15.6.5. Murdani go’ridan ochib tekshirishning o’ziga xos xususiyatlari
Murdani go’ridan ochib tekshirishga eksgumatsiya deyiladi. Bu odatda
murdani kesilmasdan ko’milganda yoki birlamchi ekspertiza etarlicha to’liq
o’tkazilmagan taqdirda, yoki qo’shimcha tekshiruv o’tkazishni talab qiluvchi
qandaydir yangi holatlar aniqlanganda amalga oshiriladi. Jinoyat protsessual
kodeksiga muvofiq
eksgumatsiya
– tergov harakatlari bo’lib, u tergov organlari
tomonidan o’tkaziladi. Bunda ekspert go’ridan ochilgan murdani tekshiradi.
Eksgumatsiyaning maqsadi va vaziyatiga ko’ra, murdani go’rida yoki
o’likxonada tekshirish mumkin. Murdani tekshirish texnikasi holatning
xususiyatiga qarab baholanadi. Agar murda juda chirigan bo’lsa ham uni
tekshirishdan bosh tortish uchun hech bir asos bo’lmaydi (110-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |