102-rasm. Mushaklarni qo’zg’alish nuqtalari. (Zsako S. bo’yicha)
Masalan, nursimon suyakning tirsak suyagidan 4-5 sm pastda joylashgan
nuqtasiga urilganda suyakning yozilishiga olib kelsa, panjalarning orqa tomoni va
panjalar orasiga urilganda esa tegishli ko’l barmoqlarining bir-biriga yaqinlashuvi
kuzatiladi. Sonning pastki qismini oldingi yuzasiga urilganda esa to’rt boshli
mushakning qisqarishi kuragining ichki qirrasiga urilganda uning umurtqa
pog’onasiga yaqinlashuvi ko’rinadi. Bir necha nuqtada mushaklarning javob
reaktsiyasi o’lim sodir bo’lgan vaqtdan 1,5 soatgacha vaqt o’tganligidan darak
beradi. O’lgandan so’ng 2-2,5 soat vaqt o’tgach, ko’rsatilgan mushaklarning
qisqarishi batamom to’xtaydi (9 jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |