Tibbiyot instituti talabalari uchun


Murdani ko’zdan kechirish uchun vrachga kerakli aslohalar



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet396/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Murdani ko’zdan kechirish uchun vrachga kerakli aslohalar.
Voqea 
sodir bo’lgan joy sud tibbiyoti eksperti yoki vrach-ekspert kelgusi ishlarni amalga 
447


oshirishi uchun jihozlangan bo’lishi kerak. Standart taxlangan narsalar bo’lmagani 
uchun quyidagicha mulk nabori taklif qilinadi.
Medikamentlar: atropin va pilokarpinning 1-foizli eritmasi (murda ko’zining 
oldingi kamerasiga tomizish uchun), ammiakning suvli eritmasi, valeriana, 
korvalol, kamfora, kofein, adrenalin, perekis vodorodi, yodning spirtli eritmasi, 
spirt va boshqalar.
Doimiy foydalanish uchun kerakli narsalar: xalat, qalpoq, sochiq, 2 ta 
skalpel, 2 ta pintset, qaychi, nevrologik bolg’acha, fonendoskop, lineyka, ruletka, 
elektr yoritgichi, murda dinamometri shkalasi -30
0
S dan +50
0
S gacha bo’lgan 
termometr, lupa, sekundomer, shprits ignasi bilan, murda mushakini elektr 
o’tkazuvchanligini tekshirish uchun elektrostimulyator va boshqalar.
Sarflanuvchi mulklar: bintlar, paxta, yopishqoq plastir, rezinali qo’lqop, 
sovun, qalamlar nabori, shishaga yozadigan qalam, gugurt, yozadigan qog’oz, 
konvertlar, bloknot, surguch, probirkalar, predmet shishasi, flakonlar, har xil 
qoplamalarni tushurish uchun daktiloskopik plyonkalar, bir marta foydalaniladigan 
shpritslar, blankalar, sxemalar, biologik materiallarni olish uchun polietilenli 
paketlar bo’lishi zarur.
Yuqorida ko’rsatilgan naborlar alohida chiqarilmaydi, ammo ularni yig’ish 
qiyin emas.
Vrach o’zining tibbiyot bilimi darajasiga qarab, voqea sodir bo’lgan joyda 
quyidagi vazifalarni bajaradi: o’limning sodir bo’lganligini aniqlaydi; murdani 
ko’zdan kechirishda tergovchiga ko’maklashadi va bu kuzatish natijalarini yozadi; 
bu holat uchun barcha muhim o’ziga xos ma’lumotlarga tergovchining e’tiborini 
jalb qiladi va o’zi tomonidan bajarilayotgan muolajalar, masalan, ko’ziga 
pilokarpin tomizishdan maqsad, dog’da qon borligini aniqlash uchun taxminiy 
reaktsiyalar va boshqalar haqida ma’lumot beradi; tergovchiga ashyoviy dalillarni 
topish, qotirish, olish, yaxshilab o’rash hamda sud tibbiyoti va sud kimyoviy 
tekshiruvi (qon, sperma dog’i, soch, zaharlar, medikamentlar va boshqalar) uchun 
jo’natishga tayyorlashda ko’maklashadi. Bundan tashqari, u tergovchiga murdani 
ko’zdan kechirishda o’limning sodir bo’lgan vaqti, topilgan jarohatlanishning 
448


xarakteri, ularning qaysi predmet tomonidan etkazilganligi, murdaning holati 
o’zgarilganligi va boshqa masalalarni aniqlashda ham maslahatlar beradi. Bunda 
vrachning barcha javoblari taxminiy xarakterga ega bo’lib, voqea sodir bo’lgan 
joyda faqat og’zaki shaklda beriladi.
Voqea sodir bo’lgan joydan murdani kesib ko’rish uchun o’likxonaga 
jo’natiladi. Murda bilan birgalikda sud tibbiyoti tekshiruvi uchun murdani 
kuzatuvchi hujjat yoki ekspertiza o’tkazish uchun tergovchining qarori va 
shuningdek voqea sodir bo’lgan joyni kuzatish bayonining ikkinchi nusxasi 
jo’natiladi. Ashyoviy dalillar uchun olingan materiallarni kuzatuvchi hujjat bilan 
tergovchi kerakli laboratoriyaga jo’natadi.
Ayrim hollarda ekspert va tergov ishlarida voqea sodir bo’lgan joyni 
qo’shimcha yoki qayta ko’zdan kechirish mustaqil va majburan o’tkazilishi 
mumkin. Bunday holat murda tekshirilgach birdaniga ekspert va tergovchi 
tomonidan bajarilishi taklif qilinadi. Qayta ko’zdan kechirish ayniqsa odam 
o’ldirilgan paytda, ayrim ishlab chiqarish va transport jarohatlanishlari, shuningdek 
jarohatlanish mexanizmini aniqlash murakkab bo’lgan hollarda amalga oshiriladi.
Voqea sodir bo’lgan joyni qo’shimcha ko’zdan kechirishda murdada barcha 
topilgan jarohatlarni jarohatlovchi predmetlar bilan solishtirish imkoniyati 
tug’iladi. Jabrlanuvchi va hujum qiluvchining bir biriga nisbati to’g’risidagi 
savolga javobning ob’ektivlik darajasi ortadi. Murdaxonada jarohatlanish 
tekshirilgach, voqea sodir bo’lgan joyda yana qanday muhim belgilar va qanaqa 
biologik ashyoviy dalillar topilishi mumkinligi to’g’risida asosli taxminlar paydo 
bo’ladi. Murdada topilgan jarohatlanishlar bilan birlamchi va qo’shimcha ko’zdan 
kechirish natijalarini solishtirishda sud tibbiyoti ekspertida ancha to’liq va aniq 
tergovchining savollariga javob berish imkoniyati to’g’iladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish