15.4.1. Murdadagi o’zgarishlarga qarab o’limni vaqtini aniqlash
Hozirgi davrgacha murda o’zgarishlari darajasining rivojlanishiga qarab
o’limni sodir bo’lgan vaqtini aniqlash o’zining ahamiyatini yo’qotgan emas.
Tekshirishni aniqlik darajasini oshirishda ko’pgina tadqiqotchilar murda
o’zgarishlarini o’rganish natijalarini sub’ektiv baholashdan ularni ob’ektiv
tekshirishga o’tish uchun harakat qildilar. Bu jihatdan murda dog’lari va murda
sovishini tekshirishda anchagina muvaffaqiyatlarga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |