamlakat XYUS larining 
iqtisodiy manfaatlariga tо‘liq javob beradigan mahsulotni tanlash – qо‘lga kiritishga imkon 
beradi. Hukumat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy kreditlar hisobidan Moliyalashtirish 
uchun innovasion loyihalarni tan-lashda asosiy mezonlarning quyidagi tizimidan foydalanish 
maq-sadga muvofiq: 

iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va qarz oluvchi-ning boshlang’ich badalni 
tо‘lash bо‘yicha Moliyaviy imkoniyati; 

texnik va texnologik ahvoli; 

tijoriy samaradorligi va valYutaviy qoplanuvchanligi; 

huquqiy ta’minlanganligi va yekologik xavfsizligi. 
Hukumat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy kredit-lar bо‘yicha Moliyalashtirishga 
qabul qilinadigan loyihalar man-faatdor vazirliklar va idoralar, mintaqaviy ma’muriy organlar, 
XYUS lar, tashkilotlar va banklarning roziligi bо‘yicha shakllana-digan ustuvor investision 
loyihalar rо‘yxatiga kiritilgan bо‘l-mog’i darkor. 
Investision loyihani texnik-iqtisodiy, iqtisodiy, huqu-qiy va tashkiliy jihatdan asoslashda 
ob’yektiv Moliyaviy tahlil muhim ahamiyatga yega. Loyihani ishlab chiqarish jarayoni 
g’oyaning paydo bо‘lgan vaqtidan XYUS ishga tushirilgunga va quvvatlar о‘zlashtirilgunga 
qadar uch bosqichdan iborat bо‘ladi: 

tayyorgarlik kо‘rish bosqichi; 

investision bosqich; 

opyerasion bosqich. 
YUqoridagi bosqichlarning har biri bir nyecha quyi bosqich-lardan iborat bо‘lib, ularda 
turli-tuman tadqiqot, konsultasion, texnik va sanoat ishlari amalga oshiriladi, loyiha siklining har 
bir bosqichi yesa о‘zaro bir-biri bilan bog’langan. 
Loyiha siklining bosqichlari bо‘yicha kapital xarajatlarni taxminiy taqsimlanishi 
dastlabki (tayyorgarlik kо‘rish) va invyes-tision bosqichlarni о‘z ichiga oladi. Loyihalarni 
Moliyalashti-rishning ikki asosiy manbalari mavjud: 

о‘z kapitali; 

kredit. 
О‘z korporativ kapitalini shakllantirish aksiyalarga (im-tiyozli va oddiy) ochiq yozilish 
yо‘li bilan amalga oshirilishi mum-kin. Qarz mablag’lari yesa qisqa, о‘rta va uzoq muddatli bank 
krye-ditlari shaklida, Shuningdyek, turli qarz majburiyatlarini yemis-siya qilish yо‘li bilan jalb 
qilinadi. Moliyalashtirishning bun-day tiplari о‘rtasidagi prinsipial farq qarzdorning kreditorlar 
oldidagi birinchi darajali javobgarligidadir. 
О‘z va qarz mablag’lari о‘rtasida ma’lum bir balansga rioya yetmoq zarur. Kreditor 
nuqtai nazaridan qarz kapitalining Yuqori salmog’i qarz oluvchining risklilik darajasini oshiradi, 
chunki unda xarajatlarning umumiy tarkibiy tuzilmasida foiz tо‘lov-larining salmog’i ortadi va 
dyemak, foyda pasayadi. 
Qarz hisobiga Moliyalashtirishning kо‘rinishlaridan biri lizingdir. Agar Moliyalashtirish 
shartlari xorijda mahalliy shartlardan keskin farq qiladigan bо‘lsa, lizing asbob-uskuna-larni 
sotib olishning ustuvor myetodi hisoblanadi. 
Moliyalashtirish shakllarining turli-tumanligi о‘zgarib turishi mumkin. Biroq ular 
tuShumlar va asosiy xarajatlarning ta’minlanganligi uchun yetarli bо‘lishi kerak. Kо‘p hollarda 
loyi-hani ishlab chiquvchilar investorlar va kreditorlarga uning jozibadorligini ta’minlash 
maqsadida loyihaning qiymatini pasaytirishga harakat qiladilar. Shu munosabat bilan Moliyaviy 


yekspyertning vazifasi loyiha yoki kompaniyaning kapitalga bо‘lgan haqiqiy yehtiyojini 
aniqlashdan iborat. Shuning uchun ham, Moliya-viy tahlilda investision qо‘yilmalarni iqtisodiy 
baholashning kо‘p sonli myetodlari ishlab chiqilganki, ularning har biri, о‘z navbatida, 
afzalliklarga va kamchiliklarga ham yega. Bu kо‘rsat-kichlar tizimi о‘z ichiga quyidagilarni 
oladi: 

NVP – kapital qо‘yilmalarning sof kyeltirilgan qiymati; 

IRR – ichki foyda normasi; 

qoplanish muddati. 
Kapital qо‘yilmalarning sof kyeltirilgan qiymati (NVP) klassik variantda (kо‘plab 
modifikasiyalar mavjud bо‘lganda) dis-kontlashtirilgan sof pul xarajatlari va tuShumlarning 
yig’in-disi sifatida hisoblanadi. Ijobiy NVP investision loyihadan qaytim diskontlashtirishning 
ma’lum bir stavkasidan Yuqori yekanligini kо‘rsatadi. NVP ning kamchiligi diskontlashtirish 
stavkasini hisoblashning shartliligi bilan belgilanadi. Invyes-torga boshqa loyihadan kо‘ra Shu 
loyihaga mablag’larni joylash-tirishi foydali hisoblanadi. Bunda NVP ning о‘lchami diskont-
lashtirish stavkasining uncha katta bо‘lmagan о‘zgarishiga ta’sirchan bо‘ladi. NVP ning 
hisoblanishi ma’lum darajada ishlab chiqa-rishni innovasion yangilash investision loyihasining 
mumkinli-gini baholashda mо‘ljal bо‘lib xizmat qiladi. 
Ichki foyda normasi (IRR) loyiha NVP si nolga tyeng bо‘lgan-dagi diskontlashtirish 
stavkasidan iborat. Har ikkala kо‘rsatkich ham bir nyecha kо‘p yildan sо‘ng katta daromad 
kyeltiruvchi ishlab chiqarish innovasion loyihasi uchun bir xil ahamiyatga yega bо‘lishi mumkin. 
Investor va kreditor uchun kutilayotgan daromadlarning muddatlar bо‘yicha taqsimlanishi 
muhim, Shuning uchun ham, agar daromadlar riskining vaqt bо‘yicha uzoqlashishiga muvofiq 
ravish-da tyez о‘sishi inobatga olinadigan bо‘lsa, bu omil yanada juda mu-him hisoblanadi. 
Qoplanish muddati kо‘rsatkichi ishlab chiqarishni yangilash innovasion loyihasidan 
olingan daromadlar birlamchi kapital qо‘yilmalardan oshgandagi yillar soniga qarab aniqlanadi. 
Hisob-lashning ma’lum soddaligiga qaramasdan, bu kо‘rsatkich invyes-tision loyihaning 
riskliligini puxta baholaydi hamda NVP va IRR bilan birgalikda kapital qо‘yilmalarning optimal 
maqsadga muvofiqligini baholashga imkon beradi. 
Joriy va istiqboldagi tahlil ishlab chiqarishni yangilash innovasion loyihalarini amalga 
oshirishning boshqa yо‘nalish-lari va paramyetrlariga nisbatan о‘tkazilishi mumkin. Bunda 
asosiy ye’tibor Yuqori rentabellik va kuchsiz prognozlash xos bо‘l-gan quyidagi omillarga, ya’ni 
risklar, valYuta kurslari, kreditlar bо‘yicha suzuvchan stavka, tayyor mahsulot va xom 
ashyoning bahosi kabilarga qaratiladi. Bu omillarning har biri uchun bо‘lishi mum-kin bо‘lgan 
tyebranishlarning intyervali aniqlanadi va asosiy paramyetrlarning о‘zgarishi mumkin bо‘lgan 
imkoniyatlari baholanadi. Undan sо‘ng investision loyihaning barcha risklari-ni hisobga olgan 
holda uning yetarli darajada foydaliligi saqlanib qolgandagi kritik paramyetrlarning yо‘l 
qо‘yilishi mumkin bо‘lgan chyegaralariga baho beriladi. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish