Kasalxonada o’lgan kishilarni murdasini kesib ko’rishda odatda davolovchi
vrachlar taklif qilinadi, chunki ular kasallikni
kuzatishdagi belgilar, qilingan
diagnostik va davolash muolajalari haqida ekspertga ma’lumotlar beradi.
«Murdani sud tibbiyotida tekshirish qoidasi» ga binoan odam o’lgach 12
soat o’tgandan keyin murda kesib ko’rilishi kerak. Biroq ilmiy va ilmiy-amaliy
maqsadlar uchun 12 soatgacha vaqtda kesib ko’rilishi mumkin, ammo o’lgandan
keyin 30 minutdan kam vaqt o’tmasligi kerak. Bunday holda o’limni sodir
bo’lganligini kamida uchta vrach tasdiqlashi kerak. Ular bu haqda murdani erta
kesib ko’rish zarurligining sababini ko’rsatuvchi bayon tuzadilar.
Agar muzlagan murda keltirilgan bo’lsa murdani erigunicha kesib ko’rishga
ruxsat etilmaydi. Murdada chirish o’zgarishlarining darajasi yoki uning emirilishi
murdani kesib ko’rishni rad qilish imkoniyatini bermaydi.
Murdani tekshiruv boshlangunicha ekspert tergovchining qarori, sud ajrimi
yoki militsiyaning yo’llanmasi, shuningdek boshqa taqdim qilingan hujjatlar bilan
tanishib chiqadi.
O’limning sodir bo’lish holati va o’zining oldiga qo’yilgan savollar bilan
tanishib chiqqach, ekspert bo’lguvsi tekshirish rejasi
va taktikasini belgilaydi,
ya’ni uning usullari, kesib ko’rish texnik yo’llarini aniqlaydi. Keyinchalik
belgilangan reja asosida murdani tekshirishga kirishadi. Tekshirish paytida yoki
murda kesib ko’rilgandan keyin birdaniga barcha ma’lumotlar haqida bayonnoma
tuziladi. Bu yozuvlar ekspert xulosasi yoki aktiga qo’shiladi.
Murdani sud tibbiyotida to’liq tekshirishga tashqi, ichki va qo’shimcha
tekshiruvlar kiradi.
Murdani tashki tekshirish voqea sodir bo’lgan joydami yoki boshka
joyda
bo’lishidan qat’iy nazar to’liq va sinchiklab bayonlashtiriladi. U murdaning
kiyimini ko’zdan kechirishdan boshlanadi. Unda asosiy e’tiborni kiyimida
jarohatlanish va har xil izlar (qon, sperma, siydik, qusish, avtomobil g’ildiragining
tamg’asi va boshqalar) borligiga qaratadi. Kiyimidagi jarohatlanishni tanasidagi
jarohatlanish bilan solishtiriladi.
Ko’pincha kiyimlar ko’zdan kechirilgandan
keyin ularni tibbiy-
458
kriminalistik, kimyoviy yoki biologik tekshirishga to’g’ri keladi. Bunday hollarda
uni sud tibbiyoti laboratoriyasiga jo’natiladi.
Murdani o’zini tashqi tekshirish va yozish quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
1) murdani umumiy anatomik konstitutsial tuzilishi (jinsi, yoshi, bo’yi,
og’irligi, tana tuzilishi, oriq semizligi);
2) murda o’zgarishlari borligi va ko’zga tashlanish darajasi;
3) tananing ayrim qismlari holati va ulardagi jarohatlanishlar (boshidan to
oyoq qo’llarigacha) borligi ko’zdan kechiriladi.
Boshida sochiga, yuzi, ko’zlari (qovog’i, kon’yunktivasi,
shoh pardasi,
qorachig’i), burni va uning teshiklari, lablari (shilliq pardasi va qizil hoshiyasi),
tishlari, og’iz bo’shlig’i, quloq suprasi va eshituv yo’llariga alohida ahamiyat
beriladi. Keyin bo’yni ko’zdan kechiriladi. Agar bo’yinda strangulyatsion egatcha
bo’lsa to’lig’icha yoziladi. Keyinchalik ko’krak qafasi, qorni va orqasi ko’riladi.
Ayollarda sut bezlarining holati hamda uning so’rg’ichlaridan ajralmalar borligiga
e’tibor beriladi.
Tashqi jinsiy organlarni ko’zdan kechirishda ularni to’g’ri rivojlanganligi
yara va chandiklar borligi aniqlaniladi. Erkaklarda jinsiy organini bosib ko’rishda
siydik chiqaruv yo’lidan ajralmalar bor-yo’qligi tekshiriladi va ayrim kerakli
paytlarda uni kesib ko’rishga to’g’ri keladi. Ayollarda tashqi jinsiy a’zolari
oyoqlari bukilgan va kerilgan holda ko’zdan kechiriladi. Bundan tashqari orqa
chiqaruv teshigi va uning atroflariga ham e’tibor beriladi.
Oyoq-qo’llarini tekshirishda ularda sun’iy harakatlar borligi o’rganiladi.
Agar ular bo’lgan taqdirda bo’g’im va suyaklarining holatini kesib ko’riladi. Agar
suyaklari singan bo’lsa uning
xarakteri, singan joyi va bo’lakchalarining o’ziga xos
xususiyati, joylashuviga hamda atrofidagi yumshoq to’qimalarning holatiga
ahamiyat beriladi. Bormoqlarni ko’zdan kechirishda albatta kafti, barmoqlari va
barmoqlar oralig’i tekshiriladi.
Murdani ko’zdan kechirishda topilgan barcha jarohatlanishlar
umumlashtirilgan sxema bo’yicha yoziladi. Qontalashning o’lchami va boshqa
459
o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash maqsadida uni krestsimon holda kesib ko’riladi.
Shilinishlar va yaralarni oddiy ko’zdan kechirish
lupa yoki operatsion
mikroskopi orqali tekshirish tufayli amalga oshiriladi.
Murdani ko’zdan kechirish jarayonida ayrim jarohatlanishlar suratga olinadi
hamda jarohatlanishlarni sxematik tasviri tuziladi. Ayrim hollarda, masalan o’q
otar qurollari va portlashdagi jarohatlanishlarda tananing jarohtlangan qismini
rentgenografiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: