Balandlikdan yiqilishda
tushib ketgan joyning asosidan to murdagacha
bo’lgan masofa o’lchanishi zarur. Bundan tashqari, murda yotgan joyning
yuzasiga, boshqa xarakterdagi jarohatlanishlarga (sanchilgan, kesilgan yaralar, o’q
otar qurollaridan etkazilgan yaralar), tanasi va kiyimlaridagi kurashish izlariga
(agar ular bo’lsa), yiqilishga shubha qilingan ob’ektlarda qon izlari borligiga
ahamiyat beriladi.
O’q otar qurollari bilan jarohatlanishda
tanasi va kiyimlaridagi
jarohatlanishlar soniga (oyoq tagligidan yuqorigacha bo’lgan masofa), ularni bir-
biriga to’g’ri kelishi, kirish va chiqish joyidagi jarohatlanish belgilari, yaqin
masofadan otilish izlari borligi, qurol og’zining tamg’asi borligi, oyog’ida oyoq
kiyimining borligi, qo’l panjalari va barmoqlarida qurumning bo’lishligi,
454
shuningdek qiyimida o’q, sochma, pijning topilishi hamda o’qning boshqa
qismlarini aniqlanilishiga alohida ahamiyat beriladi.
Voqea sodir bo’lgan joyda qurol topilgan taqdirda juda ehtiyotkorlik talab
qilinadi. Birinchidan unda barmoq izlari bo’lishi va uni buzilishi mumkin.
Ikkinchidan, hozirgi zamon avtomatik qurolida otilgandan keyin magazindan
navbatdagi patron patronlarni ushlab qoluvchi joyga hamda qurol jangovor holga
kelib qolishi mumkin. Agar ehtiyotsizlik bilan qurolning ilgaki bosilganda otilib
ketishi va ko’zdan kechiruvchilarni jarohatlab qo’yishi mumkin.
Osilishda
murdaning holatiga e’tibor beriladi. To’liq osilishda oyoq
tagligidan to sirtmoq berkitilgan joygacha bo’lgan masofa o’lchanadi. Sirtmoq
tugunchasining xarakteri va uni ushlab turuvchi joyning holati yoziladi. Odatda
sirtmoqni bo’ynidan echmasdan murdani murdaxonaga yuborilgani ma’qul.
Kerakli paytlarda sirtmoqni tugun yaqinidan kesilib, bo’ynidan chiqarib olinadi va
tikib qo’yiladi. Sirtmoqni o’zi o’lchanib, to’lig’icha yoziladi. Agar sirtmoq
bo’lmasa bo’yindagi strangulyatsion egatchadan yopishqoq plastirda yoki
daktilaskopik pardada tamg’a olinib, undagi qoplamalar aniqlaniladi. Bundan
tashqari, oyoq tagiga qo’yilgan narsaning xarakteri va undagi oyoq yoki oyoq
kiyimining izlari ko’zdan kechiriladi. Murda kiyimining holati, tanasi va
kiyimlaridagi kurashish izlari borligi, shuningdek murda dog’larining joylashuvi
va uning murda holatiga to’g’ri kelishligi aniqlaniladi.
Jinoiy abortda
murdaning holati va kiyimlariga ahamiyat beriladi. Bundan
tashqari, homiladorlik belgilari borligi, jinsiy organlari va chotida qon izlari hamda
jarohatlanishlar, qinida yot jismlarning topilishiga alohida ahamiyat beriladi.
Shuningdek murdani atrofida abort uchun qo’llanilgan kimyoviy moddalar va
predmetlar (tog’ora, klizma, dori purkagich, bujlar, zondlar, shpritslar, yod va
boshqa dorivor moddalarning eritmalari, sovun erimasi va boshqalar) borligi ham
ko’zdan kechiriladi.
Barcha predmetlar ichida suyuqligi bo’lgan idishlarni tergovchi sud
kimyoviy tekshirishi uchun jo’natishi zarur. Tergovchiga homila va yo’ldosh
tashlangan joylar (axlat tortadigan quvur, axlatxonalar) ni ko’zdan kechirishni ham
455
tavsiya etilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |