2)
xarajatlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan
Moliyalashtirish.
О‘zbekiston Respublikasi “Byudjet tizimi tо‘g’risida”gi qonunining 22-moddasiga kо‘ra
respublika byudjetidan xarajatlarni Moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
quyidagi yо‘nalishlarda amalga oshiriladi:
fan, ta’lim,
madaniyat, soqliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga
bо‘ysunadigan tashkilotlar bо‘yicha);
ijtimoiy ta’minot;
mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash;
sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash;
davlat zahirasi va safarbarlik zahirasini vujudga kyeltirish hamda ularni saqlash;
davlat markazlashtirilgan investisiyalarini amalga oshirish;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, О‘zbekiston Respublikasining chyet
ellardagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash;
iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bо‘ysunadigan
byudjet tashkilotlarini
saqlash;
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot
tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga
oshirish;
yer tuzish, myeliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-
tadbirlarini amalga oshirish;
qishloq xо‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash;
gidromyetyeorologiya, dо‘lga qarshi kurash chora-tadbirlari;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
О‘z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mо‘ljallangan xarajatlar Moliyalashtiriladi
(Yuqoridagi qonunning 23-moddasi):
fan, ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport
(Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkyent shahri
byudjetlaridan Moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bо‘yicha);
ijtimoiy ta’minot;
aholini ijtimoiy himoya qilish;
Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda
mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash;
iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog’iston Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkyent shahri byudjet tashkilotlarini saqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli
dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Byudjetdan mablag’larni taqdim etishning myetodlari byudjetdan Moliyalashtirishning
muhim elementi bо‘lib hisoblanadi. Ularning yordamida Moliya organlari byudjetda kо‘zda
tutilgan tadbirlarni pul mablag’lari bilan ta’minlaydi, pul mablag’laridan foydalanishda
Yuqoriroq natijalarga erishish uchun mablag’larni qayta о‘zgartirib taqdim etishni amalga
oshiradi, Moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib topayotgan proporsiyalarni tartibga soladi.
Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy-kommunal xо‘jaligiga
qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini Moliyalashtirish xarajatlariga kiradi. Bunda
byudjet mablag’lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga ishlab chiqarishni kengaytirish bо‘yicha
xarajatlarga (kapital quyilmalarga), oddiy takror ishlab chiqarishni ta’minlashga (subsidiyalar,
dotasiyalar va transfyertlar), opyerasion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi.
Mamlakat iqtisodiyotini Moliyalashtirish
xarajatlari vazirliklar, idoralar va korxonalar
bо‘yicha Rejalashtiriladi hamda bir vaqtning о‘zida ma’lum maqsadlarga mо‘ljallanganligi
bо‘yicha kо‘zda tutiladi. Bunda byudjet mablag’larining asosiy qismi iqtisodiyotning ustuvor
tarmoqlariga, ya’ni sanoat, enyergyetika, qishloq xо‘jaligi va transportga yо‘naltiriladi.
Byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish nuqtai-nazaridan kapital quyilmalarni
Moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishda eng muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish maqsadlariga mо‘ljallangan asosiy fondlarning yangilarini yaratish va
harakatdagilarini kengaytirishga uchun pul mablag’larini taqdim etishga kapital quyilmalarni
Moliyalashtirish deyiladi. Byudjet resurslarining cheklanganligi uchun
ular investisiyalarning
cheklangan doirasiga, ya’ni maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki hokimiyatning ijroiya organlari
qarori bо‘yicha amalga oshirilayotgan investisiyalarga beriladi.
Iqtisodiyot xarajatlarini Moliyalashtirishning muhim yо‘nalishi Yuridik shaxslarga turli
subsidiyalar, dotasiyalar va subvyensiyalar berishdir. Bu kо‘rinishdagi byudjet mablag’lari
davlat, mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari va xususiy korxonalar(i)ning turli joriy
xarajatlari va zararlarini qoplash uchun ajratiladi. Ana Shunday xarajatlarning asosiy qismi
yoqilg’i-enyergyetika sanoati, agro-sanoat komplyeksi, uy-joy-kommunal xо‘jaligi,
shahar
transporti va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga yо‘naltiriladi.
Byudjetning sosial ehtiyojlarga mо‘ljallangan xarajatlari davlat tomonidan sosial
funksiyaning bajarilishi bilan bog’liq. Bu xarajatlar quyidagi guruhlarga bо‘linadi:
maorif;
madaniyat, san’at va kinyematografiya;
ommaviy axborot vositalari;
sog’liqni saqlash va jismoniy tarbiya;
sosial siyosat.
Sosial ehtiyojlar xarajatlari smetali Rejalashtirish prinsiplari asosida aniqlanadi. Bu
xarajatlar konkryet tadbirlar va xarajatlarning turlari bо‘yicha Moliyalashtiriladi. Xarajatlar
hajmi bir-biri bilan о‘zaro bog’liq bо‘lgan sosial soha tashkilotlarida ishlab chiqiladigan smeta
va Moliya organlarida tuzilgan assignovaniyalar hisob-kitobi asosida aniqlanadi. Hisob-kitoblar
asosida xizmat kо‘rsatiladigan kontingentlarni xarakterlovchi tashkilotlar faoliyatining
kо‘rsatkichlari (masalan, о‘quvchilar, guruhlar, sinflar soni va h.k.) yotadi.
Bunda ularning yil
davomida faoliyat kо‘rsatish vaqti ham hisobga olinadi. Bu kо‘rsatkichlar hisob-kitob birliklari
bо‘lib xizmat qiladi. Hisob-kitob birligiga tо‘g’ri kyeluvchi pulli xarajat byudjet tashkilotining
faoliyat kо‘rsatishini va rivojlanishini ta’minlaydigan norma bо‘yicha о‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: