Ikkinchi davr
- hashoratlar tomonidan murdani aktiv emirilishi. Bu davr
15-20 kundan to 2 oygacha davom etadi. Bu davr ham 2 davrchaga bo’linadi:
1) yumshoq to’qimalarning dastlabki emirilishi, bu asosan chivin (pashsha)
lichinkalari faoliyati tufayli sodir bo’ladi;
2) yumshoq to’qimalarning so’nggi emirilishi, bunda qo’ng’iz lichinkalari
faoliyati nekrofaglar 30-45 kun rivojlansa, vaxshiy qo’ng’izlar 45-60
kungacha faoliyat ko’rsatadi.
Uchinchi davr
– murdani chala yalang’ochlanishi shu yilning issiq davri
tamom bo’lgungacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga olib, kelgusi yilga o’tishi ham
mumkin. Bu vaqtda murdada nekrofaglar, yirtqich qo’ng’izlar rivojlanishining
tugallanishi va bunga suvsizlangan organik moddalar bilan oziqlanuvchi teri
eyuvchilar va mitalar qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |