Tibbiyot instituti talabalari uchun


Mushaklarni elektr yordamida qo’zg’alishi



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet392/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Mushaklarni elektr yordamida qo’zg’alishi.
Yuz va qo’l mushaklarini 
qo’l apparatidagi doimiy tok manbai ta’sirida birinchi 6-8 soat ichida o’limning 
vaqtini aniqlash mumkin. Tok igna elektrodlarini ko’zning tashqi burchagi, og’iz 
442


burchagi va bilakning bukuvchi mushaklariga kiritish orqali o’tkaziladi.
9 jadval
Murda mushaqlari reaktsiyasining vaqti
(L. Popwassilew va W. Palm bo’yicha)
Reaktsiya
Reaktsiya vaqti, soatlarda
ko’zga tashlanuvchi 
reaktsiya
o’rtacha reaktsiya
alohida 
fibrillyatsiya
Elektrdan qo’zg’alish:
ko’z mushaklari
og’iz mushaklari
qo’l mushaklari
Mexanik qo’zg’alish:
mushak dastachasi
bolg’acha bilan urilish
0-2,5 soat (1,25)
0-2,5 (1)
0-2,5 (0,45)
---
---
1-5 soat (2,25)
1-5 (1,45)
1-4 (1,25)
0-5,5 (2,25)
---
2-8 (4,25)
2-6 (3,45)
1-5,5 (3,25)
1,5-8 (4,25)
0-2,5 (1,5)
Izoh: qavus ichida o’rtacha vaqt ko’rsatilgan.
N.P.Marchenko (1956) o’zgaruvchan tok yordamida murda mushaklari 
elektr qo’zg’aluvchanligini o’lchash uchun original tuzilishga ega bo’lgan priborni 
tavsiya etdi. Bu apparat yordamida o’lgandan keyin birinchi 2-3 soat ichida ko’z, 
og’iz, bo’yin, tananing yuqori va pastki qismi mushaklarining qo’zg’alishga javob 
reaktsiyasi aniqlaniladi. 5-7 soat o’tgach, barcha mushaklarning javob reaktsiyalari 
yo’qolsada, ammo ko’z mushaklarini elektr qo’zg’aluvchanligiga javob reaktsiyasi 
11-12 soatgacha davom etadi.
Mushaklarning elektr qo’zg’aluvchanligini pasayishi faqat o’lgandan 
keyingi davrda ko’zga tashlanadi. O’limning turi va sababi, jinsi, yoshi va tashqi 
muhit faktorlari odatda ushbu jarayon oqimiga ta’sir ko’rsatmaydi va shuning 
uchun ham o’limning vaqtini aniqlashdagi ahamiyatini oshiradi.
V.V.Bilkun (1980) mushaklarni elektr qo’zg’aluvchanligini tekshirish uchun 
maxsus portativ ERM-1 va ERM-2 apparatini ishlab chiqqan bo’lib, bu apparat 4,5 
V li kuchlanishni 120 dan 500 V gacha bo’lgan kuchlanishga aylantiradi. Uning 
ma’lumotiga ko’ra, qo’zg’alishga o’lgandan keyin eng ko’p 12-14 soat oyoq va 
443


ko’z muskullari javob beradi. Bo’yin va yuzini pastki uchligidagi mushaklari elektr 
qo’zg’aluvchanligi o’lgandan keyin 5 soat ichida juda tez pasayadi. Biroq, ko’z 
oldi kletchatkasiga va qovog’ining yumshoq to’qimasiga qon quyilganda ko’z 
mushagining elektr qo’zg’aluvchanligi 16-28 soatgacha cho’ziladi.
Ko’z ichi mushaklarining elektr qo’zg’aluvchanligini ERM-1 pribori 
yordamida tekshirgan V.V.Bilkunning aniqlashicha, o’lgandan keyingi birinchi 
soatlarida elektr toki ta’sirida ko’z qorachig’i torayadi (103-rasm). Keyinchalik 
o’lgandan keyin 7-12 soat o’tgach, ko’z qorachig’ining torayishiga uning 
deformatsiyasi qo’shiladi. Birinchi sutkani oxirgi soatlarida va ikkinchi sutkaning 
birinchi soatlarida ko’z qorachig’i torayish xususiyatini yo’qotib, to 25-30 
soatgacha deformatsiyalanish qobiliyatini saqlaydi. V.V.Bilkunning aytishicha, 
qorachiqni elektr qo’zg’alishining hisoboti o’lgandan keyin ancha vaqtgacha 
o’limning vaqtini kimyoviy reaktivlar yordamiga qaraganda katta aniqlik bilan 
belgilash imkoniyatini beradi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish